Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet86/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

12.1-jadval


Marketing kommunikasiyasining bosqichlari

Yillar

Bosqichning nomi

Bosqichning tavsifnomasi

1950-
1960

Tizimsiz kommunikasiya bosqichi

Kommunikativ siyosat katta rol uynamaydi, doimiy talabni ta'minlash uchun tovar taklifi
hajmiga konsentrasiya bosh masala hisoblanadi

1960-
1970

Tovar kommunikasiyasi bosqichi

Sotishni tashkil etishda korxona kommunikativ vositalardan foydalanadi. Birinchi rejaga
reklama va sotishni ragʻbatlantirish chiqadi

1970-
1980

Maqsadli guruh kommunikasiya bosqichi

Kommunikasiya firmalar tomonidan foyda olishga imkon beruvchi maqsadli guruhlar bilan
oʻzaro ta'sirda mijozlar bilan muloqot uchun ishlatiladi

1980-
1990

Raqobatli kommunikasiya bosqichi

Kommunikativ sharoitni oʻzgarishi va kommunikativ raqobat koʻrsatishning oʻsishi korxonadan kommunikasiyani optimal shakl va
vositalarini talab qiladi

1990-
2010

Raqobatli va integrasiyalangan kommunikasiya bosqichi

Bozorni rivojlanish dinamikasi reklama tashuvchilariga media tarqatishni shakllantirishga olib keladi. Integrasiyalangan kommunikasiyaga oʻtishni
talab qiladi

Integrasiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati boʻlib, kommunikasiya vosita va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli- tumanligi hisoblanadi.
Kommunikasiya quyidagicha tasniflanadi: kontakt turi boʻyicha shaxsiy va shaxsiy boʻlmagan; jadalligi boʻyicha jadal va takror; qoʻllash chastotasi boʻycha yagona va koʻp marotabalik; ta'sir natijasiga koʻra samarali va samarasiz.
Integrasiyalangan marketing kommunikasiyalari – biznesni rivojlantirishning intensiv uslubiyatlari tizimi.
An'anaviy ravishda integrasiyalangan marketing kommunikasiyalari BTL, ATL, toʻgʻridan-toʻgʻri marketing barcha texnologiyalarini, shuningdek, zarur shaxslar bilan shaxslararo munosabatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnologiyalarni uygʻunlashtiradi.
BTL atamasining vujudga kelish afsonasi mashhurdir. Reklama sohasi guruhlaridan biri, navbatdagi reklama kampaniyasi byudjetini tuzar ekan, yakuniy xulosa chiqardi, soʻngra sotuvni ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni ham yozib kiritish lozim ekanligi uning yodiga tushdi, oqibatda bu yozuvlar chiziqning ostidan oʻrin oldi. Bu erda shunga izoh berib oʻtish zarurki, adabiyotlarda yuqorida sanab oʻtilgan vositalar toʻplamida ayrim qarama- qarshiliklar mavjud.
Chiziq ustida (ATL) ommaviy axborot vositalari hamda tashqi reklama va axborot vositalari orqali tarqatiladigan toʻgʻridan-toʻgʻri reklama joylashgan. Reklama materiallari imidjni shakllantirish, eslatish, tanib olish, xabardor qilish uchun ishlaydi. Ya'ni garchi reklama «toʻgʻridan-toʻgʻri» boʻlsada, lekin potensial iste'molchi bilan kommunikativ kanal bilvosita va qaytuvchan aloqasiz boʻlib chiqadi.
Chiziq ostida (BTL) – sotuvni ragʻbatlantirish, iste'molchilarni ragʻbatlantirish, savdoni ragʻbatlantirishning nozikroq mexanizmlari ishlaydi. Bu erda tovarni namoyish etish va qayd qilingan oldi-sotdi harakati emas, xaridor-sotuvchi oʻzaro aloqalari interaktiv kanali va ikkilamchi tadqiqotlar oʻtkazish imkoniyati muhim.
Tovar yoki xizmatning oʻzi emas, balki uning iste'mol tizimiga kiritilganligi muhim. Aynan iste'molchilar bilan yoʻlga qoʻyilgan aloqalar hamda iste'mol va taqsimot yoʻlga qoʻyilgan tizimi biznesning muvaffaqiyatga erishishini belgilab beradi.
Integrasiyalangan marketing kommunikasiyalarining reklama, jamoatchilik bilan aloqalari, sotuvni ragʻbatlantirish, moddiy-texnika ta'minoti, xodimlar bilan oʻzaro munosabatlarni shakllantirish kabi alohida qismlardan iborat boʻlgan «butun bir yaxlitlik»ni tushunishning yangi usuli sifatida etarli darajada umumiy deb hisoblash mumkin.
Integrasiyalangan marketing kommunikasiyalari usullarini toʻrtta asosiy guruhga ajratish mumkin.


    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling