Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. Suvga choʻkkan kishiga birinchi yordam koʻrsatish


Download 2.02 Mb.
bet29/32
Sana03.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1691272
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
HFX LABORATORIYA Word (1)

9.4-rasm. Suvga choʻkkan kishiga birinchi yordam koʻrsatish


Agar suvdan qutqarilgan kishining terisi oqargan boʻlsa, uning nafas yoʻllariga suv kirmaganligini bildiradi. Bunday holda zudlik bilan sun’iy nafas berish va yurak uqalanishi zarur.


Tuproq ostida qolgan kishiga dastlabki yordam


Tuproq bilan koʻmilib qolgan kishi juda ogʻir axvolga tushib qolishi mumkin. Chunki kishining tuproq bosgan joylaridagi yumshoq toʻqimalarida zaharli moddalar yigʻilib qoladi. Tuproq bosgan kishi qutqarilgandan soʻng yigʻilgan zahar uni qon oqimiga qoʻshilib yurak, buyrak va jigarning ish faoliyatini buzilishiga sabab boʻladi.



9.4-rasm. Tuproq ostida qolgan kishining dastlabki harakatlari


Organizm zaharlanishi natijasida kishi halok boʻlishi mumkin. Tuproq ostidan tezlik bilan qutqarib olingan kishiga dastlabki yordam uning axvoliga qarab amalga oshiriladi ya’ni:


-avalombor nafas yoʻllari tozalanib nafas olmayotgan boʻlsa Sun’iy nafas oldiriladi;
-zarur hollarda yurak massaj qilinadi;
-tanada jarohatlar boʻlsa muolaja qildinadi.
Dastlabki yordam berilayotgan kishi tanasini iloji boricha sovutmaslikka harakat qilish kerak. Buning uchun spirt yoki uksus bilan badan ishqalanadi, badanni issiq suv solingan idish yoki rezina xaltali isitkich yordamida isitish mumkin emas.


Ilon va zaharli hashoratlar chaqqanda birinchi yordam


Chaqish natijasida jabrlanuvchida ogʻiz boʻshligʻi qurishi, achchiq taʻm, holsizlik, pulsning tezlanishi va bosh aylanish hollari yuz beradi. Ogʻir hollarda kishida paylar tortilib, hushni yoʻqotish va nafas olishi toʻxtab qolishi mumkin. Tishlangan joy birdan qizaradi va qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Birinchi yordam: bemorni yotqizib, issiq choy berish va 15- 20 tomchi valerianka eritmasini ichirish kerak. Tishlangan joyni kesish, kuydirish yoki zaharni soʻrib olish hollari man etiladi. Jabrlanuvchini yotgan holda kasalxonaga joʻnatiladi.






Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling