Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narxni tashkil etish funksiyasi
- Marketing-menejment funksiyasi
Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni ragʻbatlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni ragʻbatlantirishni samarali vositalarini asoslash; tovarni siljitish toʻgʻrisida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini
tashkil etish; sotuv ishlarini ragʻbatlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar toʻliq oʻrganiladi. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matrisasini tuzish; joriy narxlar oʻzgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni oʻrganadi. Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya'ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta'minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning funksiyalari xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar, uning iste'molchilari, mijozlari oʻrtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo oʻzgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta'sir etadi. Marketingning asosiy vazifalariMarketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan oʻzgarishlarga tezda moslashish, iste'molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon'yunkturani oʻrganish va bashorat qilish hamda ta'sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygandir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: xaridorlar ehtiyojini oʻrganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; talab va taklif toʻgʻrisida olingan ma'lumotlar asosida bozorni oʻrganish; tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish; tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlar toʻplash va tahlil qilish; tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar toʻgʻrisida ma'lumotlar olish; toʻldiruvchi tovarlar va oʻrnini bosuvchi tovarlar toʻgʻrisida axborot yigʻish; tovarlarga boʻlgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketingni vazifalari quyidagi 2.1 – rasmda berilgandir. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling