Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing tashqi xabarnoma
Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldigʻi, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta'minlovchilar koʻlami va boshqa marketing faoliyatiga bogʻliq boʻlgan axborotning oʻz vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun soʻngida firma doʻkonidagi savdo zalida har bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta'minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga oʻxshash operativ axborot olish zaruriyati paydo boʻladi. Bu erda muhim oʻrinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yigʻilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga boʻlgan ehtiyojni oʻz oʻrnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.
Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos boʻlgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (roʻznoma va maxsus jurnallar), ta'minotchi va iste'molchilar bilan boʻlgan muloqot natijalari, reklama e'lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai boʻlishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma'lumotlarga boʻlgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashadilar. Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitdagi oʻzgarishlar va holatlar xususida toʻplangan axborot manbai boʻlib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yoʻsinda ushbu muhitga ta'sir etish imkonini beradi. Marketing xususida toʻplangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma'lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan boʻlishi tabiiydir. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling