1.3-jadval
Marketing evolyusiyasi ilm sifatida
Yillar
|
Nazariy asoslari
|
Uslublari
|
Qoʻllash sohasi
|
1900-1950
yillar
|
Tovar haqida oʻrganish, taqsimlashga moʻljal olish, sotish va eksport nazariyasi
|
Kuzatish, xaridni va sotishni tahlil kilish,
ehtimollarni hisoblash, iste'mol paneli
|
Ommaviy tovar ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi tarmogʻi
|
1960 yil
|
Sotish haqida oʻrganish, tovarga, sotish hajmiga
moʻljal olish, distribyutorlik nazariyasi
|
Motivlar tahlili, faoliyatni tadqiq qilish, modellashtirish
|
Iste'mol vositalari iste'molchilari
|
1970 yil
|
Qaror qabul qilish va xulq- atvorni ilmiy asoslari
|
Faktoring, diskriminant tahlil, matematik uslublar,
marketing modellari
|
Ishlab chiqarish vositalari va iste'mol vositalari
iste'molchilari
|
1980-1990
yillar
|
Holatli tahlil, menejment funksiyasi sifatida marketing haqida oʻrganish, raqobatni tahlil nazariyasi, ekologik asoslar, strategik
marketing
|
Pozisiyalashtirish, klaster tahlil, iste'molchilar tipologiyasi, ekspertiza, sabab-oqibat tahlili
|
Iste'mol vositalari, ishlab chiqarish vositalari, xizmat sohasi, foyda koʻrmaydigan tashkilotlar iste'molchilari
|
1990
yildan shu davrgacha
|
Tadbirkorlik quroli va funksiyasi sifati marketing haqida oʻrganish, bozor tarmoqlari nazariyasi, kommunikasiya va oʻzaro ta'sir nazariyasi, ijtimoiy va ekologik
samaraga moʻljal olish
|
Pozisiyalashtirish, klaster tahlil, iste'molchilar tipologiyasi, raqobatchilar va iste'molchilarni xulq- atvori modellari, benchmarketing, oʻyin nazariyasi
|
Ishlab chiqarish vositalari, iste'mol vositalari, xizmat sohasi, foyda kurmaydigan tashqilotlar, davlat tadbirkorligi sohasidagi iste'molchilar
|
Marketing konsepsiyasi - bu korxonalar faoliyatini boshqaruv falsafasidir. U esa, tovar ishlab chiqaruvchilarga iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish natijasida foyda olishlari uchun yordam beradi.
Buning uchun har kuni va uzoq muddat davomida:
tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga;
bozorga;
iste'molchilarning maqsadli guruhlariga;
bosh strategik maqsadlarga e'tiborni jalb etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |