Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
«Porterning umumiy strategik modeli»da korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga mahsulotga past baho belgilab iste'molchilarni koʻproq jalb etadi va sotish hajmini oshiradi. Boshqa holatda esa, raqobatchilar yoʻq bozorni yangi tovar assortimenti bilan egallab oladi.
M.Porter 3 xil asosiy raqobatli strategiyalarni ajratib koʻrsatgan: Xarajatlar boʻyicha ustunlik. Bunda tovarga raqibga nisbatan pastroq narx qoʻyish hisobiga yuqori bozor ulushini egallash maqsadida xarajatlarni minimallashtirishga moʻljal oladi. Differensiasiya – raqiblar taklifi oldida ustunlikka ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga va marketing dasturiga moʻljallanadi. Differensiasiyaning 4 ta yoʻnalishi mavjud: tovar differensiasiyasi; servisli differensiasiya; xodimlar differensiasiyasi; imij differensiasiyasi. Fokuslash(konsentrasiya) – butun bozorga emas, balki maxsus bozor segmentiga noyob savdo taklifi ishlab chiqish yoʻli bilan moʻljalni olishdir. «Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari kolipi(matrisasi)»da foydani koʻpaytirish birinchidan -tovar harakatini oʻzgartirmagan holatda bozorni kengaytirish, ikkinchidan - hali talab qondirilmagan bozorlarga kirib borish; uchinchidan - korxona bozorda yaxshi tanilgandan soʻng yangi tovar ishlab chiqarishyoki modifikasiyasini oʻzgartirish; toʻrtinchidan - yangi bozorlar uchun yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi. Boshqacha aytganda “tovar - bozor” matrisasi I. Ansoff matrisasi deb yuritiladi. I. Ansoff matrisasi boʻyicha strategiyani tanlash bozorni toʻldirilganligi va firmani tovar ishlab chiqarish imkoniyatlarini yangilanishi bilan aniqlanadi. U quyidagi koʻrinishga ega boʻladi. Bozor eski yangi
Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling