Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet100/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Bozorning raqobatchilik haritasi - 1) raqobatchilarini bozorda egallab toʻrgan oʻrniga koʻra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining oʻrnini nazorat qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida raqobatchilarning oʻrnini tahlil qilish natijasida aniqlanadi.
Brending - marketing kommunikasiyalari tizimining firma stili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi oʻziga xos imijini yaratish sohasi
Gorizontal diversifikasiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bogʻliq boʻlmagan, biroq mijozlarning qiziqishini uygʻotishi mumkin boʻlgan mahsulotlar bilan toʻldirish.
Demping - tovarni oʻrtacha bozor narxidan arzon, ba'zida hatto oʻz tannarxidan arzon narxda sotish. Koʻpchilik gʻarb mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa
mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta'qiqlovchi antidemping qonunlar amal qiladi.
Diversifikasiya - 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va qoʻshimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir- biri bilan bogʻliq boʻlmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning oʻzida kengaytirish va rivojlantirish.
Imij - tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, oʻxshashi va aks ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bogʻliq boʻlgan ijtimoiy- psixologik holat. Tovar imiji tovarning reputasiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va mamlakat bilan assosiasiyalashadi.
Iste'molchining mustaqilligi (suvereniteti) - iste'mol huquqining mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil yoʻnalishi boʻlib, tovar va xizmatlar bozorida iste'molchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va yoʻriqnomalar majmuidan iborat.
Kommunikativ siyosat - 1) korxonaning istiqboldagi harakatlar kursi hamda talabni shakllantirish, iste'molchilar ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish boʻyicha samarali va barqaror faoliyatni ta'minlovchi marketing tizimining barcha sub'ektlari bilan oʻzaro harakatlarni tashkil tatbiq kommunikativ vositalar (kommunikativ miks) majmuasidan foydalanish strategiyasining mavjudli. 2) ragʻbatlantirish majmuasini ishlab chiqish, ya'ni biznes - hamkorliklarning oʻzaro aloqalari samarali boʻlishini ta'minlash boʻyicha, tadbirlar, reklamani tashkil etish, savdoni ragʻbatlantirish usullari, jamoatchilik bilan aloqa va shu kabilar.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling