O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana03.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
#17029
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
sonparvarlik Huquqi (XIX) va Jeneva Konvensiyalari
sonparvarlik Huquqi (XIX) va Jeneva Konvensiyalari
sonparvarlik Huquqi (XIX) va Jeneva Konvensiyalari haqidagi
bilimlarni tarqatish. Umumiy ta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlari
uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, jumladan, hozirgi paytda
Jamiyat XKXK Mintaqaviy Vakolatxonasi bilan hamkorlikda ush-
bu tadbirlarni amalga oshirmoqda;
– XKXK va boshqa mamlakatlar Milliy Jamiyatlar bilan
XKXK va boshqa mamlakatlar Milliy Jamiyatlar bilan
XKXK va boshqa mamlakatlar Milliy Jamiyatlar bilan
XKXK va boshqa mamlakatlar Milliy Jamiyatlar bilan
XKXK va boshqa mamlakatlar Milliy Jamiyatlar bilan
hamkorlikda,
hamkorlikda,
hamkorlikda,
hamkorlikda,
hamkorlikda, qidiruv xizmati orqali, harbiy nizolar va boshqa
favqulodda holatlar natijasida bir-biridan ajralib qolgan oilalar-
ning qayta qo‘shilishiga ko‘maklashish. Qidiruv Xizmati o‘nlab
oilalarga bir-birlari, qarindoshlari, yaqinlari bilan diydor
ko‘rishishga, Vataniga qaytishga, odatdagi aloqa vositalari bu-
zulgan paytda ularning o‘zaro xat yozishlarini yo‘lga qo‘yishga
yordam berdi;




– o‘quv yurtlarida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha
o‘quv yurtlarida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha
o‘quv yurtlarida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha
o‘quv yurtlarida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha
o‘quv yurtlarida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha
mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali,
mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali,
mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali,
mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali,
mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali, sanitariya ma’rifiy ishlar olib bo-
rish, sanitariya postlari musobaqalari, turli-tuman tanlovlar va
hayriya tadbirlari tashkil qilish.
Maktablar va boshqa o‘quv yurtlarida ochilayotgan Qizil
Yarimoyning yoshlar klublari–yoshlar bilan ishlashning yangi
yo‘nalishidir. Ushbu klublar o‘zlarining istaklariga muvofiq
hayriya tashkil qilishdan tortib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini
qiziqarli o‘tkazishgacha bo‘lgan, turli-tuman tadbirlar bilan
shug‘ullanishlari mumkin. Boshqalarga yordam berishni, o‘z
imkoniyatlarini yuzaga chiqarishni, hamfikrlar va do‘stlar
topishni istaydigan har bir kishi klubning a’zosi bo‘lishi
mumkin.
QIZIL XOCH VA QIZIL YARIMOY JAMIYAÒLARI
QIZIL XOCH VA QIZIL YARIMOY JAMIYAÒLARI
QIZIL XOCH VA QIZIL YARIMOY JAMIYAÒLARI
QIZIL XOCH VA QIZIL YARIMOY JAMIYAÒLARI
QIZIL XOCH VA QIZIL YARIMOY JAMIYAÒLARI
XALQARO FEDERATSIYASI
XALQARO FEDERATSIYASI
XALQARO FEDERATSIYASI
XALQARO FEDERATSIYASI
XALQARO FEDERATSIYASI
Bu xalqaro tashkilot turli mamlakatlar Milliy Jamiyatlarining
vakillaridan tashkil topgandir. Uning vazifasi Milliy Jamiyatlarni
qo‘llab-quvvatlash, hamda ular bilan birga, katta tabiiy falokat-
lardan aziyat chekkanlarga va qochoqlarga ommaviy ko‘chishlarda
yordam ko‘rsatishdir.
O‘zbekiston Qizil Yarimoy jamiyati faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
www.ziyouz.com kutubxonasi

209
1.
1.
1.
1.
1. Favqulodda vaziyatlarga va aholining ko‘chib o‘tishiga tay-
yorlanish.
2. 
2. 
2. 
2. 
2. Muruvvat yordami ko‘rsatish.
3.
3.
3.
3.
3. Xalqaro insonparvarlik huquqi bo‘yicha bilimlarni tar-
qatish.
4.
4.
4.
4.
4. Qidiruv xizmati.
5. 
5. 
5. 
5. 
5. Tibbiy-ijtimoiy „mehr-shavqat“ xizmati.
6.
6.
6.
6.
6. Jamiyatni rivojlantirish va mustahkamlash.
7.
7.
7.
7.
7. Yoshlar bilan ishlash.
XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI
XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI
XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI
XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI
XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi quyidagi sharoitlarda faoliyat
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi quyidagi sharoitlarda faoliyat
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi quyidagi sharoitlarda faoliyat
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi quyidagi sharoitlarda faoliyat
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi quyidagi sharoitlarda faoliyat
ko‘rsatadi:
ko‘rsatadi:
ko‘rsatadi:
ko‘rsatadi:
ko‘rsatadi:
— xalqaro qurolli mojarolar;
— xalqaro bo‘lmagan qurolli mojarolar;
— ichki betartiblik va tangliklar.
Yordam berish quyidagicha amalga oshiriladi:
— ozodlikdan mahrum qilinganlar (harbiy va fuqaro mah-
buslar) ni, qamoqda tutib turishning moddiy va psixologik sha-
roitlarini tekshirish maqsadida borib ko‘rish;
— urush yoki tabiiy ofat qurbonlariga (kasalxonalarda, qayta
tiklash markazlarida) tibbiy yordam ko‘rsatish;
– oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechak kabilarga ehtiyoji
bo‘lgan tinch aholini zarur narsalar bilan ta’minlash;
— oilasi, o‘z yaqinlari u haqdagi hech qanday ma’lumotga
ega bo‘lmagan, bedarak yo‘qolgan, deb e’lon qilingan shaxslarni
qidirish;
— odatdagi aloqa vositalari buzilgan taqdirda, oilaviy yozish-
malarni tashkil qilish;
— oilalarning birlashuvini tashkil qilish.
Sanitariya maorifi bo‘limiga doir amaliy mashg‘ulot
Sanitariya maorifi bo‘limiga doir amaliy mashg‘ulot
Sanitariya maorifi bo‘limiga doir amaliy mashg‘ulot
Sanitariya maorifi bo‘limiga doir amaliy mashg‘ulot
Sanitariya maorifi bo‘limiga doir amaliy mashg‘ulot
Sanitariya maorifi ishi bo‘yicha ko‘rsatilgan mavzuda
Sanitariya maorifi ishi bo‘yicha ko‘rsatilgan mavzuda
Sanitariya maorifi ishi bo‘yicha ko‘rsatilgan mavzuda
Sanitariya maorifi ishi bo‘yicha ko‘rsatilgan mavzuda
Sanitariya maorifi ishi bo‘yicha ko‘rsatilgan mavzuda
suhbat o‘tkazish uchun ma’ruza tayyorlash
suhbat o‘tkazish uchun ma’ruza tayyorlash
suhbat o‘tkazish uchun ma’ruza tayyorlash
suhbat o‘tkazish uchun ma’ruza tayyorlash
suhbat o‘tkazish uchun ma’ruza tayyorlash
O‘quvchilarning mustaqil ishi
O‘quvchilarning mustaqil ishi
O‘quvchilarning mustaqil ishi
O‘quvchilarning mustaqil ishi
O‘quvchilarning mustaqil ishi
Suhbatlar uchun taxminiy reja tuzish.
Suhbatning taxminiy rejasi.
14 — Gigiyena
www.ziyouz.com kutubxonasi

210
Mavzu: „Giyohvandlikka qarshi kurash
„Giyohvandlikka qarshi kurash
„Giyohvandlikka qarshi kurash
„Giyohvandlikka qarshi kurash
„Giyohvandlikka qarshi kurash
barchaning burchi!“.
barchaning burchi!“.
barchaning burchi!“.
barchaning burchi!“.
barchaning burchi!“.
„Giyohvandlik“ illatidan o‘zingizni asrang! Ming afsuslar
bo‘lsinki, so‘ngi yillarda ushbu atama tez-tez uchraydigan bo‘lib
qoldi. Sog‘lom yurgan odam narkotik (giyohvand) moddani bir-
ikki marotaba tatib ko‘rganidan so‘ng uning „quli“ga aylanib qoladi.
Narkotiklar  ana shunday makkor zahardir. Hech bir inson
onasidan narkoman (giyohvand) bo‘lib tug‘ilmaydi. Bu „Oq
ajal“  domiga ayniqsa, yoshlar ko‘proq ilinadilar: intizomi yo-
mon, foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni xohlamay-
digan, irodasi bo‘sh, ota-onaning nazoratidan chetroqda
bo‘lgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga irodasi yetishmaydigan va
o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lmagan, birovning gapini ma’-
qulaydigan yoshlar yo‘liqadilar. Ko‘pincha, ular narkotiklarni
birovlarga taqlid qilib, qiziqib tatib ko‘radilar, ana shunda ular
ajal jari yoqasiga kelib qolganliklaridan bexabar qoladilar. Gi-
yohvandni na o‘qish, na ish va na oila qiziqtiradi. Uning birdan bir
tashvishi o‘ziga tegishli miqdordagi narkotikni topib, o‘z vaqti-
da qabul qilishdan iborat bo‘lib qoladi. U o‘sha tegishli dozani
topa olmasa, unga erishish uchun har qanday tubanlikka, past-
kashlikka, jinoyat sodir etishga ham qodir bo‘ladi. Bunda u
o‘zining tuqqan onasini ham ayamaydi. Narkotiklar organizm-
ga maxsus ta’sir etadigan kuchli zahar hisoblanadi. Narkotik
ta’sirida bosh miya atrofiyaga uchraydi, jinsiy zaiflik ro‘y bera-
di, nafas yo‘llarining shilliq qavati va o‘pka to‘qimasining kasal-
liklarga qarshi kurashish salohiyati pasayib ketadi. Òutqanoq
tutadi, bir shprisdan bir necha narkomanning foydalanishi
oqibatida OIÒS (SPID), gepatit va qon orqali yuqadigan boshqa
kasalliklar kelib chiqadi. Giyohvand (narkoman) ning borgan
sari rangi zahil, yuzi ko‘pchigan, yuz terisi burishgan, ajin
bosgan, tishlari to‘kilganligining guvohi bo‘lasiz. Yer yuzida
bir kunda 18000 nafar inson VICH bilan zararlanmoqda. Shun-
dan 10000 nafari OIÒS tufayli halok bo‘lmoqda. Dunyoda OIÒS
bilan zararlanganlarning 60% ga yaqinrog‘i 15—24 yoshgacha,
10% i 15 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Hozirgacha OIÒS tufayli
butun dunyoda   25 mln. odam halok bo‘lgan, 63 mln. dan ortiq
odam shu kasallik bilan yashab kelmoqda. Har bir daqiqada
Yer yuzida 11 nafar erkak, ayol yoki yosh bola VICH virusini
o‘ziga yuqtirmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

211
Farzandingiz narkotik olyapti, deb shubhalansangiz:
Farzandingiz narkotik olyapti, deb shubhalansangiz:
Farzandingiz narkotik olyapti, deb shubhalansangiz:
Farzandingiz narkotik olyapti, deb shubhalansangiz:
Farzandingiz narkotik olyapti, deb shubhalansangiz:
1. „Aqlini  kirgizib qo‘yishga“ harakat qilmang, do‘q-po‘pisa
qilmang, jazolamang, bunday harakatlar teskari natija berishi
mumkin.
2. Farzandingiz nima sababdan bu yo‘lga kirib qolganini  aniq-
lashga harakat qiling, qutulish yo‘llarini birga axtaring, ruhan
madad bering.
3. Farzandingizni birgalikda mutaxassisga borib maslahat olish-
ga ko‘ndiring.
4. O‘zbekistonda 1999- yilda qabul qilingan „Narkotik vosita-
lar  va psixotrop moddalar to‘g‘risida“gi Qonunning 3-bandida
belgilanishicha: giyohvandlik (narkotik) moddalarga ruhiy- jis-
moniy jihatdan berilish bilan bog‘liq kasallikdir. Ushbu qonun-
ning 44- bandida davolanish uchun narkologik muassasaga ixti-
yoriy murojaat qilgan bemorlar iltimosiga ko‘ra, xufiyona davo-
lash ta’minlanadi, deyilgan.
Xulosa
Xulosa
Xulosa
Xulosa
Xulosa
Birinchi navbatda, yoshlarni giyohvandlik balosidan asrash
yo‘llarini amalga oshirish, yoshlarni bo‘sh vaqtlaridan unumli
foydalanishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Adashganlarga
esa tegishli maslahatlar berish, ularning hayotini mazmunan boyi-
tishga ko‘maklashish katta ahamiyatga ega.
Nazorat savollari
Nazorat savollari
Nazorat savollari
Nazorat savollari
Nazorat savollari
1.
1.
1.
1.
1. Qizil Yarimoy va Qizil Xoch jamiyatlarining vazifalari nima-
lardan iborat?
2.
2.
2.
2.
2. Giyohvandlik nima? Uning belgilarini qanday aniqlash
mumkin?
www.ziyouz.com kutubxonasi

212
bo‘lagi bo‘lib, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti sha-
roitlarining organizmga ta’sirini o‘rganadi hamda mehnatkashlar-
ning sog‘lig‘ini saqlash, qobiliyatini va mehnat unumdorligini oshi-
rishni ta’minlaydigan gigiyenik va davolash-profilaktika tadbirlarini
ishlab chiqadi.
Mehnat gigiyenasi quyidagi masalalarni o‘rganadi.
1. Ish jarayonida organizmda sodir bo‘ladigan fiziologik
o‘zgarishlarni aniqlash. Ishchining korxonadagi mehnat qilish
qobiliyatini aniqlash, shu asosda oqilona mehnat va dam olish tar-
tibini tuzish.
2. Korxonada fizik, kimyoviy, radiologik va boshqa omillar-
ning ishchilar organizmiga ta’sirini o‘rganish natijasiga qarab, ular-
ning gigiyenik me’yorlarini tavsiya qilish. Òexnologik jarayonni
o‘rganib, ish joylarining jihozlanishi, ishlatiladigan mahsulot va
chiqindilarning organizmga ta’sirini o‘rganish.
3. Ishchilar o‘rtasida kasallanish hodisalari sabablari va ish
jarayonidagi omillarning organizmga ta’sirini aniqlab, tegishli pro-
filaktik tadbirlar tavsiya qilish. «Mehnat» va «ish» tushuncha-
larini bir-biridan farq qilish lozim. Ish deganda, turli mushak-
lar faoliyati: yugurish, cho‘milish va shunga o‘xshashlar tushu-
niladi, mehnat esa ishchi kuchining aniq, foydali mehnatni
bajarishga sarflanishidir.
Mehnat organizmda sodir bo‘ladigan biologik jarayonlar-
ning me’yorida kechishi, shuningdek odamning ijtimoiy faoli-
yatini bajarishi uchun zarur. Biroq, odam qulay ijtimoiy va
fiziologik- gigiyenik sharoitlarda mehnat qilganidagina bu jara-
yon unga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ish joylarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan aniq
tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. Bular faqat  ishchilar salomatligini
saqlabgina qolmay, balki ular kelgusida ham sihat-salomat bo‘lishi
va mehnat unumdorligining oshishiga olib boradi.
Ishchi salomatligiga salbiy ta’sir qiladigan va ish qobiliyatini
pasaytiradigan har xil kasalliklar paydo qiladigan sharoitda ish-
lasa, bu kasb zararli hisoblanadi.
MEHNAÒ GIGIYENASI
MEHNAÒ GIGIYENASI
MEHNAÒ GIGIYENASI
MEHNAÒ GIGIYENASI
MEHNAÒ GIGIYENASI
X BOB
M
ehnat gigiyenasi—umumiy gigiyena fanining bir
www.ziyouz.com kutubxonasi

213
Kasbiy zararlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin.
1. Mehnatni noto‘g‘ri tashkil qilishga aloqador zararlar:
– asab sistemasining ortiqcha zo‘riqishi;
– tananing uzoq vaqtgacha bir vaziyatda bo‘lishi;
– harakat apparatlari va ayrim sezgi a’zolari (ko‘rish, eshi-
tish) ning ortiqcha zo‘riqishi;
– noto‘g‘ri mehnat tartibi.
2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar:
– fizik omillar (noqulay mikroiqlim, atmosfera bosimining
o‘zgarishlari va b);
– kimyoviy va fizik-kimyoviy omillar (gazlar, chang, bug‘lar);
– biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalarning tuxum-
lari va b);
– radiologik omillar va hokazo.
3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar. Bunga havo alma-
shinishi, ventilatsiya, yoritilishi, maydon sathi, kubatura va
boshqalarning yetarli bo‘lmasligi kiradi.
Ishchilar organizmiga kasb omillarining ta’siri natijasida kasbga
aloqador kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu kasalliklar organi-
zmda o‘ziga xos og‘ir o‘zgarishlar paydo qilib, ular mehnat qo-
biliyatini yo‘qotish oqibatida o‘limga olib borishi mumkin. Benzol
bilan surunkali zaharlanishda qon hosil qilish a’zolari zararlani-
shi, tebratuvchi (vibro) asboblar bilan ishlaganda  vibratsion kasal-
lik, shaxtyorlarda o‘pkada erkin kremniy (II) oksid changi
to‘planishi natijasida silikoz paydo bo‘lishi shunday kasalliklarga
misol bo‘ladi.
Uzoq yillar davomida tik turib ishlash oqibatida, chunonchi,
to‘qimachilik dastgohi oldida, oyoq venasining kengayishi ham
kasb kasalligiga kiradi.
Ba’zan, kasb omillari kasallik paydo qilmasa ham, organizm-
ning immun-biologik xususiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tashqi
muhit ta’siriga chidamsiz qilib qo‘yadi. Masalan, revmatizm, po-
liartritlar baliqchilarda va shaxtyorlarda ko‘p uchraydi va hokazo.
Kasbga aloqador salbiy omillarni bilish kasb kasalliklarining oldi-
ni olish uchun chora-tadbirlar qo‘llash imkonini beradi.
BAJARILADIGAN ISHNI ENERGIYA SARFIGA KO‘RA
BAJARILADIGAN ISHNI ENERGIYA SARFIGA KO‘RA
BAJARILADIGAN ISHNI ENERGIYA SARFIGA KO‘RA
BAJARILADIGAN ISHNI ENERGIYA SARFIGA KO‘RA
BAJARILADIGAN ISHNI ENERGIYA SARFIGA KO‘RA
GURUHLARGA AJRAÒISH
GURUHLARGA AJRAÒISH
GURUHLARGA AJRAÒISH
GURUHLARGA AJRAÒISH
GURUHLARGA AJRAÒISH
Mushak ishtirokida bajariladigan har qanday ish energiya sarfiga
ko‘ra: yengil, o‘rtacha og‘irlikda va og‘ir ishlarga bo‘linadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

214
Ish jarayonida bir minutda 0,5 l kislorod talab qilinadigan ish
yengil hisoblanadi. Bunday ishni bajarishda bir sutkada o‘rtacha
2300—3000 kkal energiya sarflanadi.
Bunga aqliy ish bilan shug‘ullanish, uncha og‘ir bo‘lmagan
jismoniy ish bajarishni talab qilmaydigan, o‘tirib bajariladigan
ishlar (tikuvchi-motoristkalar, mayda buyumlar sifatini tekshi-
ruvchilar, korxona xizmatchilari va hokazo) kiradi.
O‘rtacha og‘irlikdagi ishlarga ish jarayonida bir minutda 0,5 dan

l gacha kislorod talab qiluvchi, energiya sarfi esa minutiga 2,5 dan
5 kkalni tashkil qiluvchi ishlar kiradi. Bunday ishlarni bajarishda bir
kunlik energiya sarfi 3100—3900 kkalni tashkil qiladi. Bunday ish-
larga turib bajariladigan ishlar (asbobsozlik va mexanika sexlarining
ishchilari, tikuvchilar, ip yigiruvchilar va hokazo); yurib turib ish
bajaradigan ishchilar (dastgohlarda ishlaydigan ishchilar, og‘ir yukni
ko‘tarishni talab qilmaydigan kasblar va hokazolar) kiradi.
Og‘ir ishlar guruhiga kiradigan ishlar minutiga 1 
l dan ko‘p
kislorod talab qiladigan ishlar kiradi. Energiya sarfi esa minutiga
5 kkaldan ortadi. Bunday ishchilarga arrakashlar, yuk tashuvchi-
lar, temirchilar va hokazolar kiradi. Bular bir sutkada 4000—
4500 kkal va undan ko‘p energiya sarflaydilar.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash va
sog‘lomlashtirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Estetika
Estetika
Estetika
Estetika
Estetika—go‘zallik haqidagi, badiiy idrok qonuniyatlari
to‘g‘risidagi fan. Ilgari estetikaning ishga aloqasi yo‘q deb hisobla-
nar edi. Shuning uchun korxonalardagi dastgohlarning beo‘x-
shovligi, qora rangga bo‘yalishi, devorning xiraligi, kishilarning qora,
beo‘xshov tikilgan xalatlarda ishlashi bilan hech kimning ishi yo‘q
edi. Biroq, so‘nggi yillarda ishlab chiqarish estetikasi yaratildi va u
muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ishlab chiqarish estetikasiga xonalar-
ning tozaligi bilan bir qatorda, badiiy jihatdan bezatilganligi, yax-
shi yoritilishi, dastgohlar, mashinalar, asboblar va boshqa jihoz-
larning chiroyliligi, devorlar, mashinalar va jihozlarning rangi, jis-
moniy ish vaqtida musiqa yangrab turishi va boshqalar kiradi.
MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A’ZOLAR VA
MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A’ZOLAR VA
MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A’ZOLAR VA
MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A’ZOLAR VA
MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A’ZOLAR VA
SISTEMALARDA RO‘Y BERADIGAN FUNKSIONAL
SISTEMALARDA RO‘Y BERADIGAN FUNKSIONAL
SISTEMALARDA RO‘Y BERADIGAN FUNKSIONAL
SISTEMALARDA RO‘Y BERADIGAN FUNKSIONAL
SISTEMALARDA RO‘Y BERADIGAN FUNKSIONAL
O‘ZGARISHLAR
O‘ZGARISHLAR
O‘ZGARISHLAR
O‘ZGARISHLAR
O‘ZGARISHLAR
Mehnat jarayonida organizmda muhim morfologik, fiziologik
va kimyoviy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Jismoniy va aqliy mehnat
farq qilinadi. Aqliy mehnatda zo‘riqish, asosan, asab sistemasin-
www.ziyouz.com kutubxonasi

215
ing oliy bo‘limi—bosh miya katta ayrim sharlari va po‘stlog‘iga tushadi.
Jismoniy mehnatda markaziy nerv sistemasidan tashqari, asab,
mushak apparati, yurak tomirlari, nafas va issiqlikni idora etadigan
sistemalar katta ish bajaradi.
Ish kunlari hatto ish boshlashdan avval organizmda moddalar
almashinuvining oshishi, puls va nafas olishning tezlashuvidan
iborat shartli refleks ko‘rinishidagi funksional siljishlar kuzatiladi.
Bunda ishlab chiqarish sharoiti va vaqt shartli ta’sirlovchilar bo‘lib
hisoblanadi.
Markaziy nerv sistemasidan mushaklarga yetib keladigan
nerv impulslari ta’sirida mushaklarda ularning qisqarishini kel-
tirib chiqaradigan o‘ziga xos jarayonlar ro‘y beradi. Ishlayot-
gan mushaklarning kislorodga va oziq moddalarga ehtiyoji oshi-
shi shunga olib keladiki, jismoniy mehnatda organizmning
ko‘pgina fiziologik sistemalari faoliyati sezilarli o‘zgaradi. Yurak
tomir sistemasida talaygina o‘zgarishlar ro‘y beradi; yurak
qisqarishlari tezlashadi va ishning ayrim turlarida puls bir
minutda 90—150 marta va bundan ko‘p uradi.
Yurakning sistolik hajmi ham oshadi. Natijada yurak hayday-
digan minutlik qon hajmi 3—5 dan 30—40 l gacha yetadi. Eng
yuqori arterial bosim 5—30 mm simob ustunigacha ko‘tarilishi
mumkin.
Ish tugagandan so‘ng organizmda ro‘y bergan o‘zgarishlar
darrov yo‘qolmaydi. Ma’lum vaqtgacha nafas va puls tezlashgan
holda qoladi. Ish tugash davridan boshlab organizmning dastlabki
holatga qaytgunicha o‘tadigan vaqt tiklanish davri deyiladi. Òiklan-
ish davrida ishlab turgan a’zolarda oksidlanib ulgurmagan mod-
dalar almashinuvi mahsulotlari yig‘ilib bo‘ladi. Ish jarayonida
o‘zgarish faqatgina nafas, yurak tomir sistemasidagina emas, balki
deyarli barcha sistemalarda yuzaga keladi. Og‘ir, notinch davomli
ishda yoki ish noto‘g‘ri tashkil qilinganda odam juda toliqib qoladi.
ÒOLIQISH VA UNING OLDINI OLISH
ÒOLIQISH VA UNING OLDINI OLISH
ÒOLIQISH VA UNING OLDINI OLISH
ÒOLIQISH VA UNING OLDINI OLISH
ÒOLIQISH VA UNING OLDINI OLISH
Òoliqish—organizmning alohida fiziologik holati bo‘lib uzoq
vaqt yoki zo‘r berib ishlash natijasida yuzaga keladi va ish qobili-
yatining pasayishi bilan ifodalanadi. U qator fiziologik diqqat funk-
siyasining yomonlashuvi, mushaklar chidamliligining pasayishi,
ish bajarish bilan bog‘liq jarayonlar muvozanatining buzilishi va
biokimyoviy (qonda qand miqdorining kamayishi, sut kislota dara-
jasining oshishi va  hokazo) ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

216
Òoliqish—qaytar hodisa. Òegishli hordiq chiqargandan so‘ng
toliqish yo‘qoladi va organizmning ish qobiliyati asli holiga keladi.
Òoliqish natijasida paydo bo‘ladigan subyektiv charchoq sez-
gisi dam olish zarurligidan xabar beradi. Mehnat tartibiga rioya
qilinmasa, toliqish holdan toyishga olib keladi. Holdan toyish
patologik holat hisoblanadi. Og‘ir yoki uzoq davom etadigan ish-
da uzoq vaqt davomida dam olinmaganda va ish qobiliyati tiklan-
maganda shunday hodisa yuz beradi. Òoliqishda markaziy nerv
sistemasining o‘ta qo‘zg‘alishi (muhofaza tormozlanishining yetarli
emasligi) kuzatiladi, natijada odamning kayfiyati yomonlashadi,
jahldor bo‘ladi, uyqusizlik paydo bo‘ladi. O‘ta toliqish nevrozlar-
ga, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya, me’da yarasi kasalligi-
ning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Holdan toygan organi-
zmning himoya kuchlari pasayib ketadi. Bunday paytda miriqib,
to‘yib uxlab hordiq chiqarish kerak, ba’zan davo tadbirlari ko‘rish
ham zarur bo‘ladi.
Ko‘p charchash aksari mehnat jarayonini noto‘g‘ri tashkil
qilish, katta asab-ruhiy quvvat va ko‘p energiya sarflashni talab
etadigan yoki nisbatan ko‘p bo‘lmagan mushaklar guruhining
jadal faoliyati, noqulay ish holati (vaziyat) bilan bog‘liq ishlarni
bajarish oqibati deb, hisoblanadi.
Òoliqish va holdan toyishga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar
ishlab chiqish mehnat gigiyenasining muhim vazifasi hisoblanadi.
ÒOLIQISHGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT
ÒOLIQISHGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT
ÒOLIQISHGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT
ÒOLIQISHGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT
ÒOLIQISHGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling