Oʻzbekiston respublikasi oliy va ta`lim, fan va innavatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universitetning jizzax filiali 914-20 guruh talabasi Abiyorqulov Azamatning tayyorlagan Mustaqil ishi Qabul qiluvchi


Download 119 Kb.
bet5/14
Sana30.09.2023
Hajmi119 Kb.
#1690297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
A.Abiyorqulov. U.P va P

Ko’rsatmalilik tamoyili — Komenskiy ko’rsatmalilik tamoyilini nazariy jihatdan isbotlab, mufassal bayon qilib berdi. U bu prinsipni faqat ko’rsatib o’qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi.

Ko’rsatmalilikni o’qitishning «Oltin qoidasi» deb ataydi. Ko’rsatmalilik prinsipida: a) bolaga real narsalarni ko’rsatish, b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, v) narsalar modelini ko’rsatish, g) o’qituvchining so’zi. Komenskiy «Mir chuvstvenno’x vehyey v kartinkax», ya’ni «Dunyodagi narsalarning rasmlarda aks etishi» asarida o’qitilayotgan, o’rganilayotgan narsalarni ushlash, ko’rish, yeyish, hidlash kerakligini aytib, bu o’rganilayotgan materialni chuqur bo’lishga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi, deydi.

  1. Onglilik tamoyili. Komenskiy onglilik tamoyilini ilgari surar ekan, o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aqlidrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hyech bir narsani zo’rlab yodlatmaslik lozim». O’quvchilar «O’rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda yetkazishini o’qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. Shu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani to’la tushuntirib bo’lguncha, shu narsa ustida to’xtatmoq kerak» deb hisoblaydi.

  2. Komenskiy ta’limning tizimli bo’lishini talab qiladi. O’qitilayotgan material o’quvchilarga asosiy qodilar tariqasida lo’nda bayon qilinishi kerak. O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va misollarni qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi. Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak; avval narsa, ya’ni hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini ayrim-ayrim o’rganish kerakligini ko’rsatadi.


Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling