Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning oʻzaro bogʻliqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish


Download 2.86 Mb.
bet29/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning oʻzaro bogʻliqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish


Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan sub'ektlar va kuchlar boʻlib, ular uning maqsadli mijozlariga boʻladigan munosabatlarini vujudga keltirish va qoʻllab – quvvatlashga ta'sir oʻtkazadilar.


Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va oʻzgaruvchan boʻlgan tashqi muhit omillari ta'sir qiladi.
Tashqi muhit sub'ektlari – ta'minotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar, kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar boʻlib, ular korxonaning marketing faoliyatiga yordam berish yoki toʻsqinlik qilishda ishtirok etadilar.
Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika, siyosiy – huquqiy va madaniylar boʻlib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf – xatarini vujudga keltiradilar.
Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini oʻzgarishini doimo kuzatib borishi va shu oʻzgarishlarga kerakli boʻlgan javobni topishlari kerak. Bugungi kunda tashqi muhit juda ham tez oʻzgarib bormoqda. Oziq – ovqat mollarini sotish hamda harid qilish jarayonini kelgusida qanday oʻzgarishini tasavvur qilib koʻraylikchi? Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025 yillarga borib, oziq – ovqat mollarini harid qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz. Ular oʻrnini Internet orqali amalga oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab, kattayigʻimdagi oziq – ovqatlar uylarga eltib beriladi. Ya'ni, savdo va etkazib berish bilan shugʻullanadigan korxonalar birlashadilar.
Xaridorlar oʻzlariga kerakli boʻlgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar. Bu ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus elektron dasturlar amalga oshiradi. Yana bir holat: 2025 yilga borib, kompyuter tovarlar zahirasi qachon tugashini hisoblab, uni siz uchun yaqin oradagi supermarketga buyurtma beradi.
Kelgusidagi bunday oʻzgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni oʻyga solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni birinchi boʻlib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda zarur axborotlarni yigʻish maxsus uslublarga ega boʻlgan, marketing tadqiqotlari bor. Ikkinchidan esa, ular iste'molchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu sababli, marketologlar tez oʻzgarayotgan muhit uchun kerakli boʻlgan, marketing strategiyalarini tezda ishlab chiqib, uni oʻzgartiradilar.
Marketing muhiti – mikro va makromuhitdan iboratdir.
Mikromuhit – bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni mijozlariga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga ta'sir oʻtkazuvchi kuchlardir.
Ularga korxona, ta'minotchilar, marketing kanallari ishtirokchilari, iste'molchilar, raqobatchilar va aloqa(kontakt) auditoriyalari kiradi (1- rasm).



Тa`minotchilar


korxona
raqobatchilar
marketing vositachilari
mijozlar





Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling