Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet6/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Birinchi davr - marketing konsepsiyasi «ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi» - «mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori -
«imkoni boricha koʻproq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz».
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi iste'molchi e'tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste'molchilar oʻxshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib koʻradilar. Bu konsepsiyani koʻpincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni moʻljallash birinchi oʻringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya'ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qoʻlga kiritilar edi, sababi mohiyat e'tibori bilan cheksiz talabga ega boʻlgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi.
XX – asrning 50 - yillarida boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa koʻrsatkichlarni uzoq muddatli oʻzgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga koʻra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish koʻzda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida oʻtgan asrning 50-yillari muhim bosqich boʻldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi koʻrinib qoldi. Marketing
- ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste'molchiga - «bozor ustunligi»ga moʻljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
Quyidagi 1.4-rasmda sotish va marketing konsepsiyasi berilgan.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling