Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Kon'yunkturani bashorat qilish
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
Kon'yunkturani bashorat qilishAyrim tovar bozor kon'yunkturasini oʻrganishdan maqsad toʻgʻri bashorat qilish va oʻzgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob'ekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yoʻllari va muddatlaridir. Bashorat insonning oʻrganish va amaliy faoliyatida yoʻllangan ob'ekti boʻlib, jarayonlar, koʻrinishlar, hodisalar boʻlishi mumkin. Bashorat qilish bu- ob'ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday boʻlishini koʻra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bogʻlanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega boʻlgan sabab va xulosalar aniq boʻlgan jarayonlarga bogʻliqdir. Iqtisodiy bashorat kon'yunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy hodisalarni rivojlanishi toʻgʻridan - toʻgʻri vaqt takozosi orqali aniqlanadi. Bashorat qiluvchining vazifasi hozirgi kunda koʻz ostida oldingilarni esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendensiyalarini oʻrganib shu hodisalarni rivojlanishining kelajagini koʻrsatib berishdir. Bashorat qilish har doim ishning rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki bashorat qilishning maqsadi - bilimimizning darajasiga toʻgʻri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin boʻlgan holatlarning rivojlanishini kengroq boʻlishi mumkin boʻlgan muqobil yoʻllarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining koʻproq boʻlishi mumkin boʻlgan asoslangan tanlov hisoblanadi. Bashorat qilish- ilmiy analitik ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy bashorat qilish 1-1,5 eng koʻpi 2 yildir, oʻrta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-20 gacha. Qisqa muddatli bashorat qilish bu har doimgi kon'yunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli bashorat qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy programmalarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak kon'yunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda bashorat qilishning 100 dan ortiq turli uslublari qoʻllaniladi. Ular bir-birlaridan qoʻllanmalari bilan, ularni qoʻllash va asoslanganliklari bilan farq qiladi. Ularning orasida ekspert baholash uslubi, miya hujumi, tarixiy analog, matematik - statistik uslublarni qoʻllash bilan farq qiladi. Kon'yunkturani bashorat qilishda kon'yunktura rivojlanishi umumiy tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon'yunkturani zamonaviy kon'yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e'tiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.Kon'yunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga jahon kon'yunkturasini ta'sir etishini ham kuzatish kerak, chunki u ba'zi mamlakatlar uchun kon'yunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli boʻlsa, shunchalik unga boʻlgan ta'sir ortadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling