Yurak urishining toʻxtash belgilari:
♥ Koʻz qorachigʻining kengayishi.
♥ Uyqu arteriyasida pulsning yoʻqligi.
♥ Nafas olishning toʻxtashi
♥ Refleksning mavjud emasligi
9.3-rasm. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash usullari Maneken-trenajyorda tajriba ishi. Ogʻizdan-ogʻizga sun’iy nafas
oldirish
-maneken chalqancha yotqiziladi, koʻkrak qafasini ochish uchun kiyimlari yechilib, Sun’iy nafas oldirishga tayyorlanadi. Maneken boshini yonboshlatib, ogʻiz boʻshligʻi begona narsalardan tozalanadi;
-nafas yoʻlini toʻgʻrilash maqsadida maneken boshi tagiga bir qoʻlni va peshonasiga ikkinchi qoʻlni qoʻyib iloji boricha boshi orqa tomonga egiladi;
-maneken ogʻziga doka qoʻyilib, ogʻiz bilan kuchli havo (nafas) yuboriladi;
-nafas yuborish har 5-6 sekundda bir marta yoki bir minutda 10-12 marta amalga oshirilishi zarur;
-har gal havo yuborilganidan soʻng nafas qayta chiqishi uchun maneken ogʻzi va burni boʻshatiladi.
-maneken qoʻli, boʻynidan puls urishi yoki koʻkrak harakatidan nafas olayotgani va koʻz qorachigʻining holati tekshirilib, yurakni massaj qilish zaruriyati aniqlanadi;
-koʻkrak qafasi tugagan joydan ikki barmoq enlikda pastga bir qoʻl kaft bilan, uning ustiga ikkinchi qoʻl toʻgʻri burchak ostida ustma -ust qoʻyiladi;
-tez harakat bilan koʻkrak qisimining past tomoni 3-4 sm.ga 0,5 sek davomida bosiladi. Agar harakat toʻgʻri amalga oshirilgan boʻlsa, yashil chiroq yonadi;
-agar koʻkrak qafasi kuchli, ya’ni notoʻgʻri bosilsa qizil chiroq yonadi;
-koʻkrak qafasini bosish yurak urishi ritmiga toʻgʻri kelishi kerak;
-agar dastlabki yordamni ikki kishi berayotgan boʻlsa, biri Sun’iy nafas oldiradi, ikkinchisi yurakni massaj qiladi;
-dastlabki yordamni bir kishi amalga oshirsa 2-3 marta Sun’iy nafas oldirilgach, 10-12 marta koʻkrak qafasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |