Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Toʻgʻridan – toʻgʻri marketing shakllari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1-rasm . Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing shakllari
Toʻgʻridan – toʻgʻri marketing shakllariToʻgʻridan-toʻgʻri marketingda (Direct marketing) takliflar, e'lonlar, eslatmalar yoki boshqa siljitish vositalari biror manzilga joʻnatiladi. Yuqori darajada tanlangan elektron xat roʻyhatlaridan foydalangan holda, bevosita marketologlar har yili millionlab xatlar, kataloglar, broshuralar, namunalar, videolar yuborishadi. 13.1-rasm. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing shakllariToʻgʻridan-toʻgʻri marketing bevosita, birga-bir muloqotlarda samaral sanaladi. Bu usul maqsadli bozorni tanlab olish va natijalarni oson hisoblash imkonini beradi. Bu siljitish vositasi bilan ommaviy axborot vositalari (masalan, TV yoki jurnal) kabi millionlab mijozlarga etib borish imkoni boʻlmasligi va qimmatligiga qaramay, bu usulda muvaffaqiyat darajasi yuqoriroqdir. Pochta orqali joʻnatish usuli turli xil mahsulotlar sotuvini (kitoblar, sugʻurta, sayohat, taom, kiyim-kechak va h.k.) siljitish- ragʻbatlantirishda samarali vosita sifatida tan olingan. Xayriya jamgʻarmalari ham bu usuldan har yili milliardlab dollar pul yigʻish uchun foydalanishadi. Ba'zi mutaxassislar pochta orqali joʻnatish kabi bevosita marketingning an'anaviy turlaridan foydalanish borgan sari pasayib borishini taxmin qilmoqdalar, sabab sifatida oxirgi vaqtlarga marketologlar e-mail va mobil marketing kabi yangiroq marketing usullarini qoʻllashni afzal bilayotganliklari koʻrsatilmoqda. Bevosita marketingning email va mobil kabi yangiroq turlari shu boʻlimning keyingi boblarida batafsil muhokama qilinadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketingning yangi raqamli usullari borgan sari mashhur boʻlib borayotganiga qaramasdan, an'anaviy bevosita pochta usuli amaliyotda hali-hanuz eng koʻp ishlatilayotgan usuldir. Pochta marketingi raqamli marketingga qaraganda bir necha ustunliklarga ega. Bu usul odamlar ushlab koʻrishi va sezishi mumkin boʻlgan namunalar va reklama vositalaridan foydalanadi. “Pochta marketingida reallik mavjud. Bu usulda mijoz bilan ruhiy bogʻliqlik oʻrnatiladi, raqamli marketingda esa buning iloji yoʻq, chukni an'anaviy marketingda mijozlar taklif etilayotgan mahsulotni ushlab koʻrish, uni sezish imkoniga egalar”, deydi mutaxassislardan biri. Bunga qarama-qarshi oʻlaroq, “email marketingda mijozlarga joʻnatiladigan xat - mabarlar osonlik bilan tekshiriladi, kerak boʻlmaganlari uloqtiriladi. Bu juda qulay!”, deydi yana bir bevosita marketing mutaxassisi. An'anaviy pochta marketingi keng miqyosda olib boriladigan integratsilashgan marketing loyihalarining muhim elementi boʻlishi mumkin. Agar qabul qiluvchi joʻnatilgan pochta orqali joʻnatishga qiziqish bildirmasa, u joʻnatuvchi kompaniyaga qaytib kelishi mumkin, bu esa ortiqcha xarajat va vaqt demakdir. Shu sabab, marketologlar xat joʻnatilishi lozim boʻlgan mijozlarni ehtiyotkorlik bilan tanlamoqdalar, ya'ni dastlab ulardan ruxsat olinmoqda. Katalog marketingi - Kataloglar kamida sakkiz varoqdan iborat, turli xil mahsulotlarni sotish va buyurtma berish imkonini beruvchi bosma nashr edi. Ammo hozirgi kelib bu qarash eskirdi. Internet oqimi kuchaygani sayin kataloglar raqamli shaklga kirib bormoqda. Faqat onlaynda mavjud kataloglar paydo boʻldi, aksariyat bosma kataloglar oʻz marketing mikslariga web-kataloglar va smartfon kataloglar ham qoʻshishmoqda. Raqamli kataloglar nashr etish va poshta xarajatlaridan xolidir. Bosma kataloglarda joy etishmovchigi uchrab tursa, onlayn kataloglar bunday kamchilikdan aziyat chekmaydilar, ularda reklama qilinishi mumkin boʻlgan mahsulotlar chegarasiz boʻlishi mumkin. Ularda ishlatilishi mumkin boʻlgan taqdimot shakllari ham kengroqdir, ya'ni mahsulot haqidagi reklama video va qidiruv imkoniyatlari bilan ham boyitilishi mumkin. Va nihoyat, onlayn kataloglarda mahsulotlar va narxlar darxol oʻzgartirilishi yoki yangilanishi mumkin. Qaramli-onlayn kataloglarning ustunliklariga qaramay, bosma kataloglarga boʻlgantalab hali-hanuz oʻsib bormoqda. Nega kompaniyalar yangi onlayn kataloglar foydasiga qogʻozga bosiladigan eski kataloglaridan voz kechmayaptilar? Bunga birgina sabab bor: qogʻoz katalog orqali mijozlar bilan ruhiy aloqa oʻrnatiladi, onlayn kataloglarda esa bunday imkon mavjud emas. Bundan tashqari, bosma kataloglar onlayn savdoni kuchaytirishning eng samarali yoʻllaridan biridir. Yaqinda olib borilgan izlanish natijalariga koʻra, onlayn xaridlarning 70%i bosma kataloglar orqali amalga oshirilgan. Telemarketing telefon ishlatgan holda mahsulotni iste'molchilar va biznes mijozlarga togʻridan-toʻgʻri sotish demakdir. Oʻtgan yili bevosita marketing orqali amalga oshirilgan jami savdo hajmining 14.9% telemarketing hisobiga toʻgʻri kelgan. Biz hammamiz iste'molchilar tomon yoʻnaltirilgan telefon marketing bilan tanishmiz, ammo Biznesdan-biznesga (B2B) marketingida ham telemarketing keng miqyosda ishlatiladi, aniqroq aytadigan boʻlsak, jami telemarketingning 56% da biznes mijozlar bilan ishlanadi. Kompaniyalar iste'molchi va biznes mijozlar bilan savdo qilish uchun chiquvchi va TV, katalog va bosma reklamalar natijasida qilinuvchi buyurtmalarni qabul qilish uchun tekin kiruvchi telemarketing turlaridan foydalanishadi. Yaxshi ishlab chiqilgan telemarketingning koʻplab ustunliklari bor, jumladan, u savdoda qulaylikni, mijozlarning axborot bilan ta'minlanganlik darajasini oshiradi. Ammo shu bilan birgalikda, ba'zi kamchiliklar mijozlarning noroziliga sabab boʻlmoqda. “Telefon qilma” qonunchiligi telemarketingning ba'zi sohalariga salbiy ta'sir qilgan boʻlsa-da, chiquvchi B-to-B telemarketingi va tekin kiruvchi iste'molchi telemarketingi hali ham kuchli boʻlib qolmoqda. Telemarketing siyosiy va xayriya tashkilotlari uchun moliya yigʻishning asosiy vositasi sifatida rivojlanib bormoqda. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling