Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi


Download 2.86 Mb.
bet105/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan koʻp turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari boʻyicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar qaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil tatbiq amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish boʻyicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sarf va chiqimlar yigʻindisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing boʻlimi xodimlari maoshi, amortizasion ajratmalar, marketing boʻlimining normal faoliyat koʻrsatishi uchun zarur
boʻlgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik koʻrsatkichi. Natural va qiymat shaklida oʻlchanadi.
Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub'ektlarining nafaqat ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki koʻptomonlama oʻzaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar oʻzlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar oʻzgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya'ni aloqalar almashuvi buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmogʻi a'zolari oʻrtasida resurslar ayirboshlash
«qaramlik» va «xokimlik» manbai hisoblanadi. Marketing tarmogʻi uchta oʻzaro bogʻliq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling