Nazorat va mulohaza uchun savollar
Narx deganda nimani tushunasiz?
Narxga ta'sir etuvchi omillar nimalardan iborat?
Narxlashtirishni maqsadlari nimalardan iborat?
Yuqori narx strategiyasi qanday oʻrnatiladi?
Past narx strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
Reja:
Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlarini va ularning tuzilishi
Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmogʻini shakllantiruvchi omillar
Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmogʻini shakllantiruvchi omillar
Savdo qilishning yangi turlari va usullari
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish(taqsimlash, tovar harakati, mahsulotni iste'molchigacha etkazish) hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste'molchiga etkazish hal etiladi.
Sotish siyosati iste'mol tovarlarini etkazib berishning ehtimol tutilgan varintlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shahobchalarida eng yuksak xoʻjalik samarasiga erishishini ta'minlaydigan maqbul variantni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Yarim tanlangan taqsimot yoʻli marketing boʻyicha qolgan jami boshqa echimlarga ta'sir koʻrsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish, reklama xizmati, oʻz savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shu jumlaga kiradi. Shu sababli rahbariyat taqsimot yoʻlini tanlashga bugungina emas, balki ertangi tijorat muhitini ham koʻzlab ish tutishi zarur.
Sotish siyosatining vazifalari quyida ifodalangan(11.1-rasm).
taqsimlash kanalini
Do'stlaringiz bilan baham: |