Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Jarohatlanib hushdan ketganda birinchi yordam


Download 2.02 Mb.
bet30/32
Sana03.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1691272
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
HFX LABORATORIYA Word (1)

Jarohatlanib hushdan ketganda birinchi yordam


Hushdan ketish deganda bosh miya tomirlarining qisqa muddatli spazmi natijasida yuz beradigan hushning qisqa muddatga yoʻqolishi tushuniladi. Toʻsatdan hushdan ketishda teri va shilliq pardalarning keskin oqarishi, nafas olishning qiyinlashishi (sekinlashishi), tomir urishining sustlashishi kuzatiladi.


Birinchi navbatda hushdan ketish sababini bartaraf qilish lozim. Shikastlangan kishi boshini pastga, oyoqlarini esa balandroq qilib yotqiziladi. Bemorga nashatir spirt hidlatiladi. Ogʻir hollarda Sun’iy nafas oldiriladi. Novshadil spirt oʻrniga ovqatga qoʻshiladigan sirka yoki kesilgan piyozni hidlatish mumkin.


Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash


Yuqorida keltrilgandek, jarohatlanishlar asoratida inson organizmi eng ogʻir axvolga tushib qolishi mumkin. Bunday holatlarda nafasning va baʻzan yurak faoliyatining ham toʻxtashi kuzatiladi, lekin hayot hali soʻnmagan va hayot faoliyatini toʻla tiklash imkoniyati boʻladi. Biroz muddatdan keyin (5-6 minut) klinik oʻlim biologik oʻlimga oʻtishi mumkin. Ana shu muddatda shikastlangan kishiga zudlik bilan yordam berish (tiriltirish) shu ishni amalga oshiruvchi odamdan tajriba, tez va puxta


ishlashni talab qiladigan murakkab va hal qiluvchi jarayondir. Birinchi navbatda bu jarayonda nafas va yurakning toʻxtagan yoki toʻxtamaganligi aniqlanadi. Soʻngra nafas oldirish va yurak faoliyatini tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Nafasning toʻxtashi. Nafas tovush boylamlarining spazmi, nafas yoʻllariga begona narsalarning tiqilib qolishi, tilning xalqumga kelib qolishi va shu kabilar oqibatida oʻpkaga havo tushishi qiyinlashuvidan roʻy beradi.

Nafas olishi toʻxtagan odamni dastlabki 5 daqiqa davomidagina hayotga qaytarish mumkin.


Nafas oldirish usuli bemor boʻlgan sharoitlar va nafas olishning toʻxtash sababiga koʻra tanlanadi.
Silvester usuli. Bemor chalqancha yotqiziladi. Bemorning bilak kafti ustidan ushlanib, kuch bilan yuqoriga koʻtariladi, soʻngra qoʻllarni koʻkrak qafasiga tushiriladi va u qattiq bosiladi. Minutga 14-15 marta shunday harakat qilinadi.
Sholler usuli. Qovurgʻa yonlarini qoʻllar bilan yon tomonga choʻziladi, soʻngra qisiladi.
Ogʻizdan ogʻizga yoki ogʻizdan burunga havo puflash usuli Sun’iy nafas oldirishning eng ta’sirchan oddiy usullaridan hisoblanadi.
Sun’iy nafas ―ogʻizdan ogʻizga‖ yoki ―ogʻizdan burunga‖ berilishi mumkin. Bu usullar boshqa usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi. Unda jarohatlangan shaxsning oʻpkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar koʻp havo yuboriladi.
Sun’iy nafas berishdan oldin jarohatlangan shaxs yelka tomoni bilan yotqizilishi, undagi siqib turgan kiyimlar, galstuk, sharf va shu kabilar yechilishi, ogʻiz koʻpiklardan tozalanishi kerak. Agar ogʻiz qattiq yopiq boʻlsa (tishlashib qolgan boʻlsa), ikkala qoʻlning toʻrt barmogʻini jarohatlangan shaxsning boshi orqasiga qoʻyib, ikkala bosh barmoq bilan ogʻzini ochish kerak. Keyin chuqur nafas olib, ogʻizni ogʻizga qoʻyib, jarohatlangan shaxsning burnini qisib kuchli havo puflash kerak. Havo puflashda marli, roʻmolcha yoki maxsus nafas olish trubkasidan foydalanish mumkin. Sun’iy nafas berish chastotasi minutiga 10-12 marta boʻlishi kerak.
Yurak faoliyatining toʻxtatishi. Yurak faoliyatining toʻxtashiga yoʻl qoʻymaslik uchun Sun’iy nafas oldirish bilan birga yurakni bevosita yopiq uqalanishi zarur.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling