Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Bozor kon'yunkturasini bashorat qilish uslublari


Download 2.86 Mb.
bet47/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Bozor kon'yunkturasini bashorat qilish uslublari


Umuman bashoratni aniqlash ma'lum ob'ektning boʻlajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.


Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e'tiborga olinishi shart:

  1. Kelajakda bozor kon'yunkturasiga ta'sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.

  2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin boʻlishi.

  3. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli boʻlishi. 4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga

tushunarli ishlanganligi.
5.Bozor kon'yunkturasi istiqboli oʻz vaqtida aniqlanishi va korxona, assosiasiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qoʻllaniladi.
Bozor kon'yunkturasini iqtisodiy tenglikka yoʻlikmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.
Bozor kon'yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga boʻlishimiz mumkin.

  1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda oʻtgan davrda boʻlib oʻtgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma'lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon'yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari oʻz navbatida 3 turga boʻlinadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yigʻindisidan iborat boʻlib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlangʻich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar boʻlib, ular ikki va undan ortiq oʻzgaruvchan bashorat qilish ob'ektlarining oʻzaro aloqalarini tadqiq qilishda qoʻllaniladi. Uchinchi turi mazkur ob'ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga

oʻxshash ob'ektlarning rivojlanish qonuniyatlari boʻyicha tadqiq qilishga asoslanadi.

  1. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni oʻz ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob'ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy erudisiya va tuygu vositasida kelgusidagi oʻzgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob'ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.

Bozor kon'yunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qoʻllaniladi.

  1. Ekstropolyasiya uslubi. Ekstropolyasiya uslublari bozor kon'yunkturasining turli koʻrsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qoʻllaniladi. Ekstropolyasiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya'ni bu holda ekstropolyasiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob'ektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi.

Ekstropolyasiyaning bozor tadqiqotlarida qoʻllaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan oʻzgarishning asosiy yoʻnalishlarini koʻrsatadi.

  1. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon'yunkturasining turli koʻrsatkichlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor kon'yunkturasini bashorat qilishda keng qoʻllaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta'sir koʻrsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta'sir koʻrsatuvchi omillar, iste'molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta'sir qiluvchi omillar oʻrtasidagi va boshqa jarayonlar oʻzgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyasion va regression modellashdir.

Bozor kon'yunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes - reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qoʻllaniladi.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling