Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketing-miks (marketing majmuasi)


Download 2.86 Mb.
bet106/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing resepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi.
Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish hajmining oʻsishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing strategiyasi tanlash bilan bogʻliq jarayon.
Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - markazlashtirish, desentralizasiya va moslashuvchanlikni modifikasiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy boʻlinmalarining oʻzaro harakatlari sxemasi turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matrisa tuzilmalari va ularning modifikasiyalarini ajratib koʻrsatish mumkin.
Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning oʻziga va uning mijozlarga xizmat koʻrsatish imkoniyatlariga munosabatlariga taalluqli kuchlar, ya'ni ta'minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifodalanadi.
Motivasiya - 1) ehtiyojlarni qondirish boʻyicha qaror qabul qilishda individuumlar harakatini faollashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga ta'sir koʻrsatuvchi majburlovchi harakatlar.
Multimedia - texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-
, vizual va virtual kommunikasiya vositalari majmui; 2) marketingni
boshqarish tizimini tashkil etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari.
Narx - 1) qiymatning pul koʻrinishida aks ettirilishi, iste'molchilar tovarga ega boʻlish uchun toʻlashlari lozim boʻlgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim;

  1. marketing-majmuasi, marketing-miksning samarali vositasi.


Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling