Qon ketganda birinchi yordam koʻrsatish
Jarohatlanib yaralangan joyni ifloslanishi, yarani suv bilan yuvish, maz surtish, yaradan qonning qotganlarini olib tashlash va unga tuproq, qum qoʻyish mumkin emas. Birinchi yordam koʻrsatuvchi shaxs dastlab qoʻlni tozalab yuvishi yoki barmoqlarini yod bilan artishi kerak.
9.2-rasm. Qon oqishini toʻxtatish va jarohatga bogʻlam qoʻyish
Yaraga material qoʻyishda unga dastlab yod tomizish lozim. Yaraga qoʻyiladigan materialdagi yod oʻrni yaradan katta boʻlishi kerak. Yarani bogʻlashdan oldin uning atrofini tozalash va yara atrofiga yod surtish zarur. Qon ketishini bogʻlab toʻxtatish mumkin. Agar qon kuchli ketsa qon oqayotgan joyni ta’minlovchi tomirlarni jgut (maxsus bogʻich yoki tasma) bilan bogʻlash lozim. Jgut bogʻlangan joyda puls urishi mavjud boʻlsa, u notoʻgʻri bogʻlangan hisoblanadi. Bunday holda jgutni yechib olib, qaytadan qattiqroq qilib bogʻlash kerak. Jgut boglashdan oldin
bogʻlanadigan joy yumshoq materiallar bilan oʻralishi lozim.
Bogʻlangan jgut 2 soatdan ortiq turmasligi zarur. Jgut bogʻlangandan soʻng 1 soat oʻtgach, uni 10-15 minut sekin boʻshatish kerak. Bunday holda yaraga kon keladigan arteriya qon tomirini barmoq bilan bosib turish lozim.
Ichki qon ketish juda xavfli hisoblanadi. Uning belgilari: pulsning sekinlashuvi, kamdarmonlik, bosh aylanishi, rang oqarishi, kuchli suvsash, hushsiz boʻlib qolish. Bunda dastlab, jarohatlangan kishiga toʻliq tinchlik berish va jarohatlangan joyga sovuqlik qoʻyish kerak. Suv berish mumkin emas.
Agar burundan kuchli qon ketsa, boshni sekin orqaga oʻgirib qansharga sovuq bosish va burunga vodorod peroksidning 3% li eritmasida namlangan paxta yoki marli tiqish lozim.
Issiq yoki quyosh va sovuq urganda birinchi tibbiy yordam
Issiq yoki quyosh urishi natijasida kamdarmonlik, bosh ogʻrigʻi, qayd qilish holatlari kuzatiladi. Buning uchun dastlab jarohatlangan kishini toza havoli soya joyga olib borish, siqib turgan barcha kiyim-boshlarni yechish, boshga va koʻkrakga sovuq qoʻyib bogʻlash, nashatir spirt hidlatish va 15- 20 tomchi valerʻyanka ichirish tavsiya etiladi. Agar nafas olish va puls urishi sezilmasa, Sun’iy nafas berish va yurakni massaj qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |