Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 2.86 Mb.
bet43/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Strategik rejalashtirishning maqsadi nimadan iborat?

  2. Strategik rejalashtirishda korxona dasturini maqsadi nimadan iborat?

  3. Korxonani oʻsish strategiyasi qaysi yoʻnalishda amalga oshiriladi va uni qanday bosqichlari mavjud?

  4. Divesifikasion oʻsish deganda nimani tushunasiz? 5.Korxonani taktik rejasini maqsadi va roli nimadan iborat? 6.Marketing nazorati nima va uni qanday turlarini bilasiz?

  1. Intensiv oʻsish deganda nimani tushunasiz?

  2. Integrasion oʻsish mazmunini tushuntirib bering?

  3. Marketing dasturi deganda nimani tushunasiz?

  4. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi nimadan iborat?

  5. Marketing rejasini asosiy boʻlimlarini mazmuni nimadan iborat?

  6. Marketing dasturini qanday turlarini bilasiz?

  7. Maqsadli dastur deganda nimani tushunasiz?

  8. Boston - konsalting guruhi matrisasini mazmunini izohlab bering.

  9. Marketing dasturini kommunikasiya siyosati boʻlimida nimalarga e'tibor qaratilgan?

  10. Marketing rejasi va marketing dasturi oʻrtasidagi farq nimadan iborat?
  1. MAVZU. TALABNI QONDIRIShNI TADQIQ ETISh VA PROGNOZ QILISh


Reja:
    1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta'sir etuvchi omillar


    2. Bozor kon'yunkturasi haqida tushuncha
    3. Bozor kon'yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish koʻrsatkichlari hamda baholash uslublari


    4. Kon'yunkturani bashorat qilish

5. Bozor kon'yunkturasini bashorat qilish uslublari


Talab – bu xarid quvvatiga ega boʻlgan ehtiyojdir. Aniq toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan ehtiyojning tovar ta'minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga boʻlinadi.


Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi boʻlib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi boʻlib, u bozorda iste'molchilar uchun zarur boʻlgan tovarlarni yoʻqligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi.
Iste'mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bogʻliq boʻlmagan omillar ta'sir qiladi.
Narxga bogʻliq boʻlgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga boʻlgan narxlar kiradi.
Narxga bogʻliq boʻlmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir – biriga oʻxshagan tovarlarning narxlari, iste'molchilarni hohish va istaklari kiradi.
Talab hajmini narx darajasiga bogʻliqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi.
Uning asosida uchta sabab yotadi:

  • Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi;

  • Narxning pasayishi iste'molchilarni toʻlov qobiliyatini kengayishiga olib keladi;

  • Bozorning toʻldirilishi esa, qoʻshimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini pasayishiga sabab boʻladi.

Talab hajmini narx darajasiga bogʻliq holda oʻzgarishi talabning narx boʻyicha elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy oʻzgarishini(foizlarda ifodalanadi) narxning 1 foizga oʻzgarishi natijasida yuzaga keladi.
Korxona oʻzining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor talabini tadqiq etishdan boshlaydi.
Bozor talabi – bu ma'lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma'lum hududda, muayyan davrda, ma'lum marketing dasturiga ega boʻlgan savdo korxonalari tomonidan sotib olinadigan, ma'lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi.
Bozor talabi natural, qiymat koʻrsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda ifodalanishi mumkin.
Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari boʻyicha aniqlash mumkin.
Talabni oʻlchashni asosiy tushunchalari quyidagi 1-rasmda keltirilmoqda.




Bozor

Korxona

Talab

Bozor talabi

Korxona
boʻlgan talab

tovarlariga

Potensial

Bozor sigʻimi

Korxonaning
hajmi

potensial

Prognoz

Bozor prognozi

Korxonaning
prognozi

sotuv




Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling