Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
-rasm. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
3.1-rasm. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalariMarketing tadqiqotlarining ob'ekti boʻlib quyidagilar hisoblanadi: -bozorni rivojlanish tendensiyasi va holati; -raqobat muhitini oʻzgarishi tendensiyasi va holati; -talabni rivojlanish tendensiyasi va holati; -firma imkoniyatlari; -tashqi muhit tahdidlari. Marketing tadqiqotlarining klassifikasiyasi quyidagi rasmda oʻz ifodasini topgan. Kabinet tadqiqotining maqsadi ikkilamchi axborotlarni toʻplash va qayta ishlash boʻlib hisoblanadi. Dala tadqiqoti – “axborotni topish joyi boʻyicha” axborotlarni toʻplash va qayta ishlash usulini oʻzida mujassamlashtiradi. Toʻliq tadqiqotlarda bozor toʻliq qamrab olinadi. Tanlanma tadqiqotlar ayrim tovarlar, bozorlar yoki hududlar boʻyicha oʻtkaziladi. Qidiruv tadqiqotlari marketing faoliyatini amalga oshirishda muammoni eng yaxshisini aniqlashda oʻtkaziladi. 3.2 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikasiyasi Tushuntirish tadqiqotlari marketing muammolarini, bozorlarni muammolarini ochib berishga yoʻnaltirilgan. Sabab-oqibat tadqiqotlari sabab-oqibat aloqalariga nisbatan gipotezalarni qidirishda oʻtkaziladi. Testli tadqiqotlar qabul qilingan marketing qarorlarini toʻgʻriligini tekshirishga yoʻnaltirilgan. Prognoz tadqiqotlar ob'ektning kelgusi holatini baholash bilan bogʻliqdir. Marketing tadqiqotlarining yoʻnalishlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: iste'molchilarni, bozorni, makro muhitni, firmaning ichki muhitini, raqobatchilarni, sotishni, siljitishni, narxni, tovarni oʻrganishdir. Ularning maqsadi esa, ya'ni iste'molchilarni oʻrganishda bozorni segmentlash, maqsadli bozorni tanlash, bozorni oʻrganishda – bozor sigʻimini baholash, makromuhitni oʻrganishda tashqi imkoniyat va tazyiqlarni baholash, raqobatchilarni oʻrganishda firmaning raqobatli ustunligini ta'minlash, sotishni oʻrganishda samarali sotish tarmoqlarini tuzilishini, siljitishda axborot bilan ta'minlash darajasini va firmaga va uning tovarlariga nisbatan sodiqligini oshirish, narxni oʻrganishda narxni optimallashtirish; tovarni oʻrganishda tovarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat boʻladi. Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob'ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga karatilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etmogʻi lozim: xaridorlar (iste'molchilar) ehtiyojini oʻrganish; tovarlarga boʻlgan ichki va tashqi talablarni oʻrganish; korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; talab va taklif toʻgʻrisidagi olingan ma'lumotlar asosida bozorni oʻrganish; tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish; tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlar toʻplash va tahlil qilish; tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar toʻgʻrisida ma'lumotlar olish; toʻldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar toʻgʻrisida axborotlar yigʻish; tovarlarga boʻlgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bularsiz sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oraligʻida hisoblab chiqiladi. Marketingning qoʻllashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy – iqtisodiy tarakkiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing – murakkab, harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining etarli darajada yuqori boʻlgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berish kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta'minlash uchun tovar assortimentini tez oʻzgartirish, uni ommaviy ravishda oʻzlashtirishga javob beradigan berishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashkari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashki savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orkali sotishdan iborat tashkiliy masalalarni xal qilish zarur. Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim. Mamlakatimizda bugungi kunda oziq-ovqat sanoati korxonalari eksportini kengaytirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan tovarlar ulushini koʻpaytirish hamda jahon bozorida mustahkam oʻrin egallash boʻyicha iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yoʻnalishida eksportni oshirish boʻyicha, “...eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”4 boʻyicha ulkan vazifalar belgilangan. Aynan, innovasion iqtisodiyot sharoitida oziq-ovqat sanoati korxonalari, xususan “Oʻzbekoziqovqatxolding” xoding kompaniyasiga qarashli korxonalarning mahsulotlari eksportini kengaytirish, korxonalarning tashqi bozorga chiqish boʻyicha marketing strategiyasini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bozor raqobati sharoitida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar savdo hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bu oʻrinda korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun marketing tadqiqotlarini olib borish va ular asosida raqobat boʻyicha ustunlikka erishishi zarur. 2015 yilda mamlakatimizning eksport hajmi 12 507,6 mln. dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2016 yilga kelib eksportning hajmi 12 570,2 mln. dollarni tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan oʻsish sur'ati 100,5 foizni tashkil etdi. Undan oziq ovqat mahsulotlarini eksport hajmi 2016 yilda 1 069,8 mln. dollarni tashkil etib, undan meva-sabzavot mahsulotlarini eksporti 1 003,7 mln. dollarni tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha eksport hajmi 56,1 mln. dollarga etib, bu koʻrsatkich 2015 yilda 35,9 mln.dollarni tashkil qilgan edi. Oʻtgan yilga nisbatan oʻsish sur'ati 156,4 foizni tashkil etgan5. Bundan koʻrinib turibdiki, mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, “Oʻzbekozoqovqatxolding” xolding kompaniyasi tizimi korxonalari meva-savzavot mahsulotlarini qayta ishlashga, ularda marketing tadqiqotlarini olib borishga, logistik xizmatlarni tashkil etishga, meva- sabzavot mahsulotlari eksportiga alohida ahamiyat berishi zarurligini ta'kidlash mumkin. Bu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrda “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori oʻz vaqtida qabul qilingan muhim me'yoriy hujjat boʻlib, ushbu qaror bilan xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi tartib taomillarini yanada soddalashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan ularni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish 4 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillardagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi” toʻgʻrisidagi PF-4947-sonli Farmoni. – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y. www.lex.uz. 5 Davlat statistika Qoʻmitasining 2016 yilgi ma'lumotlari nazarda tutilgan. Qarorda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish sohasida infratuzilmalarni yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu qaror orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar shuningdek quritilgan sabzavotlar va mevalarning hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi. Hammamizga ma'lumki, ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar asosiy e'tiborni mahsulot sifatini yaxshilashga qaratishi lozim, bu esa oʻz navbatida, mahsulotga boʻlgan talabning ortishiga, raqobatbardoshlik darajasini ortishiga, sotish hajmini koʻpayishiga, korxonaning tashqi bozordagi mavqeini mustahkamlanishiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling