Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 2.86 Mb.
bet3/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari


Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi bilan bogʻlanadi. 1902 yildan boshlab AQShning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari boʻyicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma'ruzalar oʻqitila boshladi.


1926 yilda AQShda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar Gʻarbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo boʻldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro marketing federasiyasi, Evropa Akademiyasi va shunga oʻxshashlar yuzaga keldi.
Bular haqida 1.1-jadvalda toʻliq tanishib chiqish mumkin.

1.1-jadval


Marketingni rivojlanish tarixi

Yillar

Marketingda roʻy bergan oʻzgarishlar

1902 yil

AQSh da mustaqil ravishda marketing kursini oʻqitish boshlandi.

1908 yil

Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQShning yirik sanoat
kompaniyalarida birinchi marketing boʻlimlari tashkil etildi.

1920 yil

Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi.

1926 yil

AQShda Milliy marketing va reklama assosiasiyasi tashkil topdi; uning
asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda Amerika marketing assosiasiyasi deb qayta nomlandi.

1930-1940
yillarda

Dunyoning koʻpgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy
marketing assosiasiyalari tashkil topdi.

1950-1960
yillarda

Xalqaro marketing federasiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va
marketing boʻyicha Evropa jamiyati hamda Evropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.

1980
yillarning ikkinchi yarmida

Mamlakatimizning iqtisodiyot yoʻnalishidagi oliy ta'lim muassasalarida marketing kursi oʻqitila boshlandi.

1990
yillarning oxirlarida va
hozirgi kunlarda

Mamlakatimizda marketing boʻyicha xorijiy adabiyotlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan holda va shu fan boʻyicha darslik, qoʻllanma hamda risolalar Oʻzbekistonlik mualliflar tomonidan koʻplab chop etilmoqda.

Oʻtgan asirning 60-yillar oʻrtasida eng yirik Amerika korporasiyalarining barchasi oʻz xoʻjalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qoʻllay boshladi. Gʻarbiy Evropa va Yaponiyada marketing gʻoyalari AQShga qaraganda sustroq joriy qilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga


kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan oʻzlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar.
Amerika modeli boʻyicha marketing faoliyati birinchi navbatda korxonani maqsad va vazifalariga erishishga qaratiladi hamda ikkinchi navbatda esa iste'molchilarni ehtiyojini qondirishga qaratiladi.
Yapon modeli boʻyicha marketing faoliyati eng avvalo iste'molchilarni hohish – ehtiyojini qondirishi kerak.
Yapon marketingining asosiy maqsadi – iste'molchiga xizmat qilish, Amerika marketingi uchun esa, maqsadga erishish uchun hamma vositalardan foydalanish mumkin.
Marketing an'anaviy savdo usullaridan farqli oʻlaroq aniq maqsadlarni koʻzlaydi, xoʻjalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi; korxona shunday sifatli mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay boʻlsin. Darhaqiqat, mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma'noni hali aslo bildirmaydi. Ilgari xoʻjalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya'ni korxona oʻzi xohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e'tiborini uni sotishga qaratar edi. Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimol tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan toʻgʻri baholashdan, soʻngra unga tayanib, butun kuchini oʻz mahsulotiga qiziqish va ehtiyojni kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek koʻrsatiladigan tegishli ximat turini tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan iborat.
Zamonaviy marketingni davri oʻtgan asrning 1995 yillaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab marketing – murakkab ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida oʻrganilmoqda.
Hozirgi vaqtda AQSh va rivojlangan mamlakatlarda marketing masalalari boʻyicha juda koʻp tadqiqot firmalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, marketing muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshqaruvi asosida universitetlar ham, savdo-sanoat assosiasiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shugʻullana boshladi.
1972 yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab beradi. 1976 yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini koʻrsatdi.
XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990 yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida «Marketing – bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida global marketing boʻyicha Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga oʻrin boʻshatib bermoqda. Bu jahonning barcha rivojlangan davlatlarida kuzatilmoqda. Tez oʻzgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste'molchiga moʻljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim «soʻqmoq»larning koʻpligi unga xos
xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida boʻsh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo boʻlishi natijasida yuz beradi.
Tovarning «hayotiy sikli» misli koʻrilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda etakchi yapon elektron firmalari bozorga oʻrtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni koʻplab ishlab chiqarish kamaydi, ya'ni toʻp-toʻp qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega boʻlgan mahsulotlar mazmuni oʻzgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma koʻrsatadigan qoʻshimcha servis xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yoʻllarini oʻylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va oʻtkazish, daromadlarni muttasil koʻpaytirish sohalariga koʻproq e'tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot oʻziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, kon'yunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta'minlanadi.

    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling