Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va gʻoyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bogʻliq harakatlar va bosqichlarning tartibga solingan majmui.
Marketing kommunikasiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit bilan oʻzaro aloqalari jarayonida sub'ektlar (joʻnatuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, kanallar, toʻgʻri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmui; 2) insonlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat koʻrsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste'molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va gʻoyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an'anaviy, ishlab chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va oʻzaro aloqaviy konsepsiyalarini ajratib koʻrsatish mumkin.
Marketing qarori - 1) iste'molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur boʻlgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub'ekt va ob'ektlariga maqsadli yoʻnaltirilgan ta'sir koʻrsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini bajarishning koʻrib chiqilayotgan (kutilayotgan) koʻplab variantlari orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik koʻrsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing resepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof- muhitdagi oʻzgarishlarga moslashishda eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing resepti tovar, narx, savdo va kommunikasiya siyosati sohasida (4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar oʻtkazishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |