O’zbekiston respublikasi oliy va o’tra maxsus ta’lim vazirligi
Download 452.31 Kb.
|
Davronov Shahzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- PSIXOMOTOR QOBILIYATLAR
PSIXOMOTOR QOBILIYATLAR - harakatlar va harakatlar tizimini amalga oshirish va boshqarishning psixologik va motor (harakat) asoslari. Ularga quyidagilar kiradi: statistik kuch; dinamik kuch; keskin harakatlardagi kuch; umumiy moslashuvchanlik qobiliyati; epchillik; umumiy chidamlilik; maxsus faoliyatga chidamlilik; muvozanatni tuta olish. Biror faoliyatning ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo`r qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli bo`lgan kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Talantlilikning yuqori bosqichi geniallik deb ataladi. Ijtimoiy hayotda, fan, adabiyot, san`at va shu kabi sohalarda printsipial ravishda yangi bo`lgan biror narsani yaratgan kishilar geniylar deb hisoblanadilar. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo`l ko`rsatuvchi bosqichlar bo`lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxslar bo`ladilar. Qobiliyatlar, masalan, olim, yozuvchi, konstruktor va hokozolar shug`ullanadigan aqliy mehnat bilan mashg`ul bo`lgandagina paydo bo`lib qolmaydi. Faoliyat turlari "oliy" va "quyi" xillarga bulinmaydigan va texnika taraqqiyoti oddiy ishchini yoki kishlok xo`jaligi sohasida ishlayotgan mehnatchini ijod bilan shug`ullanishga, ratsionalizator bo`lishga, ishlab chiqarishda yuqori ko`rsatgichlarga erishishga undayotgan, ayniqsa bizning mamlakatimizda jismoniy ishda ham qobiliyatlar nomoyon bo`laveradi. Download 452.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling