Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Toʻplangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash


Download 2.86 Mb.
bet25/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Toʻplangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash


Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma'lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:



    • tartibga solish;

    • masshtablashtirish;

    • umumlashtirish va tahlil qilish.

Ma'lumotlarni tartibga solish ma'lumotlarni kategoriya boʻyicha, ularni tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya boʻyicha ma'lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati koʻrinishga ega boʻlgan ma'lumotlarni koʻrib chiqish tushuniladi. Koʻrib chiqilgan materiallar ma'lumotlarini jadval koʻrinishida koʻrsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
Shkalalashtirish aniq oʻlchamlari orqali aniqlash asosida ma'lumotlarni klassifikasiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qoʻllaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida koʻproq: trend tizimi, regressiya va
korrelyasiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qoʻllaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qoʻyiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga koʻra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.


    1. Marketing tadqiqotlarining yoʻnalishlari va uslublari


Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng oʻrin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yoʻnalishga va maqsadga boʻlgan marketing tadqiqotlari muhim oʻrin egallaydi.


Har bir tashkilot, firma oʻz bozori va xaridori koʻlamini saqlash, ular salmogʻini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmogʻi lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlarni talab etadi. Asosan yirik firmalar oʻz tarkibiy tuzilmalari miqyosida marketing tadqiqotlarini oʻtkazadilar. Lekin barcha sohalar boʻyicha tadqiqotlarni oʻtkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy boʻlmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar.
AQShda eng yirik va mashhur firmalar oʻz marketing tadqiqotlarini asosan besh sohada amalga oshiradilar:

  1. Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.

  2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.

  3. Tashkilotning ichki va tashqi ma'suliyatini baholashga oid tadqiqotlar.

  4. Bozordagi holat tahlili.

  5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.

Mavzu jihatdan marketing tadqiqotlari bir-birini toʻldiruvchi boʻlishi bilan birga, bir - biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv shahobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hokazolar. Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qoʻllanishi, axborot koʻlamining qayta ishlanishi, boshqa koʻrsatkichlarning inobatga olinishi, bir necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan,
ushbu mavzular boʻyicha soʻnggi paytlarda ishlab chiqarilgan umumiy va maxsus kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Umuman olganda, marketing dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:

  • demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;

  • aholi va korxonalarning daromadi, harajati, iste'mol jamgʻarmalarining tarkibi;

  • baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;

  • soliqlar tizimi;

  • raqobatchilar faoliyati toʻgʻrisidagi ma'lumotlar ham ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.

Marketing tadqiqotlarining yoʻnalishlari, albatta bozorning rivojlangan darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashgʻul boʻlgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma tizimlarining shakllanish sur'ati va boshqa omillarga bevosita bogʻliq boʻladi. Shu, jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari yoʻnalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va tashkilotlari uchun oʻzgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha nooʻrin boʻladi.
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini uyushtirishda ham sezilarli tarzda oʻz aksini topmoqda. Hususan, firmalarning raqobatbardosh quvvati, bozordagi oʻrni, lozim strategik maqsadlari, diversifikasiya sari yoʻl tutish taktikasi koʻpgina hollarda tadqiqotlarning yoʻnalishi va koʻlamini belgilaydi.
Hozirgi kunda Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mitsibushi, Xonda, Janubiy Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida peshqadamlikka erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling