Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 2.86 Mb.
bet99/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing deganda nimani tushunasiz?

  2. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketingning tamoyillari nimalardan iborat?

  3. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketingning xaridor uchun ustunliklarini izohlang?

  4. Toʻgʻridan – toʻgʻri marketing shakllariga nimalar kiradi?

  5. Internet marketing deganda nimani tushunasiz?

  6. Internetda tovar siyosatining mohiyatini izohlang?

ATAMALAR LUGʻATI




Axborot - 1) ishlarning ahvoli haqida xabardor qilish; 2) tadbirkor- lik, marketing va boshqa faoliyat turlari oldida toʻrgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin boʻlgan turli xil bilim va ma'lumotlar; 3) marketing tizimi sub'ektlarining oʻzaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari tavsifnomasi; 4) turli xil energiyalarning oʻzaro aloqalari natijasi.
Bozor - 1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu erda ishlab chiqarilgan mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi; 2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari bilan almashish sohasi; 3) iste'molchilar guruhi; 4) mazkur tovarning barcha xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6) tovar va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potensial xaridorlari va sotuvchilari majmui;
8) birja.
Bozor segmenti - taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing kompleksiga bir xilda munosabatda boʻluvchi iste'molchilar guruhi majmui. Bozorni segmentlash - bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki marketing kompleksi talab qilinishi mumkin boʻlgan xaridorlarning aniq
guruhlariga boʻlish, taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish - 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial iste'molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ta'minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori, kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori sigʻimi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling