Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Tovarning raqobatbardoshligi


Download 2.86 Mb.
bet111/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta'minlovchi tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi boʻlib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste'mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatasiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste'mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muhim koʻrsatkichi.
Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari oʻrnatish imkoniyatlariga ta'sir koʻrsatish mumkin boʻlgan kuchlar va faol sub'ektlar majmui. Marketing tizimi makro va mikromuhitdan tarkib topadi.
Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa koʻrinishiga ega boʻlmaydigan iste'mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga koʻrsatishi mumkin boʻlgan faoliyat yoki ne'matlar turi.
Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminasiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni toʻxtatish; tovarni bozordan raqobatbardoshligi va talabni yoʻqotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni eliminasiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi oʻrni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa koʻrsatkichlar qoʻllanadi.
Yangi tovarni ishlab chiqish - korxonaning oʻz kuchi bilan IITKI oʻtkazish asosida original, sifati yaxshilangan va modifikasiyalangan mahsulotlarni yaratish jarayoni. Bu jarayon odatda gʻoyalarni ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar konsepsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va tijoratlantirishdan iborat boʻladi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling