Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Jadal (shiddatli) marketing
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorga tanlov asosida kirish uslubi.
- Bozorga keng koʻlamli kirib borish uslubi.
Jadal (shiddatli) marketing.Buni koʻpchilik xaridorlar - tovar toʻgʻrisida ma'lumotga ega boʻlmagan yoki boʻlgani ham uning yuqori narxidan ta'sirlanmagan holda ishlatadi. Xaridorlarni jalb qilish, ularning talabini shakllantirish tadbirlari oʻtkazishga katta mablagʻ ajratish orqali uyushtiriladi. Tovarning ham narxi yuqori oʻrnatilib koʻp foyda olish nazarda tutiladi. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi.Uning hajmi katta boʻlmagan holatda ishlatiladi. Tovar koʻpchilikka noaniq, unga yuqori narx qoʻyilsa ham xaridorlar sotib olish mumkin. Raqobatchilar bozorda juda oz va shuning uchun talabni ragʻbatlantirishga kam xarajat qilib koʻproq foydaga erishish mumkin. Bozorga keng koʻlamli kirib borish uslubi.Bozorning hajmi katta, tovar haqida xaridorlar kam taassurotga ega va uning narxi balandligiga rozi boʻlmagan davrda ishlatiladigan uslub. Undan tashqari raqobat kuchli, tovar ishlab chiqarishni koʻpaytirish natijasida uning tannarxi pasayadi va «narxlar jagʻi»ga imkon yaratadi. Ragʻbatlantirishga koʻproq mablagʻ ajratishga imkoniyat yaratiladi. Sust marketing uslubi bilan bozorning hajmi katta boʻlganda, xaridorlar tovarni yaxshi bilsada, kamroq xarajatlar qilib, pastroq narx orqali, raqobat kam sharoitda muvaffaqiyatga erishiladi. Tovar bozorining oʻsish bosqichida bozorga kirgan tovar bilan iste'molchilar koʻproq tanishgani tufayli raqobatchilarni siqa boshlaydi. Agar bozor katta boʻlsa, raqobatchilar ham bizning tovarga oʻxshash tovar ishlab chiqara boshlaydi. Raqobatchilarga qarshi bozorga oʻsha tovarning yangi-yangi turlari va yangi xaridorlari uchun ishlab chiqiladi. Shu davrda, ayrim tovarlarning modelini yangilash va talabni shakllantirishning har xil tadbirlari oʻtkaziladi. Reklamada tovarning amaliyotdagi iste'molchilar tajribasida sinalgan xususiyatlari koʻproq yoritiladi, imtiyozlar va narxni pasaytirishgacha qoʻllaniladi. Tovar bozorining etilish (pishgan) davrida tovarning toʻla assortimenti bozorga kiritilgan va 50 foizdan ortiq xaridorlarga kerakli tovar bilan ta'minlangan boʻladi. Endi tovarni asosan konservativ dunyoqarashli xaridorlar sotib olishadi. Talabni ragʻbatlantirish tadbirlari asosan tovarning foydaliligini yoritishga qaratiladi. Tovar bozorining toʻyinishi davrida tovar asosan sotilishi, bozorda iste'molchilarning qaytadan xarid qilishlari hisobiga amalga oshiriladi. Talabni ragʻbatlantirish siyosati samara bermay qoladi. Shuning uchun bozorda yaxshi talabga ega tovarlar qoldiriladi. Ammo reklama susaytirilmay, aksincha kuchaytiriladi. Narx pasaytirilib, tovar koʻpchilik xaridorlarga yaqinlashtiriladi. Tovar bozorining tushkunlik davrida talabni va sotishni ragʻbatlantirish tadbirlari shu tovar uchun toʻxtatiladi. Sotuvchilarga qaratilgan ragʻbatlantirish tadbirlari, asosan tovar sotilishi hajmini koʻpaytirish maqsadida olib boriladi: pul mukofoti berish; qoʻshimcha dam olish kunlari, firma hisobidan sayoxatlarga borish; qimmatbaho sovgʻalar; ma'naviy ragʻbatlantirish; korxona faoliyati reklamasi; xayriya ishlarida faol qatnashish va boshqalar. Talabni shakllantirish va sotishni ragʻbatlantirishda «pablik rileyshnz» tadbirlari katta yordam beradi. Bu atama «jamoatchilik bilan murosa» ma'nosini beradi, «pablik rileyshnz»ning turli ta'riflari bor, ulardan eng muvaffaqiyatli chiqqani - bu atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi taassurotlar yaratish maqsadlarida oʻtkaziladigan tadbirlar majmui deb ta'kidlaydilar. «Pablik rileyshnz» va marketing bir birini toʻldiradi. «Pablik rileyshnz» yashirin shakldagi reklamaning bir turi boʻlib, maqsadga muvofiqligi va tadrijiyligi bilan ajralib turadi. Agar pasayib borayotgan talab sharoitida reklama faoliyati toʻxtatiladigan boʻlsa, «Pablik rileyshnz»ni firmaning bozorga oʻrnashgan kunidan boshlab to uning bozorda boʻladigan oxirgi kuniga qadar oʻtkazish zarur. Shuningdek, koʻrgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning samarali vositalari sanaladi. Koʻrgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - xaridorlarga tovarni uning haqiqiy kiyofasida taqdim etish imkoniyati borligidadir. Koʻrgazma ham, yarmarka ham tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning oʻrtasidagi farq shundan iboratki, koʻrgazma istalgan shaharda har xil sabablar bilan, hatto tovarsiz tashkil etish mumkin. Yarmarka esa, qat'iy sur'atda va muntazam ravishda bir joyda oʻtkaziladi. Bundan tashqari, koʻrgazma garchi unda bitishuvlar oʻtkazilgan boʻlsa ham oʻz ruhiga koʻra asosan ma'rifiy-targʻibot yoʻnalishiga ega, koʻp hollarda unda «kelajak tovarlari» ham namoyish qilinadi. Yarmarka esa, birinchi navbatda tijorat yoʻnalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan qolmagan «eski» tovarlar ham boʻlishi mumkin. Shunday qilib, yarmarka - bu davriy faoliyat qiluvchi, bozor ya'ni belgilangan muddatlarda bir joyda muntazam toʻplanadigan bozordir. Yarmarkaning maqsadi - uning ishtirokchilariga oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini koʻrsatishga imkoniyat yaratib berish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar va texnik kamolatni namoyish qilishdan iborat. Savdo-sanoat koʻrgazmalari bir yoki bir qancha mamlakat ishlab chiqarishning bir yoki bir necha sohalarida, fan va texnika sohasida erishgan ilmiy-texnika yutuqlarini koʻrsatish maqsadlarida tashkil etiladi. Oʻz ishtirokchilari va tashqi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy ahamiyatga koʻra, koʻrgazma hamda yarmarkalar milliy va xalqaro turlarga boʻlinadi. Oʻz mamlakatida oʻtkaziladigan milliy koʻrgazma va yarmarkalarda chet el xaridorlari ham qoʻyiladi, lekin tovar sotish huquqi milliy firmaga qat'iy berilgan boʻladi. Hozirgi zamon sharoitlarida bir mamlakatning hukumati yoki sanoat birlashmalari boshqa mamlakatda tashkil etadigan milliy koʻrgazmalarda oʻz mamlakatining yutuqlari va tovar munosabatlarining rivojini namoyish qiladi. Oʻtkazish muddati va usullariga koʻra, ular quyidagi turlarga boʻlinadi: qisqa muddatli koʻrgazmalar, koʻchma koʻrgazmalar, namunalar doimiy koʻrgazmasi, savdo markazlari, savdo haftaliklari. Qisqa muddatli koʻrgazmalar uch haftadan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi. Bunday koʻrgazma yo umumiy mazmunda, ya'ni oʻz mamlakatining barcha ishlab chiqarish faoliyati sohalaridagi yutuqlarini namoyish etadi yoki ixtisoslashgan boʻlib, biron bir tarmoq yutuqlarini koʻrsatadi. Koʻchma koʻrgazmalar turli transport vositalaridan foydalanib, tomoshabinlar doirasini kengaytirish maqsadlarida tashkil etadi. Keyingi yillarda yirik kemalarda koʻrgazmalar tashkil etish tobora keng rasm boʻlayotir. Yaponiya, Angliya, Shvesiyada bunday koʻrgazmalar yirik kema bortlarida tashkil etiladi, kema bir qancha davlatlarning savdo shaharlarida boʻlib, qoʻyilgan tovarlarni namoyish etadi, shuningdek savdo-sotiq ham qiladi. Namunalar doimiy koʻrgazmasining aksariyati oʻz mamlakatining chet ellardagi diplomatik konsul xonalari va boshqa vakolatxonalarida tashkil etiladi, chet ellardagi ehtimol tutilgan xaridorlarga namunalar boʻyicha shartnomalar tuzish uchun eksport mahsulot namunalari namoyish etiladi. Milliy tashkilotlar tomonidan chet ellar tashkil qilinadigan doimiy savdo markazlari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday markazlar oʻzlari joylashgan mamlakatda ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar tashkil etish boʻyicha keng faoliyat olib boradi: eksposent firmalarga bepul koʻrgazma maydonlari beradi, oʻz hisobidan koʻrgazmani loyihalash va rasmiylashtirish, ochishni amalga oshiradi, koʻrgazma ishtirokchilariga bozordagi holatlar haqida axborot etkazib beradi. Koʻrgazma va yarmarkalarning yangi turi savdo haftaliklari nomini oldi. Bunday tadbirlar odatda yirik shaharlardagi universal doʻkonlarda iste'mol tovarlarini namoyish tatbiq sotish uchun tashkil etiladi. Xalqaro koʻrgazma va yarmarkalar tovar muomalasiga xizmat koʻrsatadi. Ularda har qanday mamlakat firmalari xech qanday cheklashlarsiz ishtirok etishi mumkin. Xalqaro koʻrgazma va yarmarkaning eng ustun tomoni - ularda turli mamlaktlarda ishlab chiqariladigan juda koʻp tovarlarning namunalari toʻplanadi. Bu esa, xaridorga qisqa vaqt davomida bozorda mavjud takliflar bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan kerakli maslahatlarni qiyoslash, muzoqaralar oʻtkazish, tijorat shartlarini kelishib olish va eng muhimi, shartnoma imzolash imkonini beradi. Namoyish etiladigan eksponatlar xarakteriga koʻra, xalqaro koʻrgazma va yarmarkalar universal va ixtisoslashgan turlarga boʻlinadi. Universal koʻrgazma va yarmarkalarda eksponatlar muayyan tovarlar guruhlari bilan chegaralanmaydi. Ularda barcha yoki koʻpgina sanoat tarmoqlari mahsulotlari namoyish qilinishi mumkin. Ixtisoslashgan koʻrgazma va yarmarkada esa, faqat bir yoki bir necha turdosh sanoat tarmoqlari tovarlari, ba'zan biron bir amaliy fan yutuqlari namoyish qilinadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling