Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Ijtimoiy yoʻnaltirilgan marketing konsepsiyasi
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketingni
Ijtimoiy yoʻnaltirilgan marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini oʻrganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy- yoʻnaltirilgan marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining gʻarib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga toʻgʻri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi.
Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo boʻldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qoʻl urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham oʻylay boshlaydilar. Ijtimoiy yoʻnaltirilgan marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni oʻzaro bogʻliglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Bu quyidagi 1.5-rasmda oʻz ifodasini topgan. Jamiyat (inson farovonligi) Firma (Korxona foydagsi, foyda) Iste`molchilar (ehtiyojini qondirish) 1.5 - rasm. Ijtimoiy yoʻnaltirilgan marketing konsepsiyasiMarketingni oʻzaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni oʻzaro aloqaviy konsepsiyasining asosiy gʻoyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi munosabatlar (kommunikasiya)dan tashkil topadi. Marketingni oʻzaro aloqasi samarali kommunikasiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni oʻzaro aloqasi kommunikasiyani kengroq jihatda – kompaniya(firma) bilan uning sheriklari oʻrtasidagi daromad olib keluvchi xohlagan oʻzaro aloqasi sifatida koʻradi. Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qoʻllanish jarayoni oʻtish davri iqtisodiyotining xususiyatlari boʻlib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qoʻllash ahamiyati yanada ortdi. Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini oʻzgarishi bilan kuzatiladi. Quyidagi 1.3-jadvalda marketing evolyusiyasini nazariy asoslari, uslublari, qoʻllash sohalari bilan tanishib chiqamiz. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling