Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
-rasm. Talabni oʻlchashni asosiy tushunchalari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha
6.1-rasm. Talabni oʻlchashni asosiy tushunchalariBozor talabini prognozi kelgusi yilga yoki besh yilgacha qilinishi mumkin. Prognoz qilinadigan davr qancha katta boʻlsa, prognoz qilish shuncha qiyinlashadi. Bozor talabiga juda koʻp tashqi omillar ta'sir etadi. Talabni prognoz qilishda demografik, geografik, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy – madaniy va boshqa omillarni ta'siri hisobga olinishi kerak. Shuningdek, bozor talabiga korxona tomonidan, uning marketing dasturi doirasida amalga oshiriladigan turli chora – tadbirlar ham ta'sir oʻtkazadi. Bozor sigʻimi – bu ma'lum bir vaqtda mavjud hajmdagi va tarkibdagi tovar taklifi shuningdek, u bilan bogʻliq boʻlgan narx darajasi orqali yuzaga kelgan talab miqdoridir. U natural va qiymat koʻrsatkichlarida ifodalanadi. Bozor sigʻimi yuzaga kelgan narx darajasida ma'lum davr mobaynida bozorda sotilishi mumkin boʻlgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmini ifodalaydi hamda u quyidagicha aniqlanadi: Bs = T + I – E Bunda, Bs - bozor sigʻimi; T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi; I – import hajmi; E – eksport hajmi. Ichki bozor sigʻimini hisoblashda boshqa bir qancha omillar ham hisobga olinadi, ya'ni toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan talab, yil boshidagi tovar zahiralari qoldigʻi, tovarlar bozorining toʻyinganligi, oʻrtacha kishi boshiga toʻgʻri keladigan iste'mol hajmi, korxonalar ehtiyojlari. 6.2. Bozor kon'yunkturasi haqida tushunchaKon'yunkturani oʻrganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda kon'yunkturani oʻrganish 20 yillarda tashkil etildi. «Kon'yunktura» lotincha soʻz boʻlib, holat degan ma'noni anglatadi, u keng ma'noda ularning oʻzaro aloqasidan olingan shartlarning yigʻindisi, oʻtar sharoit, predmetlarining joylashishidir. Bozor kon'yunkturasi – bu ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir hududda talab bilan taklif oʻrtasidagi nisbatdir. Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon'yunktura xizmatlariga egadirlar, ular oʻzining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon'yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon'yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va oʻzaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir koʻrinishdir. Bu koʻrsatilgan aniqlik oʻz ichida kon'yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini oʻzida mujassamlashtiradi. Birinchidan, unda iqtisodiy kon'yunktura predmeti koʻrsatilgan, ya'ni bozor, ayirboshlash sohasidagi kon'yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan bogʻlaydi. Ikkinchidan, kon'yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun ishlab chiqarish jarayonini, ya'ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste'mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) oʻz ichiga qamrab oladi. Uchinchidan, kon'yunktura dinamik oʻsish davrlarida koʻriladi. Toʻrtinchidan, kon'yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bogʻliq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va kon'yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi oʻziga xosdir. Beshinchidan, uning koʻrinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining nisbatidir. Bir soʻz bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy boʻgʻin boʻlib hisoblanadi. Kon'yunktura tadqiqotining ikkita ob'ektiga koʻra - ya'ni iqtisodiy kon'yunktura tushunchasidagi xoʻjalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi. umumxoʻjalik kon'yunkturasi tovar bozori kon'yunkturasi. Umumxoʻjalik kon'yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va koʻplab oʻzaro munosabatlar kon'yunkturasini yigʻindisi deb qarash mumkin. Tovar kon'yunkturasi umumxoʻjalik kon'yunkturasini tashkil etadi, umumxoʻjalik kon'yunkturasi esa tovar bozorlari kon'yunkturasini keltirib chiqarida. Shuning uchun ham umumxoʻjalik kon'yunkturani uni tashkil etuvchi tovar kon'yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab boʻlmaydi. Tovar bozorlari kon'yunkturasini umumxoʻjalik kon'yunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon'yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud boʻlmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va boʻgʻinlarining belgilari oʻzaro ta'sirchanligi va oʻzaro aloqadorligi shakllarining fe'l - atvorini, umumxoʻjalik va tovar kon'yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi. Bozorni va avvalo butun bozorni kon'yunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga koʻra, ishbilarmonlarga ularning xoʻjalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yoʻl kuymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon'yunkturani izlash, faqatgina ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan oʻzaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini oʻrganish bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan. Tovar bozori oʻzida, birinchidan, ma'lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar oʻrtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste'molchilar guruhi oʻrtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini oʻzida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy koʻrinishi 1-turi bu oldi- sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali oʻzaro ta'sirga egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling