O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Bitiruv malakaviy ishining vazifalari


Download 79.83 Kb.
bet2/12
Sana10.09.2020
Hajmi79.83 Kb.
#129038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xaydarov BMI uz 2e16a-разблокирован-конвертирован

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:


      • talabalarga “Buxgalteriya hisobi” fanini davlat ta'lim standartlariga asoslangan holda o'qitishni nazariy jihatdan asoslash;

      • “Tovar moddiy zahiralar hisobi” mavzusida dars o’tish metodlari va ularni qo’llashni takomillashtirishni inobatga olgan holda talabalarga bilim berishning afzalligini asoslash;

      • Fanni o'qitishda pedagogik me'yoriy talablarga asosan dars o'tishning muximliligini yoritish;

      • “Tovar moddiy zahiralar hisobi” mavzusida dars o’tish metodlari va ularni qo’llashni takomillashtirishning o'ziga xos ijobiy tomonlarini asoslash.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy amaliy ahamiyati:


  1. “Tovar moddiy zahiralar hisobi” mavzusida dars o’tish metodlari va ularni qo’llashni takomillashtirish mavzusini nazariy va amaliy huquqiy asoslarini xozirgi mavjud o’quv va ilmiy adabiyotlari meyoriy hujjatlarni o’rganish asosida mazkur mavzu nihoyatda kam o’rganilganligi iqtisodiy yo’nalishdagi kasb-hunar kollejlarida “Tovar moddiy zahiralar hisobi” mavzusining o’ziga xos hususiyatlari aniqlandi.

  2. Ta’lim jarayonida mavzuni o’rganishda samarali metodlarni o’quv jarayonini tashkil etishdagi o’rni, roli, mavzu bo’yicha dars o’tishda ularni tanlash mezonlari ko’rsatildi.

  3. Mavzu bo’yicha dars o’tishda qo’llaniladigan pedogogik texnologiyalar mazmuni ularni mavzuga moslashtirish masalalari o’rganildi. Ulardan foydalanishni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqildi.

Bitiruv malakaviy ishida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan kasb-hunar kollejlarida mazkur mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin.

Qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishini tarkibiy tuzilishini quyidagicha belgilandi.

Ish, Kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalangan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Birinchi bobda “Tovar moddiy zahiralar hisobi” mavzusini ilmiy-nazariy asoslari o’rganilgan.

Ikkinchi bobda mavzuni mustaqil o’rganish bilan samarali metodlardan foydalanish. Texnologiyalar va mavzuni o’rganishda ulardan foydalanishni tadqiq etishga, uchinchi bobda esa mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqarish va qo’llash metodikasini va uni takomillashtirish keltirilgan.

I bob. “TOVAR MODDIY ZAHIRALAR HISOBI” MAVZUSINING ILMIY NAZARIY MASALALARI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR

    1. Tovar moddiy zahiralar hisobini buxgalteriya hisobida tutgan o’rni, maqsad va vazifalari.


Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular TMZlar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, TMZlar bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannariga o’tkazadi. Materiallarning har bir turi bo’yicha normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, Xo’jasizlikka qarshi kurash mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi:

      1. Materiallar harakati bilan bog’lik bo’lgan o’zgarishlarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish.

      2. Materiallarni joylashda ularni to’g’ri saqlanish ustidan nazorat olib borish.

      3. Moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi.

      4. Materiallarning ishlab chiqarishga to’g’ri berilishi va ularni sarflash me’yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish.

      5. Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan TMZlarni kalkulyatsiya ob’ektlarida to’g’ri taqsimlash.

      6. Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan TMZlarni aniqlash va sotish.

Materiallar, yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab ikkiga bo’linadi.


  1. xom ashyo va asosiy TMZlar.

  2. yordamchi TMZlar.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini asosiy TMZlar tashkil qiladi. Masalan, mashinasozlikda – metall, mebel ishlab chiqarishda yog’och, gazlama ishlab chiqarishda –paxta va boshqalar. Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi va boshqalar. Boshqa korxonalardan olinadigan mashina va agregatlarning to’g’ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi.

Tovar moddiy zahiralar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 27 avgust 44-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS-4) ga binoan olib boriladi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ktlarda TMZlarni hisobga olish uchun 1000-

«Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Bu schyot o’z navbatida bir necha schyotlarga bo’linadi.



  • 1010 - Xom ashyo va TMZlar;

  • 1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar;

  • 1030 - yoqilg’i;

  • 1040 - Ehtiyot qismlar.

  • 1050 - Qurilish TMZlari.

  • 1060 - Idish va idishbop TMZlar.

  • 1070 - Qayta ishlashga berilgan TMZlar.

  • 1080 - Inventar va xo’jalik jihozlari.

  • 1090 - Boshqa TMZlar.

Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4- son) standartiga ko’ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va ularni manzilga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan transport tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi.

Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig’imlarini, tovarni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlarni, Soliqlarni, xizmat va zahiralarni

sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari savdo foizlari yoki chegirmalari va shunga o’xshash boshqa chegirmalar TMZlarni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish zahiralarining xaqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo’llash bilan amalga oshirishladi.



  1. Donalab baholash.

  2. FIFO.

  3. O’rtacha qiymat usuli.

  4. LIFO.

Donalab baholash usuli avtomobil, tasviriy san’atning noyob durdonalari, qimmatbaho zargarlik buyumlari kabilarni hisobga olishda yuritiladi va har bir buyum alohida donalab baholanadi. O’rtacha qiymat usuli yordamida sotishga yaroqli TMZlar o’rtacha qiymati hisoblab topiladi. Vaqti-vaqti bilan ro’yxatga olishni o’tkazilayotganda o’rtacha miqdor butun bir davr uchun hisoblab chiqiladi. Birincha partiya baholari, ishlar chiqarishga ham birinchi chiqarish (birinchi zahiraga qabul qiligan birinchisi ishlab chiqarishga), FIFO usuli eng eski bo’lgan TMZlarni birinchi navbatda sotilishi, keyinrok qabul qilingan xaridlar davr oxiriga zahira bo’lib qolishini nazarda tutadi. FIFO usuliga qarama-qarshi bo’lgan oxirgi qabul qilingan partiya bahosi ishlab chiqarishga birinchi chiqarish usul- (oxirgisi zahiraga birinchisi ishlab chiqarishga) degan (LIFO) usulidir. Bunda sotilgan TMZlarning qiymati eng keyingi xaridlarga asoslangan bo’lib, davr oxiriga qolgan TMZ zahirasi eng avvalgi mavjud bo’lgan buyumlar qiymati bo’yicha baholanadi.

Donalab baholashda, kamroq qiymati tanlangan bo’lsa, 18900 so’mni (120 x 90)

+ (70x 100) + (10 x 110), agar tannarxi eng yuqori bo’lgan 150 ta buyum tanlangan bo’lsa, LIFO usulida 20500 so’mni (90 x 110) + (70 x 100) + (40 x


  1. tashkil etadi. O’rtacha qiymatda esa 19784 so’m (200 x 98,92) bo’ladi, ya’ni 27700 : 280 = 98,92. FIFO usulida, 18900 so’m (120 x 90) + (70 x 100) + (10 x 100) bo’lsa, LIFO usulida 20500 so’m (90 x 110) + (70 x100) + (40 x 90)ni tashkil etadi.

Misol: Ko’rsatkichlar, buyumlar miqdori, birligining bahosi, umum bahosi:

    1. Materiallar zaxirasi 1 yanvar 120 90 10800

    2. 1 iyunda sotib olingan 70 100 7000

    3. 1 oktyabrda sotib olingan 90 110 9900

    4. Sotilgan TMZlar 280 98,92 27700

    5. Yil davomida sotilgan TMZlar 200 ? ?

    6. Davr oxirida qolgan TMZ zahirasi 80 ? ?

Bu usullarni solishtiradigan bo’lsak, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. (Bu erda donalab baholash usuli aniq tanlab olingan buyumlarga bog’liq bo’ladi).

Ko’rsatkichlar, Sotilgan materiallar qiymati so’m, Davr oxirida qolgan mater. Jami so’m:

FIFO 18900 8800 27700

O’rtacha tannarx 19785,5 7915,5 27700

LIFO 20500 7200 27700

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda (BXMS №4-son) muvofiq FIFO usulini qo’llash maqsadga mos keladi, chunki ishlab chiqarish zaxiralari qiymati hisobot davri oxirida joriy bahoga yakinroq bo’ladi va korxona aylanma aktivlarini aniq aks ettiradi.



Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling