O’zbekiston respublikasi oliy va wrta maxsus talim vaziRLİGİ berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 394.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana04.08.2017
Hajmi394.54 Kb.
#12686
  1   2   3   4   5   6

 

 

O’ZBEKİSTON  RESPUBLİKASİ   

OLİY VA WRTA MAXSUS TALİM VAZİRLİGİ 

 

BERDOQ NOMİDAGİ QORAQALPOQ DAVLAT UNİVERSİTETİ 

 

  

 

 

 

 

 

KİMYO TARİXİ 

 

FANİDAN MARUZALAR TUPLAMİ 



 

 

 

 

Bakalavriat: 5440400 – kimё 



 

 

 



Kimё kafedrasi 

 

 



 

 

Tuzuvchilar: k.f.d., professor K.Uteniyazov,  



                      k.f.n., dotsent B.Bektursınov,  

                      assistent B.Xodjaniyazov  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



NUKUS – 2008 y. 

 

 



 

 

2

I. Eramizdan oldingi davrda kimё fanini o’rganishdagi h’arakatlar 

 

 Bundan ming-ming yillar oldin inson birinchi marta suniy meh’nat qurolini 



yaratdi. U toshning qirralarini wtkirlab, unga kerakli shakl berdi, yani u toshga 

ishlov berishni wrgandi. Ёg’och taёqchaga wtkirlangan toshni mah’kamladi. 

Shunday qilib, inson birinchi tosh boltani yasadi. Ammo toshga ishlov berilgan 

bwlsada, u toshligiga, ёg’och esa ёg’ochligicha qolar edi.  

Tabiatda bwlib turadigan chaqmoq chaqqanida wrmonni ёndirardi, daraxtlar 

ёnib bitgach, ёng’in bwlgan joydan inson kulga duch kelardi. Shirin tamli sharbat 

achirdi va uni ichgan inson g’alati bir tarzda tetiklanar edi. U endi, bazida 

narsalarning tabiati olov tasirida wzgarishini fah’mlay boshladi. 

Xozirgi kunda biz bilamizki, bu h’odisalar – moddalarning kimёviy wzgarishi 

natijasida sodir bwladi. Ular kimё deb atalgan fanning predmetini tashkil etadi. 

İnson olov ёqish, uni wchirmay saqlab turishni wrganganidanoq ayrim 

moddalarning kimёviy wzgarishini amalga oshiradigan bwldi.  Bu wzgarishlar 

ёnish  ёki  ёnish paytida ajralib chiqadigan issiqlik natijasida sodir bwlganligini 

angladi. İnson olovda parrandani pishirishni wrgandi va u pishgandan keyin uning 

rangi, tami wzgarib yumshoq bwlib qolishini fah’mladi. U loydan yasalgan 

buyumlarni pishirdi, pishirgandan swng esa mustah’kam bwlishini fah’mladi. 

İnson olovni qumli erda ёqqanida, kulning ichidan yumaloq shisha zarrachalarini 

kwrdi. Oldiniga inson atrofida uchraydigan narsalar – tosh, ёg’och va suyak, 

h’ayvonlarning terisidan foydalandi. Ular orasida eng qattig’i – tosh edi. Wsha 

wtib ketgan ilk davrni  bizga ibtidoiy odamlarning tosh quroli eslatadi. Shuning 

uchun bu davr tosh davri deb aytiladi.  

Eramizdan avvalgi 8000 yilga yaqin ovqat topish usuli tubdan wzgarganda, 

insoniyat h’ali tosh asrida edi. Oldiniga inson ov qilib ovqat topishni, keyin esa 

h’ayvonlarni qwlga wrgatib, g’amxwrlik qilishni wrgandi. U endi wsimliklarni 

wstirishni h’am  wrgandi. 

   Chorvachilik  va  deh’qonchilikning rivojlanishi bilan inson oziq-ovqat 

mah’sulotlarini g’amlashni wrgandi. Asta-sekin er ah’olisi h’am kwpayib 

boraverdi. Deh’qonchilik bilan shug’ullangan  inson endi bir joyda qolib, 

yashashga majbur edi. Shu tariqa doimiy manzilgoh’lar va birinchi shah’arlar 

paydo bwldi. Shundan tsivilizatsiya (bu swzning wzi lotincha civitas-shah’ar 

swzidan olingan) boshlandi. 

İlk tsivilizatsiya davrining birinchi ikki ming yilligida tosh, oldingidek meh’nat 

qurollarini tayёrlaydigan asosiy h’om ashё bwlib qolaverdi, ammo unga ishlov 

berish usuli ancha takomillashdi. İnson toshga ishlov berishni bilishi, yangi tosh 

asri, yani neolit davri uchun wziga xos xususiyatdir. 

Kulolchilik ishlari ancha takomillashdi. Neolit madaniyati, uzoq va yaqin 

Sharqning markaziy viloyatlaridan asta-sekin ёyilib, Evropa qitasiga etib bordi. 

Eramizdan avvalgi 4000 yilga kelib, keyingi wzgarishlar – inson juda noёb 

h’ususiyatlarga ega bwlgan yangi materiallarni wzlashtiradigan davr keldi. Biz bu 

materiallarni metallar deb aytamiz, balki grekcha «izlash» swzidan olingandir.      



 

3

 Metallar. İnson etibor bergan birinchi metallar - sof oltin va mis bwlgan bwlishi 

kerak, chunki yaltiroqlilik bilan jilolanaёtgan qizg’ish mis va sarg’ish oltinga 

etibor bermaslik mumkin emas edi. 

 

Oldingi metallar, rangli toshlar ёki sadaf rangli dengiz chig’anoqlari kabi, 



faqat taqinchoq  sifatida ishlatilar edi. Ammo tez  orada metallar boshqa barcha 

taqinchoqlardan foydaliligi bilan farq qilishi aniq bwldi. Tosh kuchli zarbadan qum 

bwlib sochiladi, ёg’och va suyak esa ёriladi, metall bwlagi esa zarb bilan urilganda 

kerakli shaklni oladi. Metallarning bu (bolg’alanuvchanlik) h’ossasi tasodifan 

aniqlandi.  İnson metallarning bolg’alanuvchanligini bilganidan keyin, tez orada 

tabiiy (sof) metallardan turli xil bezaklar yasay boshladi.  

 

İnson misga ishlov berar ekan, toshga nisbatan misdan nayza uchun uchlik 



tayёrlash osonligiga va misdan tayёrlangan uchliklar toshdan yasalganiga 

qaraganda asta-sekin wtmaslanib qolishiga ah’amiyat berdi. Bundan tashqari, 

wtmaslashgan mis uchlikni wtkirlash ancha oson va tez qilish mumkin edi. Biroq 

mis kam uchrardi, uni topish esa oson emas edi, shuning uchun mis uzoq vaqt 

bezak tayёrlashdagina xom ashё bwlib h’izmat qildi. 

 

Biroq, vaqt wtishi bilan mis malum bir turdagi toshdan olinishi mumkinligi 



va toza tabiiy misga nisbatan bunday  toshlarni topish osonroq ekanligi aniqlandi. 

Bu kashfiёt qachon va qanday qilinganligini biz siz bilan bilmaymiz va balki bu bir 

umr sirligicha qolib ketadi. 

 

Ammo bu qanday sodir bwlganini tasavvur qilishimiz  mumkin. Tarkibida 



qandaydir  h’avo rangli aralashma toshlar bwlgan erda, wsaёtgan wrmon ёngan. 

Ёngan joyga kelgan odamlar kulda yaltirab turgan mis zarrachalariga duch kelgan 

va ulardan biri, mana shu h’avo rangli toshlardan gulxanda ёqib, mis olish 

mumkin, deb wylab topgan. Balki inson shu fikrga kelishdan oldin ёng’indan 

keyin qolgan mis zarrachalariga kwp martalab duch kelgandir.  

 

Eramizdan avvalgi 4000 yilga yaqin Sinay yarim oroli ёki Shumyaraning 



(h’ozirgi  İroq teritoriyasi) tog’li viloyatlarida, balki bir vaqtning wzida ikkala 

viloyatda, madandan mis olish mumkinligi qatiy aniqlangan.  

 Shundaymi 

ёki shunday emasmi, biroq shu davrdan boshlab, mis meh’nat 

quroli, uy-rwzg’or buyumlari va h’.k. yasaladigan h’om ashё bwlib qoldi. Misr 

xududida joylashgan qabrdan topilgan mis tova eramizdan avvalgi 3200 yilga 

tegishli ekanligi aniqlandi. Eramizdan avval 3000 yilga kelib esa, misga nisbatan 

qattiq bwlgan metall - mis va qalay qotishmasi – bronzani ishlab chiqara 

boshlashdi. Albatta bu h’am tasodifan rwy bergan. Balki, kimdir  tasodifan, mis 

rudasi bilan birga qalay rudasini olvga qwyib qizdirgandir.     

 Bronzadan 

tayёrlangan meh’nat qurollari eramizdan avvalgi 3000 yillarda 

XXX asrda boshqargan firavn İtetining qabridan topilgan. Eramizdan avvalgi 2000 

yilga kelib, bronzadan qurol va aslah’alar tayёrlash keng qwllanila boshlandi. 

 

Bronza asrida sodir bwlgan eng katta h’odisa Troya urushi h’isoblanadi. 



Usha davrning jangchilari bronzadan yasalgan yarog’ – aslah’a, kiyimlar va uchi 

bronzadan yasalgan irg’itiladigan wq bilan qurollangandilar.  Bunday qurol va 

aslah’a bilan taminlanmagan jangchi jangda wlishi muqarrar edi. Shuning uchun, 

bunday qurol va aslah’alarni yasaydigan temirchi-ustalar aloh’ida h’urmatga 

sazovor edi. Xatto grek xudolarining h’am wzining temirchi-ustasi bor edi. Uni 


 

4

chwloq Gefest deb atashar edi. Tasodif emaski, shuning uchun h’am 



evropaliklarning familiyalari orasida, asosini «temirchi» swzi tashkil etgan 

familiyalar keng tarqalgan. 

 

İnson ongiga yana bir karra yangicha fikrlar kela boshladi. Bronza davrining 



odamlari bronzaga nisbatan ancha qattiq bwlgan metall-temirning mavjudligini 

bilishdi. Oldiniga temir juda noёb va qimmatbah’o metall bwlib h’isoblanardi, 

chunki bu meteorit bwlaklari edi. Temirni, misni olgandek, ruda toshlaridan olib 

bwlmaydigandek edi. Gap shundaki, tarkibida temir bwlgan rudada temir, tarkibida 

mis bwlgan rudaga nisbatan mustah’kam bog’langan. Gulxanda temir rudasidagi 

temirni ajratib bwlmaydi, buning uchun ancha «issiq olov» kerak edi.  

 

Temirni eritish sanati eramizdan avvalgi taxminan 1500 yilda kashf etildi. 



Aniqlanishicha, zarur bwlgan «issiq olov» ni, agarda ёnib turgan kwmirdan h’avo 

puflab wtkazilsa, ёg’och kwmiri berishi mumkin edi. Birinchi bwlib xettlar (kichik 

Osiёda yashovchi xalqlardan biri) temirdan keng foydalana boshlashdi. Temirga 

boy bwlgan tog’li viloyatning vorisi bwlgan xett xoni (eramizdan avvalgi 1280 

yilda) ning xatida temir ishlab chiqarish h’aqida aniq aytilgan. 

 

Toza temir uncha qattiq emas. Biroq uni eritish jaraёnida temir ёg’och 



kwmiridan wziga karbonni yutib oladi va natijada pwlat deb aytiladigan karbon  va 

temir  qotishmasining yuza qatlami h’osil bwladi. Bu qotishma eng mustah’kam 

bronzadan h’am qattiqroqdir va undan tayёrlangan uchlik esa uzoq vaqt wtkir 

bwlib turadi. Pwlat ishlab chiqarish metallurgiyaning  rivojlanishi tarixida h’amda 

jamiyatning rivojlanishi tarixida burilish yasadi. Temir asri boshlandi. 

 

Temir (pwlat) qurollar bilan qurollangan doriylar eramizdan avvalgi 1100 



yilda Bolqon yarim oroliga bostirib kirib, mikenlik greklarni tor-mor qilishdi. 

Mikenlik greklar ancha tsivilizatsiyalashgan xalq edi, ammo ularda h’ali pwlat ywq 

edi va ular bronzadan yasalgan qurollar bilan qurollangan edi. Greklarning bir 

qismi Xanaanga kirib keldi va wzlari bilan temirdan yasalgan qurollarni olib 

kelishdi. Bu wsha «Tavrot»da kwp matra tilga olingan filistimlyanlar edi. Evreylar 

temirdan yasalgan qurollarga (bu esa Saul xoni davrida sodir bwlgan) ega bwlmas 

ekan, ular kuchsiz h’isoblanardi.  

 

Ossuriya armiyasi  yuqori sifatli temir qurollar bilan qurollangan birinchi 



armiya edi. Bunday qurollangan ossuriyaliklar kwpgina qwshni xalqlarni wzlariga 

bwysundirib, eramizdan avvalgi 900 yilga kelib qudratli davlatga asos solishdi.  

 

Kadimgi grek filosofiyasining gullab-yashnashida amaliy ximiyada 



erishilgan yutuqlarning ah’amiyati kattadir. Misr ustalari metall h’amda bwёq 

ishlab chiqarish bilan shug’ullanganlar. Ular murdalarni mumiёlashni  wrgangan 

edilar. 

 Nazariyalardan 

biriga 

muvofiq, 



khemeia  swzi Misrning qadimgi nomi- 

Kham (ingliz tilidan tarjima qilinganda Ham ga aylangan) dan kelib chiqqan. 

Shunday qilib, u «misr sanati» ni bildiradi. Biroq h’ozirgi vaqtda ancha 

zamonaviylashgan, boshqacha tushuntirish mavjud. 

 Tah’min 

qilinishicha, 

γηµέία  swzi grekcha χυµόs - wsimlik suvi swzidan 

kelib chiqqan, yani khemeia - bu «suv ajratishi sanati»dir. Yuqorida aytilgan suv, 

suyuqlangan metall h’am bwlishi mumkin, shuning uchun  khemeia «metallurgiya 

sanati»ni ifodalashi mumkin. 


 

5

 Biroq 



khemeia  swzining kelib chiqishi qanday bwlishidan qatiy nazar, u 

bizning «kimё»ning ajdodidir. 



Grek unsur elementlari. Eramizdan avvalgi 600 yilga kelib tabiiyki, greklarning 

ilmiy qarashlari kwpgina keyingi ilmiy kashfiёtlarning yaratilishiga olib kelgan. 

Koinotning tabiati va uni tashkil qilgan narsalarning tuzilishiga etibor berdilar. 

Grek olimlari, yani «faylasuflar»ni (donolikni yaxshi kwruvchilar) u ёki bu 

moddalarni olish ёki ularni amalda ishlatish usullari qiziqtirmas edi, ularni asosan 

moddalar va jaraёnlarning moh’iyati qiziqtirar edi. Ular “nimaga?” degan savolga 

javob izlashardi. Boshqacha swz bilan aytganda, qadimgi greklar, bugungi kunda 

ximiyaviy nazariya deb aytiladigan qarashlar bilan birinchi bwlib shug’ullanishni 

boshlagan edilar.    

 

Bu nazariya Fales (eramizdan avvalgi 640-546) dan boshlanadi. Fales grek 



faylasufi bwlgan. U Miletda, Kichik Osiёning g’arbiy qirg’og’i İoniya  (h’ozirgi 

Turkiyaning joyida) da yashagan. Fales wziga quyidagi savolni bergan bwlishi 

mumkin? Agar h’avorang tosh (azurit) qizil misga aylanganidek, bir modda boshqa 

bir moddaga aylana olsa, u h’olda moddaning asl tabiati qanday bwladi? Bu modda 

toshmi ёki mismi, ёki u h’am bu h’am emasmi? Xar qanday modda h’am boshqa 

moddaga aylana oladimi (h’ech bwlmaganda asta-sekin), agarda h’ar qanday 

modda boshqa moddaga wta olsa, unda barcha moddalar asosiy bitta moddaning 

turli xil kwrinishi emasmikan? 

 

Oxirgi savolga Falesning aniq javobi bor edi, yani uning fikriga kwra, bizni 



wrab turgan olamning tasviriga aniqlik kiritish mumkin edi. Endi bu boshlang’ich 

modda edi, yani element qanday kwrinishda bwlishi mumkinligini aniqlash kerak 

edi.  

 Fales 


bu 

element (boshlang’ich modda) - suv bwlishi kerak, deb aytgan edi. 

Suv quruqlikni wrab turadi, h’avoni bug’ bilan twyintiradi, er qaridan buloqlar va 

darёlar bwlib chiqadi, demak - suvsiz h’aёtning wzi bwlmaydi. Fales Erni, yarim 

sfera shaklidagi osmon qopqog’i bilan qoplangan, cheksiz suv okeanida suzaёtgan 

tekis disk shaklida bwladi, deb tasavvur qilgan.  

 

Keyingi yuz yillikda astronomlar; osmon - yarimsfera emas, balki sferadir va 



Er h’am sfera shaklida bwlib, osmon sferasidagi bwshliqning markazida osilib 

turibdi, degan xulosaga kela boshlashdi. 

 

Kadimgi greklar vakuum (mutloq bwshliq) ning mavjut ekanligini tasavvur 



qilisha olmadi va shuning uchun h’am, ular osilib turgan Er va olisdagi osmonning 

wrtasida bwshliq bwlishiga ishonishmas edi.  

 

İnson olib borgan kuzatishlarga kwra, er bilan osmonning wrtasidagi 



bwshliqning bir qismi h’avo bilan twlgan ekan, demak h’avo h’amma joyda 

mavjud, deb faraz qilish mumkin. Balki mana shunday fikrlar natijasida Miletlik 

qadimgi grek faylasofi Anaksimen (eramizdan avvalgi 585-525y.). Koinotning 

asosini – h’avo tashkil  qiladi, degan xulosaga kelgandir. Anaksimen, Koinotning 

markaziga qarab ywnalgan h’avo, ancha zich va qattiq bwlgan moddalarning turli 

xil kwrinishlari – suv va erni h’osil qilib siqiladi, deb tasavvur qilgan. Milet bilan 

qwshni bwlgan Efes shah’ridan bwlgan boshqa bir qadimgi grek faylasufi  Geraklit 

(540-475y. eramizdan avvalgi) bu savolga boshqacha ёndoshdi. Agar Koinot 

wzgarishga moil bwlsa, deb fikrladi u, unda boshlang’ich modda izlashni 


 

6

substantsiyani izlash bilan bog’lash kerak, substantsiya uchun wzgarish ancha 



xarakterlidir. Geraklit, bunday substantsiya - doimo wzgaruvchi va h’amma 

narsani wzgartiruvchi olov bwlishi kerak, deb tah’min qildi.    

 

Anaksimen davrida forslar İoniya darёsining qirg’oqlarini bostirib olishdi. 



Forslarning h’ukmronligidan ozod bwlish uchun greklar qwzg’olon kwtarishdi, 

ammo qwzg’olon bostirildi. Bu qwzg’olondan keyin forslarning greklarga nisbatan 

bwlgan nafrati va zulmi yanada oshdi, bu esa fanning rivojlanishiga albatta wz 

tasirini kwrsatdi. Forslardan qutilish uchun endi ioniyaliklar g’arbga qarab 

qochishdi. Eramizdan avvalgi 529 yilda wz yurtini Samos va Pifagor (er. av. 532-

497 y. ga yaqin) h’am tashlab ketishga majbur bwlishdi. Ular filosofiya maktabiga 

asos solgan janubiy İtaliyaga ketishdi.     

 

Agrikentda yashagan grek faylasufi Empedokl (er.av. 490-430) h’am Pifagor 



qarashlarining tarafdorlaridan bwlgan. U h’am olam paydo bwlishining asosida 

qaysi modda ёtadi, degan savol ustida ancha wylandi.   İoniyaliklarning h’ech bir 

nuqtai-nazarini u maqul kwrmadi. Nega olamning asosi bitta modda bwlishi kerak?  

Nima uchun twrtta emas, yani boshlang’ich modda Geraklitning olovi, Aneksimen 

h’avosi, Falesning suvi va boshlang’ich modda qatoriga Empedoklning wzi 

kiritgan er mavjud bwla olmaydi? 

 

Twrtta boshlang’ich modda mavjudligi h’aqidagi Empedoklning tasavvurini  



Stagiralik ulug’ qadimgi grek faylasufi Aristotel h’am qwllab-quvvatladi. Aristotel 

twrtta unsur–elementni material substantsiya emas, balki bor-ywg’i malum bir sifat 

belgilari – issiqlik, sovuq, quruqlik va namni tashuvchilar, deb h’isoblar edi. 

Unsur-elementlarning h’ar biri ikkitadan xossaga egadir. Aristotel sxemasida twrtta 

kombinatsiya: olov – issiq va quruq, h’avo - issiq va nam, er - sovuq va quruq, suv 

- sovuq va namga ajratilgan edi. 

 

Aristotel yana bitta muh’im qadam qwydi. U h’ar bir element wziga xos 



tabiiy sifati bilan xarakterlidir, deb tariflagan. Masalan, olov – kwtariladi, er esa 

pastga tushadi. Biroq osmon jismlarining xossalari erda paydo bwlgan h’ar qanday 

moddaning xossalaridan farq qiladi. Tushmasdan va kwtarilmasdan osmon 

jismlari, Erning atrofida doimo aylanib turgandek kwrinadi. 

 

Shunday qilib, Aristotel koinot «beshinchi element»dan iborat ekanligini 



isbotlashga urindi. Bu elementni u efir («yarqiramoq»  degan  manoni bildiradigan 

swzdan olingan, chunki yaltirash - koinot jismlariga xos bwlgan xususiyatdir) deb 

nomladi. Koinot wzgarmas bwlib kwringanidek, Aristotel, efir erdagi twrtta 

mukammal bwlmagan elementlardan mukammalligi, tugamasligi va mutlaqo alo 

ekanligi bilan xarakterlidir.  

 

Twrt unsur-elementlar h’aqidagi tasavvur insonlarning ongida ikki ming 



yillik vaqt davomida h’ukmronlik qildi, va nih’oyat undan fan yuz   wgirdi. 

«Beshinchi element»ga kelsak, h’ozirgi kungacha biror narsaning eng sof va eng 

kontsentrlangan formasini  «kvintessentsiya» deb aytamiz. 

Grek atomistikasi. 

Grek faylasuflarini yana boshqa bir masala, yani 

materiyaning bwlinishi h’aqidagi masala wylantirar edi. Wrtasidan bwlingan ёki 

kukun h’olatigacha maydalangan tosh, h’ar bir zarrachasini yanada kichik 

zarrachalarga ajratganida toshligicha qoladiku! Bunday bwlinishning chegarasi 

bormi? degan savol  qiziqtirardi. 



 

7

 



İoniyalik Levkipp (er.av. 500-440 y. yaqin) birinchi bwlib, qanchalik kichik 

bwlmasin, materiyaning h’ar bir qismini yanada kichik zarrachalarga bwlish 

mumkinmi? degan savolga javob izlardi. Levkipp, bunday bwlish natijasida, 

shunday kichik zarrachani h’osil qilish mumkinki, oqibatda uni yanada mayda 

zarrachalarga bwlishi mumkin bwlmay qoladi, deb h’isoblagan. 

 

Levkippning shogirdi Abderalik Demokrit (er. av. 470-360 y. yaqin) 



ustozining bu fikrini yanada rivojlantirdi. U mana shu kichik zarrachalarni atomos

«bwlinmas» deb nomladi va bu terminni biz h’am qabul qilganmiz. Materiya 

kichik zarrachalardan tuzilgan va materiyaning bwlinishi malum bir chegaragacha 

davom etishi mumkin, degan qarashlar atomistika, yani atomistik nazariya deb 

ataladi. 

 

Demokritgacha, h’ar bir elementning atomi wziga xos shakl va h’ajmga ega 



va elementlarning xossalaridagi farq aynan shu bilan tushuntiriladigandek edi. Biz 

kwrib, h’is qiladigan real jismlar, turli xil elementlar atomlarining birikmasidir, va 

bu birikmaning tabiatini wzgartirib, bir jismni boshqa bir jismga aylantirish 

mumkin.  

 

Bularning h’ammasi zamonaviydek yangraydi, biroq Demokrit wz 



nazariyasini tajriba ywli bilan mustah’kamlamagan. Kadimgi grek faylasuflari 

umuman tajribalar wtkazishmagan, ular h’aqiqatni bah’s-munozaralarda, “ilk 

sabablar” dan kelib chiqib izlashgan. 

 

Kwpchilik faylasuflar (va ayniqsa Aristotel) uchun, yanada kichik 



zarrachalarga ajratib bwlmaydigan, material zarracha h’aqidagi fikrlar paradoks 

ediki, ulardan birortasi h’am buni qabul qabul qilishga jurat etolmadi. Atomistik 

nazariya, Demokritdan keyin ikki ming yil davomida ommaviy bwlmay qoldi. Bu 

h’aqda deyarli h’ech kim eslamas edi.  

 

Biroq, baribir atomistik kontseptsiya butunlay ywqolib ketgani ywq. 



Kadimgi grek faylasufi Epikur (er.av. 342-270y. oxiri) wzining qarashlarida 

atomizmdan foydalandi, epikurchilar esa keyingi asrda h’am wzlarining 

tarafdorlariga ega edilar. Shulardan biri qadimgi rim shoiri Tit Lukretsiy Kar 

(er.av. 95-55y. yaqin) edi. U Demokrit va Epikurlarning atomistik qarashlarini 

“Narsalarning tabiati h’aqida” («De Rerum Natura») poemasida baёn qilgan, bu 

poema, kwpchilikning fikrlariga kwra qachonlardir ёzilgan didaktik poemalarning 

ichidagi eng yaxshi ёzilgan asardir. 

 

Xar h’olda wsha vaqtda Demokrit va Epikurning ishlaridan faqat tsitata va 



parchalar qolgan edi, Lukretsiyning poemasi esa twliq saqlanib qolgan va atomistik 

nazariyani, yangi ilmiy metodlar kurashga kirgan vaqt kelguncha, etkazib berdi. 



Alximiya  (Aleksandriya). Aleksand Makedonskiy (er.av. 323y.) ning wlimidan 

keyin, uning ulkan imperiyasi parchalanib ketdi, biroq greklarning tasiri 

oldingidek, Yaqin va Wrta Sharqning keng h’ududlarigacha tarqalgan edi. Keyingi 

bir necha asrlar (“ellin davri”) bu viloyatlarda madaniyatning kwchishi sodir 

bwlaёtgan edi. Aleksandr Makedonskiyning bosh qumondonlaridan biri Ptolomey-

Soter Misrda joylashib oldi. Davlatning poytaxti Aleksandriya shah’rida Ptolomey 

“Museyon” muz eh’romiga asos soldi, uning qoshida eng boy kutubxona tashkil 

qilingan edi.  



 

8

 



İoniya maktabining qadimgi grek faylasuflari (Fales, Anaksimandr, 

Anaksimen, Geraklit) butun borliqning birligi h’aqidagi g’oyani ilgari surish bilan 

birga, shu vaqtning wzida din bilan tabiatni bilishni ajratishar edi.  

 

Misrliklar esa amaliy ximiyani juda puxta egallagan bwlishlariga 



qaramasdan, uni bilimlarning mustaqil soh’asiga ajratishmas edi. Ximiya qadimgi 

Misrda koh’inlarning “iloh’iy sirli sanati” ga kirar edi. Nodir toshlarga ishlov 

berish va bu toshlarning yasamasini yasash, murdalarni mumiёlashtirish va boshqa 

umuman olganda, mutlaqo sirli bwlmagan operatsiyalar duolar va kalimalar 

ёrdamida amalga oshirilar edi. Ximiyaning xudosi deb, misrliklar qwshboshli xudo 

– Ozirisni h’isoblashar edi. Misrliklarning amaliy ximiyadan bilgan bilimlari 

greklarni lol qoldirdi, va ularning aniq bilimlarini qabul qila turib, ularning mistik 

tasavvurlarini h’am qabul qilishdi.  (Ular h’attoki greklarning xudosi Germesni 

Oziris bilan wxshatishdi). Shuning uchun misrliklarning amaliy ximiyasi bilan 

greklarning naturfilosofiyasining birikishi, umuman olganda, samara bermadi.  

 Kadimgi 

davrda 


khemeia santi din bilan qattiq bog’langan bwlsada, oddiy 

h’alq bu sanat bilan shug’ullanganlardan qwrqishar edi. Ularga “ximiklar” sirli 

sanat va h’avfli bilimlarni egallagan bwlib kwrinar edi. Yani twg’risini aytganda, 

qwrquv  khemeia bilan shug’ullanuvchilarni, wzlarining ёzma fikrlarini sirli 

belgilar bilan  baёn qilishga majbur edardi. Bu esa yanada sirlilik tuyg’usini 

kuchaytirardi.  

 

Wsha davrda doimo wzining joyini wzgartiradigan va shuning uchun h’am 



“planeta” (“sayr qiluvchi yulduzlar”) deb nomlangan ettita koinot jismlari malum 

edi. Shuningdek, ettita metall: oltin, kumush, mis, temir, qalay, qwrg’oshin va 

simob h’am malum edi. Shundan keyin nima uchun ularni juftliklarga ajratmas 

ekanmiz? deb, aynan shunda oltinni quёsh bilan, kumushni Oy bilan, misni Venera 

bilan va h’.k. taqqoslash mumkinku. Simob Merkuriy planetasining nomidan kelib 

chiqqan, chunki simob - bu metallning zamonaviy nomi, qadimgilar esa simobni - 



hydrargyrum, yani “suyuq kumush”, deb atashardi. Kimёviy wzgarishlar mifologik 

tasavvurlar bilan tushuntirilardi. Bu tasavvurlarning tasiri bugungi kunda h’am 

seziladi.  

 

Ximiya tilining u ёki bu xildagi noaniqligi ikkita salbiy oqibatlarga ega edi. 



Birinchidan, u rivojlanish (progress)ga twsqinlik qilar edi. Chunki bu soh’ada 

ishlaydigan h’ar bir inson noaniqlikda bwlib h’amkasblari nima bilan 

shug’ullanaёtganligidan bexabar edi. İkkinchidan, h’ar qanday kwzbwyamachi ёki 

ёlg’onchi, notwg’ri tushuntirish berish sharti bilan wzini jiddiy olim qilib 

kwrsatishga urinar edi. Olimni kwzbwyamachidan ajratish ancha mushkul edi.  

 

İsmi bizgacha etib kelgan, grek-misr   khemeiasining birinchi vakili Bolos 



(er.av.200y yaqin) Nil deltasi ёnidagi Mendedan edi. Bolos wzining ishlarida 

Demokritning ismidan foydalangan, shuning uchun uni «Bolos-Demokrit» ёki 

ayrim h’olatlarda “Psevdo-Demokrit” deb aytishadi. Bolos wzini khemeiada wsha 

davrda eng muh’im bwlgan masalalardan biri - bir metallni boshqasiga aylantirish 

va shuningdek, qwrg’oshin ёki temirni oltinga aylantirish (transmutatsiya)ga 

bag’ishladi. 

 

To’rtta element h’aqidagi nazariyaga muvofiq, Erdagi turli xil moddalar 



elementlarning tabiatiga qarab ajratilgan. Bu gipotezani, atomistik nazariyaga 

 

9

bog’lamasdan qabul qilish mumkin, Chunki elementlar atomlar kabi ёki bir jinsli 



moddalar kabi aralashib ketishi mumkin edi. Xaqiqatdan h’am, elementlarning 

wzlari bir-birining wrnini bosishi h’aqidagi farazlar, asossiz emas edi. Suv 

bug’langanda h’avoga aylanishini , u esa wz navbatida, ёmg’ir  ёqqanda suvga 

aylanishini h’aqiqatga twg’ri keladi, deb ywl qwyish mumkin edi. 

Yuz yillar davomida kimёgarlar oltin olish usullarini ishtiёq bilan topishga 

h’arakat qilganlar. Bolos wzining ishlarida  oltin olish usulini mukammal tariflab 

ёzgan, uning bu ishlari kwzbwyamachilik emas edi. Masalan, misni ruh’ metali 

bilan eritib, sariq rangli qotishma – latun olish mumkin edi. Kadimgi tadqiqotchilar 

uchun, oltin rangidagi metallni olish, oltinni olish degan tushuncha bwlgan edi.  

Ammo qadimgi Rim davrida grek madaniyatining qwlashi, khemeia sanatiga 

wz tasirini kwrsatdi. Eramizdan avvalgi 100 y. dan keyin qadimgi bilimlarga 

yangilari deyarli qwshilmadi, biroq eski mualliflarning ishlari mistiq ruh’da tez-tez 

tushuntiriladigan bwlib qolgandi. 

Masalan, 300 yilda misrlik Zosima 28 kitobdan iborat bwlgan entsiklopediya 

ёzdi. Bu entsiklopediya khemeiadan twplangan, wtib ketgan besh ёki olti asr oldin 

yig’ilgan, barcha bilimlarni  qamrab olgan edi. Bu entsiklopediyaning qiymati 

unchalik yuqori emas edi. Albatta, unda kwpgina qiziqarli malumotlarni topish 

mumkin edi, masalan, qisman mishyak h’aqida. 

Zosima qwrg’oshin atsetat olish usulini baёn qilgan: u bu zah’arli birikma 

shirinroq tamga (“qwrg’oshli shakar” nomi bizgacha h’am etib kelgan) ega, deb 

aytgan. 

Kwrquv  khemeiaga h’al qiluvchi zarba berdi. Rim imperatori Diokletian 

oltin olishning arzon usuli, qwlaetgan imperiyaning iqtisodiёtini yanada kasodga 

uchratadi, deb qwrqardi.U khemeiadan qilingan ishlarni ywq qilishni buyurdi, bu 

esa, bizgacha bu ishlarning oz qismi etib kelishining sabablaridan biridir.  

Boshqa sababi esa, xristianlik dinining tarqalishi bwldi. khemeia  sanati 

qadimgi misr dini bilan qattiq bog’langanligi uchun, u ayniqsa shubh’ali bwlib 

kwrinardi, tez orada esa umuman mah’fiy bwlib qoldi. 

Kadimgi Rim, qadimgi grek madaniyatidan butunlay orqada qolar edi. 

 


Download 394.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling