Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Nazorat va mulohaza savollari


Download 2.86 Mb.
bet85/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Nazorat va mulohaza savollari


  1. Tovarlarni tarqatish xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Chakana savdo va ulgurji savdoni mazmunini izohlab bering.

  3. Savdoda vositachini tanlash qanday amalga oshiriladi?

  4. Sotish tarmogʻini shakllantiruvchi omillarga nimalar kiradi?

  5. «Merchendayzing» siyosati deganda nimani tushunasiz?

  6. Savdo qilishning qanday yangi turlari va uslublarini bilasiz?

  7. Taqsimlash kanallari necha bosqichdan iborat?

  8. Savdo avtomatlari orqali tovar sotish deganda nimani tushunasiz?

  9. Zamonaviy sotish usullariga nimalar kiradi?

  10. Vertikal marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?

12 - BOB. KOMMUNIKASIYa SIYoSATI


Reja:


  1. Kommunikasiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari


  2. Talabni shakllantirish va sotishni ragʻbatlantirishda kommunikasiyaning ahamiyati
  3. Xaridorlarga va sotuvchilarga ta'sir etish uslublari


  4. Marketing kommunikasiyasi kompleksi va unda reklamaning oʻrni

Marketingda kommunikasiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan, xaridorlar, sotuvchilar, ta'minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz.
Marketing kommunikasiyalari deganda bozorda xoʻjalik yurituvchi sub'ekt oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan bozor segmentlari bilan, shuningdek, muloqot doiralari bilan kommunikasiyalarni ta'minlashga imkon beradigan texnologiya (fan, vositalar) tushuniladi.
Aynan turli marketing kommunikasiyalarining integrasion jarayonlari kommunikativ jarayonlarni boshqarishning turli vositalari va tamoyillarini sintez qiladigan ochiq joriy (shuningdek, istiqboldagi) resurslardan maksimal iqtisodiy va ijtimoiy foyda olishga qaratilgan xoʻjalik yurituvchi sub'ekt faoliyati toʻlaqonli tizimi sifatida integrasiyalashgan marketing kommunikasiyalari shakllantiradi.
Kommunikasiya faoliyatining asosiy vazifalari marketing strategiyasini amalga oshirish maqsadida korxonaning barcha boʻgʻinlari samaraliroq ishlashi va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Shu sababli qoʻyilgan vazifani bajarish uchun korxonaning turli boʻlinmalari qalin oʻzaro aloqa qilishi zarur, bu esa, eng avvalo, korxona ichida yoʻlga qoʻyilgan kommunikasiyalarni hamda tashqi muhit bilan kommunikasiyalar yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun ulkan hajmdagi xilma- xil vositalar yigʻindisini taqozo etadi. Aynan marketing makoniga kiritilganlik, yoki marketing kommunikasiyalari kompleksi kompaniyaning investision jalb etuvchanligi va rivojlanish dinamikasini ta'minlaydigan asl qimmatini shakllantiradi.
Kommunikasiya siyosati – bu tovarni bozorga siljitish usullari yigʻindisidir. Kommunikasiyaning asosiy vositalari boʻlib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni ragʻbatlantirish; maxsus koʻrgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi.
Reklama- bir tomonlama ommaviy kommunikasiyaning toʻlovli turi boʻlib, u aniq bir homiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Shaxsiy sotuv - bu «oʻlchalik» kommunikasiya yakka ikki tomonlama boʻlib (dialog) maqsadi mijozni toʻxtovsiz tarzda harakatga keltirishga undashdan iborat. Bir vaqtning oʻzida firma uchun axborot manbai hamdir.
Savdoni avj oldirish - shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni toʻldiruvchi hamma tovarni sotishni tezlashtirish va ma'lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha choralarni oʻz ichiga oladi.
Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar tashkilot va uning turli auditoriyalari orasida, oʻzaro bir-birini tushunish va ishonchli ruhiy holat yaratishga xizmat qiladi. Bu erdagi kommunikasiyaning maqsadi faqat sotishgina emas, balki firma faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamdir. Bu an'anaviy muloqot vositalaridan tashqari quyidagi bevosita kommunikasiya turlari: salonlar, yarmarkalar, koʻrgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing, kataloglar orqali savdo ham mavjud.
Kommunikasiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili boʻlib hisoblanadi. Korxona oʻz firmasining yaxshi imijini yaratish uchun koʻplab kommunikativ jarayonlar bilan oʻzaro kelishishga majburdir. Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya'ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e'tiborini erishishga kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qoʻyiladi. Buning uchun korxonadan tadbirkorlikning integrasiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling