Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet107/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Narx hosil boʻlishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda qoʻllanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx hosil boʻlishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon'yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san'ati.
Oʻrov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar ishlab chiqarilgandan soʻng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun moʻljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni qiziqtirayotgan ma'lumotlarni olishi mumkin boʻlgan byullenten, pablik rileyshnz vositasi.
Prognozlash (bashorat qilish) usuli - oʻrganilayotgan ob'ektning utmishdagi va hozirgi ma'lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan koʻra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, oʻrta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga koʻra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob'ektlarini qamrab olish boʻyicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Raqobat - 1) alohida shaxslar oʻrtasida har biri oʻzi uchun shaxsan erishini maqsad qilgan bitta yoʻnalishdagi, xususan tadbirkorlar oʻrtasida kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratish, sotish va iste'mol qilish jarayonida bozor tizimi sub'ektlarining kommunikasiyasi, kurashi, oʻzaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi.
Raqobatchilik muhiti diagnostikasi - marketing tadqiqotining raqobatchilar hatti-harakatlarining ichki motivlari haqida toʻliq va aniq tasavvurini shakllantirish uchun zarur boʻlgan oʻziga xos mustaqil bosqichi.
Reklama -1) gʻoya, tovar va xizmatlarni ma'lum homiy nomidan taqdim tatbiq taklif qilishning shaxsiy boʻlmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga oʻgirishga intiluvchi kommunikasiya shakli.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling