Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. Marketingni vazifalari


Download 2.86 Mb.
bet14/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

2.1-rasm. Marketingni vazifalari


Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.


Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan oʻzaro aloqadordir.
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

    • bozorni egallash;

    • rentabellik;

    • moliyaviy barqarorlik;

    • ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta'minlash;

    • bozordagi mavjud va prestijni tashkil tatbiq mustahkamlash.

2.1-jadval


Korxonaning asosiy maqsadi



Maqsadlar



Koʻrsatkichlar

Bozorni egallash

Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi
bozorlarni qamrab olish

Rentabellik

Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini
rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi

Moliyaviy barqarorlik

Kreditga layoqatligi, likvidligi, oʻz-oʻzini moliyalashtirish
darajasi, kapitalni tuzilishi

Ijtimoiy maqsadlar

Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy himoya,
ijtimoiy integrasiya, shaxsiy rivojlanish

Bozordagi pozisiya va
prestij

Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, jamiyatni
tan olishi

Marketing maqsadlari tahlili unga erishish boʻyicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta oʻzaro bogʻliq marketingni kompleks vazifalarini ajratib koʻrsatadi:



  1. Talabni tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar.

  2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.

  3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bogʻliq masalalar.

Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
Soʻnggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish va diversifikasiyalash boʻyicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi, jahon iqtisodiyotida hamon saqlanib turgan inqiroz holatlari va jahon bozoridagi narxlarning 2016 yilda mamlakatimiz eksport salohiyatiga salbiy ta'sirini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi.
Yurtimiz eksportyorlarining tashqi bozordagi oʻrnini saqlash, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida, tashqi bozorga mahsulotlar etkazish hajmini oshirish, eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar geografiyasi va nomenklaturasini diversifikasiyalash, yangi korxonalar, eng avvalo kichik biznes sub'ektlarinieksport faoliyatiga keng jalb etish boʻyicha ishlar davom ettirildi. Natijada, soʻnggi 10 yilda kichik biznes korxonalari eksporti 4 barobardan ziyodga oʻsib, 2016 yilda mamlakat umumiy eksport hajmining 28%ini tashkil etdi.
Mamlakat eksport salohiyati mustahkamlashining asosiy omillari boʻlib quyidagilar xizmat qiladi:2
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling