Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet87/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Tashkiliy-iqtisodiy usullar. Tabiiyki, butun biznes-struktura kommunikativ qadamlar bilan muvofiqlashtirilgan boʻlishi zarur. Agar

tovarlar sotishda ularni sotish mumkin boʻlgan tezlik baholanmagan va tovarda sotuvda boʻlmaydigan boʻlsa, butun reklama faoliyati samarasiz boʻlib chiqadi. Agar kompaniya qurilish uchun ruxsat olishga harakat qilayotgan boʻlsa, qurilish esa mablagʻlar yoʻqligi tufayli boshlanmasa – shunchalik mashaqkat bilan tashkil qilingan kommunikativ kanal barbod boʻladi. mijozlarga chegirmalar tizimi koʻrinishida taqdim etiladigan sof iqtisodiy foyda raqobatli ustunlikka aylanishi mumkin.

    1. Axborot-reklama usullari. Bu usullar qatoriga yakuniy iste'molchi uchun ham (reklama va h.k.), korporativ mijozlar uchun ham (tijorat takliflari, taqimotlar), keng jamoatchilik uchun ham moʻljallangan imidj va nufuzni shakllantirish boʻyicha tadbirlarni kiritish lozim. Bu ATL va BTL tadbirlari butun doirasidir.

    2. Shaxslararo munosabatlar (aloqalar) oʻrnatish usullari. Bu usullar tashqi muhit bilan ham, korxona ichida ham marketing strategiyasini amalga oshirish, «koʻmaklashuvchi» shaxslar bilan oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish ularga bogʻliq boʻlgan ish aloqalari etikasini – oʻta tartiblilik va

«nozik» kommunikativ texnologiyalar talab qiladigan narsalarni koʻzda tutadi. Aslida yolgʻizgina oʻz sohasini yaxshi biladigan «itargich» (amaldorlar doirasidagi lobbichi) oqibatda qolgan barcha tarkibiy qismlarni (ham moliya, ham moddiy ta'minot) ta'minlagan holda «nolinchi» loyihaning yagona resursiga aylanishi mumkin. Va aksincha, koʻplab ajoyib tarzda (texnologik va moliyaviy jihatdan) jihozlangan korxonalar korxona egasining shaxsiy xususiyatlari tufayli rivojlanishda toʻxtalib qolishi mumkin.

    1. Yuridik usullar – kompaniyalarni qoʻshib olish va birlashtirish jarayonlarining faollashuvi (axborot-reklama, tashkiliy-iqtisodiy boshqa jarayonlar bilan birgalikda kuzatiladigan) ushbu usullarni integrasiyalangan marketing kommunikasiyalari qurollari qatoriga kiritish zarurligidan dalolat beradi. IMK mutaxassisining huquqiy jihatdan savodxonligi ta'lim tizimida koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.

Marketing kommunikasiyalari kompleksini tashkil qilishning bir nechta asosiy tamoyillarini ajratib koʻrsatish mumkin.

  1. Sinergizm. Yuqorida sanab oʻtilgan barcha omillarni muvofiqlashtirish va barcha elementlarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni integrasiyalangan marketing kommunikasiyalari tashkil qilishning asosiy tamoyili deb hisoblash mumkin. Birgalikdagi kommunikativ harakatlar ularning yigʻindisini chiqarishdan koʻra koʻproq samara beradi.

Integrasiyalashgan marketing kommunikasiyalarining bitta elementi– original distributiv tarmoq tashkil qilish orqali marketing strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun butun kommunikasiyalar kompleksi barpo etiladi.

  1. Hamkorlik qilish uchun ochiqlik, ittifoq tuzishga, marketing dasturlari byudjetlarini optimallashtirishga tayyorlik. Turli hamkorlar bilan gorizontal kommunikasiya biznesni yanada barqaror qiladi, shu sababli hamkorlik qilish uchun ochiq boʻlish zarur.

  2. Tezkorlik. Bu erda gap strategik kommunikasiyalar uchun ham maxsus tashabbus koʻrsatilgan, ham beixtiyor ravishda yuzaga keladigan hodisalar haqida boradi. Toʻgʻri ifodalangan har qanday axborot hodisa uchun axborotga oid sabab boʻlishi mumkin. Bu hodisa integrasiyalangan marketing kommunikasiyalari kompleksini shakllantirish uchun sabab boʻlishi mumkin. Axborotga oid sabab ichki axborot oqimlarining istalgan boʻlinmasidan kelib chiqishi mumkin (maxsus tashabbus koʻrsatiladigan sabablarni aytib oʻtirmasak ham boʻlaveradi).

  3. Personallashtirish. Hozirgi kunda har qanday sotuvlarni optimallashtiradigan koʻplab konsepsiyalar ishlab chiqilgan (jumladan, gʻoyalarni sotish shaklida – muzokaralar jarayoni sifatida). Nima sotilayotgani muhim emas: gʻoyami, xizmatmi, asbob-uskunami yoki birlamchi zarurat predmetlarimi, lekin savdo madaniyati, sotuv taktikasi va strategiyasini bilish personalizasiya tamoyillarini hisobga olgan holda kommunikasiyalar tizimini barpo etishda ham, mutaxassis tayyorlashda ham koʻzda tutilishi zarur. Zamonaviy marketing munosabatlariga xos xususiyat – personalizasiya, har bir alohida mijoz bilan personal munosabatlarni yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.

Kommunikasiyaning asosiy shakli bu reklamadir.
Reklama agentligi - bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat turlarini taklif etuvchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu ijodiy xodimlar va tijoratchilardan iborat, mustaqil korxonadir. U oʻz tovari uchun xaridor qidirayotgan buyurtmachilarga reklama tayyorlaydi va uni reklama vositalarida joylashtiradi.
Reklama vositalari-ommaviy axborot (televizor, radio, roʻznoma, jurnal), qaysiki reklama murojaatlarini keng tinglovchilar ommasiga etkazuvchi reklama mutaxassislaridir. Jurnal, roʻznomalar, televidenie va radiostansiyalar oʻzlarining noreklama mazmuniga kerakli tinglovchilarni jalb qiladi, reklama beruvchilar esa ularga murojaat etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Boshqa reklama vositalari esa ma'lum darajadagi kishilarni oʻziga jalb etish maqsadida reklama murojaatlariga (toʻgʻri aloqa reklamasi, maketlar, jamoat transportidagi turli yozuvlar, savdo binolarini reklama jihatidan bezash) tayanadilar. Reklama- bu ommani xabardor qilish usulidir. Iste'molchilar bilan yaqin aloqa oʻrnatishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi.
Savdo reklamasining oʻziga xos xususiyati xaridorni chorlash va chiqarishdan iborat. Shu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yoʻlida tovarlarning ayrim turlarini iste'mol qilishni koʻpaytirish maqsadida ularga ta'sir oʻtkazish vositasidir.
Xalqning turmush darajasi osha borishi, savdoga boʻlgan talablar kuchayishi va koʻpincha yangi talablar qoʻyilishi reklama bilan bogʻliqdir, chunki savdo xalq iste'molini qondirish jarayonidir.
Reklama savdo madaniyatini oshirishga koʻmaklashmogʻi lozim. Reklama yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, xaridorlar oʻzlariga zarur tovarlarni tez topib,
oson va koʻp vaqt sarflamay sotib oladigan boʻladilar. Shu tariqa tovarni sotish tezlashadi, savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi.
Savdo reklamasi alohida hammaga ma'lum boʻlgan ba'zi bir tovarlar toʻgʻrisida foydali ma'lumotlar berish, shu tovarlarning xususiyatlari, qimmatli jihatlari, ularni ishlatish usullarini tushuntirishi kerak.



    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling