Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Xaridorlarga va sotuvchilarga ta'sir etish uslublari


Download 2.86 Mb.
bet90/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Xaridorlarga va sotuvchilarga ta'sir etish uslublari


Sotuvchi uchun koʻrgazma va yarmarkaning ahamiyati birinchi navbatda, oʻz raqiblari tovarlarini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishi va turli reklama vositalaridan foydalanib, oʻz tovarlarini keng reklama vositalaridan foydalanib, oʻz tovarlarini keng reklama qilishi bilan belgilanadi.


Reklama va tovar sotishni ragʻbatlantirish tadbirlarini belgilash, rejalashtirish va uni amalga oshirish, katta xarajatlar sarflashni talab qilish bilan bir qatorda yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb etishni taqazo qiladi. Odatda sanoat firmalari bunday mutaxassislarga ega emas. Shu sababli, qoida tarzida, bu ishlarni amalga oshirish ixtisoslashgan
tashkilotlarga buyuriladi. Ularning uch turi-reklama agentligi, umummilliy reklama beruvchilar, chakana reklama beruvchilar mavjud.
Reklama agentligi tajribali matnchilar, rassomlar, televidenie prodyusserlari, tadqiqotchilar va ma'muriy xodimlarni yagona ishbilarmon korxonaga birlashtiradi. Bu mutaxassislar boshqa odamlarga, shuningdek nozik muloqotlarga moyilligi, reklama va bozor vositalarini yaxshi bilishi bilan ajralib turadi. Agentlik mutaxassislarning hamkorlikda ishlashi va yakka mijozlar bilan samarali reklama yaratib berishlari uchun qulay muhit tugdiradi. Reklama agentligi reklama beruvchilar bilan reklamani xaridorlarga etkazuvchi ommaviy axborot vositalari oʻrtasida goʻyo vositachilik vazifasini bajaradi. Agentlik taklif etadigan xizmatlar ayrim reklama beruvchilar imkoniyatiga qaraganda sifat jihatidan yuksak, turi jihatidan gʻoyat kengdir.
Reklama agentliklarini quyidagi prinsiplariga koʻra tavsiflash mumkin:
-koʻrsatadigan xizmatlari hajmiga koʻra-universal;
-muayyan tovar va reklama vositalariga koʻra ixtisoslashgan;
-faoliyati sohasiga koʻra-ichki bozorda ish koʻradigan va ichki hamda tashqi bozorda ish koʻradigan turlari.
Hozirgi sharoitda «toʻliq xizmat koʻrsatish» agentliklari tobora keng tarqalmoqda. Ular savdo reklama siyosatining umumiy va ayrim masalalari boʻyicha oʻz mijozlariga maslahatlar beradi, u yoki bu tovarni chiqarishning maqsadga muvofiqligi haqida sanoat firmalariga tavsiyalar tayyorlaydi, reklama kompaniyasining rejasi va smetasini tuzadi, uni oʻtkazishning muddatlari va davriyligini belgilaydi, reklama kompaniyasi rejasiga muvofiq holda oʻrinlar va xizmatlarni sotib oladi, tadbir oʻtkazish vaqtini belgilaydi, reklamani tayyorlashni amalga oshiradi. Shunday qilib, «toʻliq xizmat koʻrsatish» agentligi reklama kompaniyasini ishlab chiqish bilan birga marketing bilan bogʻliq koʻpgina xizmatlarni bajaradi.
AQShda besh mingdan ortiq firma reklama agentligi tarzida ish olib boradi. Ammo asosiy ish bir necha yirik tashkilot hissasiga toʻgʻri keladi. Yirik agentliklar yirik reklama beruvchilarga xizmat koʻrsatadi. Yirik reklama beruvchilar esa nisbatan katta boʻlmagan tovarlar guruhi: oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, kasmetika vositalari, avtomobillar, tamaki mahsulotlari va shunga oʻxshashlar doirasida ish olib boradi. Ishlab chiqaruvchilar keng koʻlamli umummilliy reklama yordamida iste'molchiga tovarni ilgariroq sotishga va xaridorlarda oʻz markasiga mansub tovarlar ixlos uygʻotishga harakat qiladilar.
Bunday hollarda reklama marketing kompleksida etakchi tarkibiy qismga aylanadi.
Reklama beruvchi bilan agentlik oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi Bu shartnomada agentlik koʻrsatadigan jami xizmatlar koʻrsatiladi. Reklamani tarqatish vositalariga xaqni reklama agentligi mijoz hisobidan toʻlaydi. Shu sababli ham mijoz agentlikka toʻlovlarni oʻz vaqtida oʻtkazib qoʻyishi kerak. Reklama agentligi
xizmatlari uchun xaq beruvchi tomonidan emas, balki agentlikning reklamasidan foydalangan reklama-axborot vositalari tomonidan toʻlanadi. Komission mukofot (vositachilik haqi)ning oddiy miqdori reklama qiymatining 15%ini tashkil etadi. Bundan tashqari, «toʻliq xizmat koʻrsatish» agentliklari tomon haqi ham oladi. Tovon haqiga xarajatlarning haqiqiy qiymati bilan birga bozorni tadqiq etish, iste'molchilar talabi holatini tahlil qilish, iste'molchi ruxiyatiga ta'sir koʻrsatish usullarini ishlab chiqish kabi xizmatlarga kafolatli daromadlar ham kiradi. Juda koʻp hollarda xizmat koʻrsatishda agentlik mijozning reklamasi bilan bogʻliq ishlarning bir yillik umumiy qiymatini baholaydi va oylik teng badallar koʻrinishida gonarar oladi. Gonarar summasini belgilash uchun buyurtmani bajarish uchun turli boʻlimlar sarf etadigan umumiy ish soatlari miqdori hisoblanadi va soatlar soni bir soatlik ish haqi stavkasiga koʻpaytiriladi, soʻngra bu miqdorga qoʻshimcha xarajatlar va foyda uchun yana 25% qoʻshiladi. Agentlik reklama vositalaridan vaqt va oʻrin sotib olgani uchun mijozga rasmiy e'lon qilingan tariflar boʻyicha komission tashlamalar bilan 15% chegirib, toʻlov varaqasi yuboradi. Chetdan material bergan va xizmat koʻrsatganlarga toʻlanadigan xaq varaqasida amaldagi xarajatlar keltiriladi. Yil davomida yoki oxirida xarajatlarning baholangan va amaldagi miqdorlari oʻrtasidagi har qanday farqni tugatish uchun ganarar summasiga tuzatishlar kiritiladi.



    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling