Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internetda tovar siyosati
E-mail, yoki elektron xatlar marketingi juda muhim va oʻsib borayotgan marketing turidir. E-mail juda koʻp ishlatiladigan aloqa vositasidir. Taxminlarga koʻra, dunyoda 3 milliarddan ortiq email hisob raqamlari mavjud. Bevosita marketing loyihalarining 78% da e-mail qoʻllanar ekan. Sarmoya nuqtai-nazaridan ham e-mail marketing juda samarali hisoblanadi – e-mail marketingi uchun sarflangan 1 dollar uchun investorlar
40 dollar daromad olishgan. Obroʻli marketing firmalari e-mail marketingdan muntazam ravishda foydalanib kelishadi, chunki u orqali yuqori darajada segmentlangan mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar oʻrnatish imkoni yaratiladi. Misol uchun, Milliy Xokkey Ligasi (NHL) haftasiga 62 turdagi elektron gazetalarni AQSh va Kanadadagi jamoalar va ishqibozlarga joʻnatib turadi. Ammo oʻsib borayotgan e-mail marketing ham muammolardan xoli emas. Mijozlarning noroziligiga sabab boʻlayotgan, soʻralmagan e-mail xabarlari – spamlar shulardan biridir. Olib borilgan bir tadqiqot natijalariga koʻra, joʻnatilayotgan jami e-mail xabarlarining 68 foizi spamlar ekan. Bu muammoning oldini olish maqsadida, koʻplab kompaniyalar ruxsat- berish-asnosidagi e-mail marketing tizimini qoʻllamoqdalar, ya'ni e-mail xabarlar faqatgina mijozning ruxsati bilangina joʻnatiladi. Maqsadli bozorni moʻljallash mumkinligi va past xarajatli boʻlgani sabab e-mail marketing juda samarali hisoblanadi. Internet tomonidan zamonaviy tijorat dunyosiga olib kirilgan eng asosiy xislatlardan biri asosiy rolning ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga oʻtishi hisoblanadi. Internet kompaniyalar uchun kompyuter ekrani oldida oʻtirgan yangi mijozning e'tiborini biror soniyalar ichida jalb qilish imkonini berdi. Biroq shu bilan bir vaqtda u xuddi shu foydalanuvchiga sichqoncha tugmasini bir necha marta bosib raqobatchilarga oʻtib ketishiga ham imkon beradi. Bunday vaziyatda xaridorlarning diqqat-e'tibori eng katta qimmatga ega boʻladi, mijozlar bilan oʻrnatilgan aloqalar esa kompaniyaning asosiy kapitaliga aylanadi. Internet tijorat yuritishning zamon va makon koʻrsatkichlarini keskin oʻzgartirib yuboradi. U hech qanday hududiy cheklovlarsiz toʻgʻri kommunikasiya vositasi boʻlib, bunda axborotga ulanish qiymati an'anaviy vositalarning aksi oʻlaroq undan uzoqlikda joylashganlikka bogʻliq emas. Shunday qilib, internet elektron tijorat eng mayda ta'minotchilarga ham jahon miqyosida biznes bilan shugʻullanishga imkon beradi. Mos ravishda, buyurtmachilar ham talab qilinayotgan tovar va xizmatlar taklif etuvchi potensial ta'minotchilarni geografik joylashuvidan qat'i nazar global tanlash imkoniga ega boʻladilar. Sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi masofa tovarni etkazib berish bosqichidagina transport xarajatlari nuqtai nazaridan rol oʻynaydi, xolos. Kompaniyaning web-saytiga tashrif buyuruvchilarni ularning dastlabki tashrifidan keyin ushlab qolish kompaniya oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Amaliyotdan ma'lum boʻlishicha, tashrif buyuruvchilarni ushlab qolish kompaniya uchun yangi tashrif buyuruvchilarni jalb etishga nisbatan arzon tushadi. Shu sababdan kompaniya bir marta tashrif buyurgan kishilarni kompaniya saytiga vaqti-vaqti bilan muntazam kirib turishini ta'minlash uchun qoʻlidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishi lozim. Odatda, internetdan foydalanuvchining kompaniya saytiga tashrif buyurishidan maqsad biror xizmatlarga ehtiyoj hisoblanadi. Bu ehtiyoj eng koʻp axborot olishda, boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa qilishda vujudga keladi. Shu bilan birga, u yoki bu tovar va xizmatlarni xarid qilish ehtiyoji ham tobora koʻproq uchramoqda. Foydalanuvchining firmaga moyilligi va uning saytiga qayta tashrif buyurishining garovi boʻlib bunday vaziyatda foydalanuvchini web-saytga olib kelgan asosiy ehtiyojlarni maksimal darajada qondirish, shuningdek, qoʻshimcha xizmatlar taqdim etish yoʻli bilan xarid qilingan tovar va xizmatlar qimmatini oshiruvchi vaziyatni shakllantirish, sotuvdan oldingi va keyingi xizmat koʻrsatish, turli ma'lumotnomalar, boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa kabilar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, saytning muloqot doirasi xohish-istaklari va ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish uchun ular bilan barqaror qaytuvchan aloqa oʻrnatishni ta'minlovchi vositalardan foydalanish zarur. Istalgan bozorlar turida, xoh u an'anaviy bozor boʻlsin, xoh Internet bozori boʻlsin, korxonalar tijorat faoliyati ular chiqarayotgan tovar yoki koʻrsatayotgan xizmatlarga talab mavjud boʻlib, xaridorlarning ma'lum bir ehtiyojlarini shu tovar yoki xizmatlarni xarid qilish orqali qondirishi firmaga foyda keltirgan holdagina samarali boʻlishi mumkin. Chiqarilayotgan tovar yoki koʻrsatilayotgan xizmatlar har doim raqobatbardosh va ularga talab yuqori boʻlishi uchun koʻplab qarorlar qabul qilish zarur. Marketing faoliyatida bunday qarorlar, odatda toʻrt yoʻnalishga aloqador boʻladi: tovar siyosati, narx siyosati, taqsimot va sotuv siyosati, kommunikativ siyosat. Tovar siyosati bu qatorda asosiy hisoblanadi, uning atrofida tovarni xarid qilish va uni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste'molchi tomon harakatlantirish usullari bilan bogʻliq boshqa qarorlar shakllanadi. Internet tovar siyosatiga inqilobiy ta'sir bilan bir qatorda xizmat koʻrsatish sohasiga ham kuchli ta'sir koʻrsatadi. Internet orqali axborot, moliyaviy, turistik va ta'lim xizmatlari koʻrsatish hozirgi dunyoning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi. World Wide Web xizmati paydo boʻlgan paytdan boshlab Internet mahsulot tarqatishning yangi kanaliga aylandi. Internet assortiment qatoridan oʻrin olgan birinchi tovarlar axborot, kitoblar, audio va video yozuvlar, kompakt-disklar hisoblanadi. Bugungi kunda ular eng koʻp xarid qilinayotgan mahsulotlar boʻlib qolmoqda, biroq bu tovarlar assortimenti amalda cheksiz boʻlib, antikvariatdan tortib to zamonaviy va yuqori texnologiyali qurilmalargacha qamrab oladi. Internetda tovar siyosati xususiyatlariga oʻtishdan avval tovar va tovar siyosati tushunchalarini koʻrib chiqamiz. Tovar jonli mehnat mahsuli, foydali samara yoki foydali narsani ifodalaydi, uni xarid qilish va undan foydalanish iste'molchining muayyan ehtiyojlarini qondiradi. Tovar siyosati deganda raqobatli ustunlikni shakllantirish va tovarni iste'molchi uchun doimiy toʻlaqonli qiluvchi hamda u yoki bu ehtiyojni qondirib, firmaga mos keluvchi foydani ta'minlovchi tovar tavsifnomasini yaratish boʻyicha strategiya va chora-tadbirlar majmuasini rejalashtirish va amalga oshirish bilan bogʻliq marketing faoliyati tushuniladi. Tovar siyosatining asosiy maqsadlariga erishish ikkita asosiy sohadagi vazifalarni hal qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi: yangi tovar yaratish — yangi tovarni izlash, yaratish, rivojlantirish va bozorga chiqarish; tovarga hamrohlik qilish — tovar sifatini tartibga solish, bozorda tovar xulq-atvorini nazorat qilish, servis xizmati koʻrsatish va hokazo. Yangi tovar yaratishdan farqli oʻlaroq tovarga hamrohlik qilish tovarning butun hayotiylik davrida davom etadi. Tovarning asosiy vazifasi iste'molchi ehtiyojlarini qondirish sanaladi. Shu asnoda firmaning asosiy vazifasi tovarning asosiy qimmatini toʻgʻri belgilash, diqqat-e'tiborni u qoniqtiruvchi ehtiyojlarga qaratishdan iborat. Biroq tovarning asosiy iste'mol qimmati etarli darajada emas. Uni tovar jozibadorligini shakllantiruvchi atrof-muhit tavsifnomasi toʻldiradi: tovar va uning oʻrovi sifatini ta'minlash, imidj yaratish, tovar markasi, sotuvdan oldin va sotuvdan keyin servis xizmati koʻrsatish, jamoatchilik fikrini shakllantirish va xaridorning mazkur mahsulotni xarid qilish va undan foydalanishdan qoniqqanligini yaratish. Shu tariqa tovar oʻzining asosiy tavsifnomasi elementlarini ham, xaridor uchun qoʻshimcha samara yaratuvchi atrof-muhit tavsifnomasini ham birlashtirsa, u iste'molchi uchun qimmatli narsa sifatida koʻrib chiqilishi mumkin. Atrof-muhit tavsifnomalarining asosiylari qatorida xarid qilish imkoniyati, tovar qimmati, narxi, sifati, xizmat koʻrsatish muddati, shakli, oʻrovi, imiji va markasini ajratib koʻrsatish mumkin. Internetda tovar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish koʻp jihatdan tovar jozibadorligi va unga talabni shakllantiruvchi tavsifnoma yaratish bilan bogʻliq boʻladi. Tovarni Internet orqali taklif etishda tovar muhitini shakllantirishning quyidagi yoʻnalishlarini ajratib koʻrsatish mumkin: tovar haqida axborot va uni boshqa tovarlar bilan solishtirma tahlil qilish uchun vositalar taqdim etish. Bu yoʻnalish quyidagilarni qamrab olishi mumkin: xaridorning tovarni tanlashiga imkon beruvchi, uning ehtiyojlarini eng toʻliq qoniqtiruvchi vositalar; tovarning maksimal sondagi tavsifnomalari bilan tanishish imkoniyati; Internet kommunikativ vositalari yordamida sotuvchidan maslahat olish va b.; tovarni Internet orqali xarid qilish imkoniyatini taqdim etish; sotuvdan oldin va sotuvdan keyingi xizmatni tashkil etish; tovar markasi va imijini yaratish, internet-brendni rivojlantirish, jamoatchilik fikrini shaklantirish. Internet orqali eng koʻp taklif etiluvchi iste'mol tovarlari assortimentini koʻrib chiqishda shuni qayd etish mumkinki, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda virtual savdoning asosiy yoʻnalishlari kitob, audiokasseta, videokasseta va kompyuter texnikasi savdosi boʻlib, an'anaviy savdo tuzilishidan sezilarli farq qiladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling