Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5 - rasm. Marketing rejasini shakllantirish
Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosiMarketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan korxonaning moʻljallangan maqsadiga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi. Quyidagi 5.5 – rasmda marketing rejasini shakllantirish keltirilmoqda. 5.5 - rasm. Marketing rejasini shakllantirishKorxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir: Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil) Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yoʻnalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(marketing sintezi). Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yoʻllarini aniqlash. Strategiyani ishlab chiqish. Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni koʻzlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash). Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga toʻgʻri kelish). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati. Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart- sharoitlari (tashqi muhiti) va oʻzining ichki salohiyati turisida batafsil axborotlar toʻplab, aniq xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli tahlil» usullaridan foydalaniladi. Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlangʻich davri boʻlib, korxona marketing dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini oʻziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni oʻz ichiga oladi. Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda eng avvalo, uning ichki imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning oʻsishi orqalimi yoki bozorda oʻz ulushini koʻpaytirish, obroʻsini koʻtarish yoʻli bilan erishiladimi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga koʻra, bir necha yoʻnalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya'ni egallangan bozorda (bozor segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini koʻpaytirish orqali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yoʻl bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikasiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integrasiyalashgan rivojlanish orqali sotish korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni koʻpaytirish, toʻrtinchidan, diversifikasiya yoʻli bilan, ya'ni korxona oʻz marketing faoliyati doirasida qoʻshimcha xom-ashyoni, tovarni, texnologiyani, iste'molchilarni oʻzlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani koʻproq olishga erishadi. Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste'molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yoʻnalish aniqlaydi, har bir boʻlimi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi. Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin: Bozor bir xil emas, u oʻziga xos segmentlardan iborat. Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor segmentlarini oʻziga jalb etishda, koʻproq muvaffaqiyat qozonishni oʻylash lozim. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatishi mumkin. Marketing vositasini tanlashda, koʻproq bir-biriga mos va oʻzaro vazifalari bilan bir-birini toʻlgʻizib turuvchilarni ishga solishni koʻzda tutish kerak. Masalan, tovar upakovka(oʻrama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste'molchilar bilan aloqalarni reklamaga qoʻshib ishlatilishi tavsiya etiladi. Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon'yukturasining holatini, raqobatchilar bilan tutgan oʻrni va boshqalar. Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yoʻnaltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondashishlar mavjud. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling