Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 2.86 Mb.
bet18/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Marketingni asosiy tamoyillarini qisqacha tushuntirib bering?

  2. Marketingni asosiy vazifalari nimlardan iborat?

  3. Marketingni asosiy funksiyalarini tushuntirib bering?

  4. Talabning holatiga koʻra va bozorni rivojlanishiga koʻra marketingni qanday turlarini bilasiz?

  5. Sinxromarketing mazmunini tushuntirib bering?
  1. MAVZU. MARKETING TADQIQOTLARI VA AXBOROTLARI TIZIMI


Reja:
  1. Marketing tadqiqotlari va marketing tadqiqotlari tizimi


  2. Marketingda axborotni oʻrni. Axborot tizimi
  3. Axborot turlari va ularni turkumlash


  4. Axborotni toʻplash uslublari
  5. Toʻplangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash


  6. Marketing tadqiqotlarining yoʻnalishlari va uslublari

Zamonaviy marketing asoslaridan biri F.Kotlerning ta'rifi boʻyicha: “Marketing tadqiqotlari deb, turli yoʻnalishlarni tizimli ravishda tayyorlash va oʻtkazish, kompaniya oldiga qoʻyilgan aniq marketing vazifasiga mos boʻlgan natija va xulosalarga ega boʻlish uchun olingan ma'lumotlarni tahlil etish jarayoni” tushuniladi.


Oʻrganilayotgan fanning asosiy amerikalik olimlaridan Neresh K.Malxotra “Marketing tadqiqotlari” amaliy qoʻllanmasida quyidagi yondashuvni keltirgan: “Marketing tadqiqotlari deb, marketing muammolari(imkoniyatlari)ni moslashtirish va echimlarining samaradorligini oshirish uchun axborotlarni tizimli va ob'ektiv ravishda aniqlash, toʻplash, tahlil qilish, tarqatish va foydalanish”, deb e'tirof etilgan.
Rossiya olimlaridan E.P.Golubkov quyidagi yondashuvni ta'kidlab oʻtgan: “Marketing tadqiqotlari – marketing faoliyatining turli koʻrinishlaridagi ma'lumotlarni tizimli ravishda toʻplash, aks ettirish va tahlil etib, marketologlarni bozorlar, iste'molchilar, raqobatchilar, marketingning boshqa tashqi muhit elementlari bilan axborot orqali bogʻlashdan iboratdir”3.
Marketing tadqiqotlari – marketing faoliyatini tizimli toʻplash, qayta ishlash, izohlash va turli jihatlar boʻyicha ma'lumotlarni tahlilidir.
Marketing tadqiqotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:


3 Ikramov M.A., Abduxalilova L.T. Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil. Oʻquv qoʻllanma. – T.: “Iqtisodiyot”, 2017 y. 17 b.

Dastur va strategiyalarni asoslash

Marketing funksiyalarini samaradorligini baholash




Bozor konyukturasi tahlili

Iste`molchilar fikrlarini aniqlash











Marketing tadqiqotlarining vazifalari


Boshqaruv qarorlarini qo`llab quvvatlash





Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling