Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU. BOZOR SEGMENTASIYaSI VA TOVARNI BOZORDA POZISIYaLAShTIRISh
- Maqsadli bozor segmentlarini tanlash
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1.Bozor kon'yunkturasi deganda nimani tushunasiz? 2.Bozor kon'nkturasi tahlili qanday amalga oshiriladi? 3.Kon'yunktura sharhi deganda nimani tushunasiz?
Bozor hajmi koʻrsatkichi qanday aniqlanadi? Bozor kon'yunkturasini bashorat qilish deganda nimani tushunasiz? 6.Bashorat qilishni qanday uslublarini bilasiz? MAVZU. BOZOR SEGMENTASIYaSI VA TOVARNI BOZORDA POZISIYaLAShTIRIShReja: Bozor segmentasiyasining mohiyati va uning ahamiyatiBozor segmentasiyasining xususiyatlari Bozor segmentasiyasi turlariBozor segmentasiyasining asosiy tamoyillari Maqsadli bozor segmentlarini tanlashTovarni bozorda pozisiyalashtirish «Bozorni segmentasiyalash» tushunchasi AQShda 1950 yillarda vujudga kelgan. Marketing tizimida bozor segmentasiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni oʻrganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste'molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga boʻlinadi: bozor segmentasiyasi; iste'molchi talabi sabablarini oʻrganish; qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentasiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga koʻra har xil talab qoʻyadigan iste'molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qoʻllashga asoslanadi, ya'ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida oʻziga xos bir talab namoyon boʻladigan hodisa tarzida olib qaraladi. Bozorda xaridorlarning ma'lum bir tovarga boʻlgan talablari xilma- xildir, har bir xaridorning oʻzining didi bor. Xaridorning talabi, hohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma'lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya'ni bozor segmentasiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga talabni qat'iyligini ta'minlaydi. Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentasiyasi deyiladi. Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash koʻp jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi boʻlgan masalaga bogʻliq. Sanoat tovarlari va keng iste'mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman toʻgʻri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar oʻrtasida paydo boʻlgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim. Bozorni segmentlash orqali, xoʻjalik yurituvchi sub'ekt quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi: iste'molchilarni hoxish va talabini maksimal ravishda hisobga olish; tovarni (xizmatni) va firmaning raqobatli ustunligini ta'minlash; firmaning harajatlarini optimallashtirish; firmaning marketing strategiyasini samaradorligini oshirish; raqobatchilardan xolis boʻlgan segmentlarga ketish. Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi hatti-harakatlarni oʻrganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj, talablarni tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qoʻllashdan iborat boʻlib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste'molchilarni oʻrganish va oʻz navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil sub'ektlardan tashkil topgan emas. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling