Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?
Korxonada marketingni tashkil etish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat?
Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz?
Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?
Marketingni qanday turlarini bilasiz?
Reja:
vazifalari
Marketingda taktik rejalashtirishning roli va oʻrni
Marketing nazorati va uning turlari
Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy boʻlimlari tavsifi
Korxonalar faoliyatini strategik rejalashtirish uning sotish, foyda olish va rentabellik koʻrsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda koʻrish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi oʻrni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yoʻllari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan koʻrsatkichlar boʻlmaydi, balki turli bashoratlar asosida moʻljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi:
«Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy baenotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni moʻljallashiga, sogʻlom xoʻjalik portfeli va oʻsish strategiyasiga tayanadi8.
Do'stlaringiz bilan baham: |