Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish


Download 2.86 Mb.
bet31/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish


Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha moddiy, moliyaviy, me'yoriy va boshqa resurslarning majmui boʻlib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yoʻnaltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir.


Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad va tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning toʻgʻri va murakkabligi darajasiga qarab oʻzgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyusiya oʻzgarishlari va tashqi muhit bilan oʻzaro ta'siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat koʻrsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yoʻnaltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat:

  • bozor imkoniyalarini tahlili;

  • maqsadli bozorni tanlash;

  • marketing kompleksini ishlab chiqish;

  • marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish.

Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti, marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa talab hajmini oʻlchovi, bozorni segmentlash jarayonlari koʻrib oʻtiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish, tovarga narx oʻrnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida ishlar olib boriladi.
Keyingi bosqichda marketing chora – tadbirlarini amalga oshirishda strategik va taktik rejalashtirish, marketing faoliyatini nazorat qilish, korxonaning tashkiliy tuzilishi kabilar toʻliq yoritib beriladi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling