Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet108/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali e'lon qilingan reklama xabarlarini eshitishi, koʻrishi va oʻqishi mumkin boʻlgan barcha shaxslar.
Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki vositachilari manfaatlari yoʻlida iste'molchilarga ta'sir koʻrsatish
darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga koʻrsatuvchi ta'sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat natijalari boʻyicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa koʻplab omillar ham ta'sir koʻrsatadi.
Servis (xizmat koʻrsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluatasiya qilishni ta'minlovchi boʻlimi, quyi tizimi.
Sifat - tovarning muayyan iste'molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilab beruvchi, qoʻyilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi shartnomalarida tomonlar sifat koʻrsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati boʻyicha qabul qilish va topshirish shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati boʻyicha kafolatlar belgilab qoʻyiladi.
Strategik marketing - 1) asosiy iste'molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini muntazam, tizimli tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat koʻrsatish va shu tariqa raqobatchilik ustunligiga ega boʻlish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta'minlash; 4) strategik majmua-miks hamda muntazam oʻzgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikasiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish jarayoni.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling