Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
-rasm. Marketing strategiyasining bosqichlari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
5.1-rasm. Marketing strategiyasining bosqichlariKorxona dasturi oʻz ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, mijozlar uchun qadrli boʻlgan tomonlari, korxona istiqboli haqida ma'lumotlarni oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turish kerak. Korxona dasturi maqsad qoʻyishga, uning ahamiyatini oshirishga koʻmaklashadi va maqsadga erishishga yoʻllaydi. Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi koʻrsatiladi. Bu doiraning chegarasi boʻlib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar 8 Kotler F., Armstrong G., Vong V., Sonders Dj. Osnovi marketinga.–M.: OOO “I.D.Vilyams”, 2012.- 752 s. sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti kengroq boʻlishi kerak. Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qoʻyadi. Oʻz vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir. Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish boʻlsa,unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni koʻpaytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini koʻpaytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan oʻz navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari boʻlib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Bunda bozorni oʻrganish, taklif manbalarini oʻrganish, korxonaga tegishli har bir tovar boʻyicha kon'yunkturani oʻrganish va xulosa chiqarish jarayoni bajariladi. Korxona xoʻjaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xoʻjalik faoliyatining bosh yoʻnalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga koʻra, uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak boʻladi. Yuqori rentabellik tovarlarga koʻproq moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlar rejalashtiriladi. Korxonani oʻsish strategiyasi oʻz ichiga korxonaning kelgusida yana qanday tovarlarni sotishni oʻzlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e'tiborni kuchaytirishini, kuch sarflashini oladi. Korxonani oʻsish strategiyasini uch bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish mumkin. Birinchi bosqichda hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin boʻlgan imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda oʻsishga jadallashtirish omili orqali erishiladi; tovar yoki bozorning mavjud holatida imkoniyatlarni topish va oʻsishga intilish oʻrin egallaydi. Imkoniyatlari turlicha boʻlishi mumkin. Jumladan, tovarni bozorga chuqurroq singdirish (xaridorning e'tiborini koʻproq kozonish maqsadida raqobatchisiga nisbatan tovarni arzonroq sotish, sotilgan tovarlar ma'lum songa etganida xaridorga mukofot berish bilan ragʻbatlantirish, shu tovarning yangi iste'molchilarini topish) yoʻli bilan sotishni koʻpaytirish mumkin. Boshqa imkoniyati bozor chegarasini kengaytirish, ya'ni yangi bozorlar topish va mavjud tovari bilan ularda savdo-sotiq yuritishdan iboratdir. Navbatdagi imkoniyati tovarni takomillashtirish, ya'ni mavjud tovardan keskin farq qiladigan, sifati, iste'mol qiymati yuqori boʻlgan tovarning yaratilishi bilan bogʻliqdir. Ikkinchi bosqichda korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan hamkorlikda (integrasiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida taqsimot tizimi qattiq nazorat qilinadi. Bunda raqobatchi firmalar ustidan doimiy nazorat olib boriladi. Korxonaning oʻsish strategiyasining uchinchi bosqichida tarmoq doirasida oʻsish imkoniyatlari qolmagan boʻlsa, korxonaning mavjud turiga yaqinroq yangi yoʻnalishini tanlash, oʻzlashtirishdan iborat jarayon amalga oshiriladi. Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga muvofiq yoʻnalishini aks ettiradi. Soʻngra har bir yoʻnalish boʻyicha batafsil rejalar tuziladi, chunki, marketing konsepsiyasini qoʻllaydigan korxonalar faoliyat natijalari koʻproq savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan boshlab, to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini kamraydigan marketingni rejalashtirish alohida oʻrinni egallaydi. Asosiy koʻrsatkich ma'lumotlar yigʻindisi, joriy marketingga oid vaziyat bayoni, xatarlar va imkoniyatlar tafsili, vazifa va muammolar tafsili, marketing strategiyasi, harakat dasturi, byudjet va nazorat. Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-umumdoimiy ravishda operativ va strategik nazoratga tayanishidir. Bu esa strategiyaga tayinli davr mobaynida turli oʻzgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga moslashish imkonini beradi. Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita strategiyani ishlab chiqish bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki harakat bosqichi boʻlib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu bosqichda: asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, «favqulodda» holatlarni vujudga kelish tendensiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi. Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik kurashidagi mavqei tahlil qilinadi. Ushbu bosqichning asosiy vositasi boʻlib-firma faoliyatining qaysi yoʻnalishida «raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining yaxshilash mumkin?» degan savolga javob topiladi. Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyatlari boʻyicha istiqbolini qiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha resurslarni taqsimlash asosiy oʻrin egallaydi. Lekin, koʻpgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi istiqbol uchun ma'kul boʻlmaydi. Buning sabablari boʻlib, firmaning ichki faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab boʻlmaslik, uzoq va qisqa istiqbolda ularning mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarning rejalashtirish ishlarida tashqi muhit oʻzgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi. Keyingi harakat bosqichi - diversifikasiya yoʻllarini tahlil qilish jarayoni sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi boʻlib, amaldagi faoliyatini koʻlami tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash hisoblanadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling