Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etilishi


Download 2.86 Mb.
bet15/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etilishi. 877ta yangi korxona, shu jumladan 140ta tarmoq korxonalari va 737ta hududiy boʻysunuvdagi korxonalar oʻz mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirishda



2 Oʻzbekiston iqtisodiyoti: axborot-tahliliy byulleten. 2016 yil yanvar-dekabr.-T: 2017 y., 9-bet.
ishtirok etdilar. Natijada, 270 turdagi yangi mahsulotlar eksporti oʻzlashtirildi;

  • eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar geografiyasi va nomenklaturasini diversifikasiyalash, jumladan mahalliy mahsulotlarni chetga etkazish geografiyasi 60ta yangi bozorga koʻyishi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroqga engil avtomobillar, Buyuk Britaniyaga kuchlanish agregatlari va dvigatel komponentlari, Latviyaga gʻildirak disklari, Janubiy Koreyaga avtogeneratorlar,Turkmanistonga qishloq xoʻjaligi texnikalari, Polshaga qattiq uglevodorod aralashmalari, XXR, Turkiya, Janubiy Koreya va Latviyaga polietilen hamda polipropilenlar, Shvesiya, Ruminiya, Bolgariya va Ozarbayjonga mineral oʻgʻitlar, Belarus Respublikasiga va Ozarbayjonga sport poyabzallari, Polsha va Janubiy Koreyaga charm buyumlar eksport qilindi.

  • meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tizimini isloh qilish. “Oʻzagroeksport” maxsus tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi. Oʻzbekistonda etishtiriladigan, noyob iste'molbop xususiyatlarga ega sabzavot, meva , uzum va poliz mahsulotlari bilan xorijiy hamkorlarni keng koʻlamda tanishtirish, zamonaviy bozor mexanizmlari vositasida meva- sabzovot mahsulotlari etishtiruvchilar, qayta ishlovchilar va etkazib beruvchilar oʻrtasida uzoq muddatli barqaror kooperasion aloqalar oʻrnatish va shuning asosida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmini oshirish hamda eksporga etkazib beriladigan turlarini kengaytirish, yangi bozorlarni oʻzlashtirish maqsadida har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qabul qilingan chora- tadbirlar tufayli 2016 yil davomida toʻgʻridan toʻgʻri mahsulot etkazish hajmi Rossiya Federasiyasiga 2,5 barobar koʻpaydi.

Polietilen, mis sim, molibden mahsulotlari, yuk avtomobillari, meva- sabzavot mahsulotlari, trikotaj polotnolar, paxtadan tayyorlangan matolar va boshqa mahsulotlarni eksportga etkazib berish hajmi ortdi. Surgil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini ishga tushurilishi tufayli, asosan plastmassa buyumlari eksporti oʻsishi hisobiga 2016 yilda kimyo va kimyo mahsulotlari eksporti sezilarli oʻsdi.
Xulosa oʻrnida bugungi kunda marketingni oʻrni nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham benihoya kattadir.



    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling