O’zbekiston respublikasi oliy va wrta maxsus talim vaziRLİGİ berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 394.54 Kb.
Pdf просмотр
bet2/6
Sana04.08.2017
Hajmi394.54 Kb.
1   2   3   4   5   6

2. Melodning boshlarida 

 

ArablarVII asrda jah’on sah’nasida arablar paydo bwlishdi. Shu paytgacha 

ular Arabiston yarim orolining chwllarida yashar edilar, ammo birinchi ming 

yillikning ikkinchi yarmida islom - yangi din bayrog’i ostida, g’alabali yurishlar 

boshlab, Osiёning g’arbiy va Afrikaning shimoliy viloyatlarini bostirib olishdi. 

Eramizdan avvalgi 641 yilda ular Misrga bostirib kirdilar va tezda butun davlatni 

egallab olishdi, bir necha yildan keyin esa xuddi shunday qilib Fors davlatini h’am 

egalladilar. Ulkan arablar imperiyasi vujudga keldi. 

Kadimgi h’ukmdorlarga taqlid qilgan h’olda, arab xalifalari h’am fanlarning 

taraqqiёtiga boshchiliq qildilar va VII-IX asrlarda birinchi arab kimёgarlari paydo 

bwldi. Arablar khemeia  swzini “al”- khemeua  deb qaytadan nomlashdi. 

Evropaliklar keyinchalik bu swzni arablardan olishib, shundan evropa tillarida 


 

10

alximiya” va “alximik” terminlari paydo bwlgan. “Alximiya” termini ishlatilganda, 



kimёning 300 yildan 1600 yilgacha bwlgan davr tarixi h’aqida gapiriladi. 

khemeia  bilan arablar birinchi marta g’alati bir sharoitda tanishishdi. 670 

yilda Konstantinopol (xristianlar olamida eng katta va kuchli shah’ar) da turgan 

arab flotining kemalari “greklar olovi” - ёnganda kuchli alanga h’osil qiladigan va 

suv  ёrdamida wchirib bwlmaydigan, kimёviy aralashma bilan ёndirildi. 

Aytishlaricha, bu aralashmani khemeia bilan shug’ullanuvchi,  arablardan qutulish 

maqsadida wz vatani Misr (ёki Suriya bwlishi mumkin) dan qochgan  Kallinik 

tayёrlagan edi. 

Ximiyaning evropacha tarix sah’ifalari, 300 va 1100 yillarni qamrab olgan 

davr oralig’i, deyarli bwm-bwshdir. 650 yildan keyin grek-misr alximiyasining 

rivojlanishini arablar twliq nazorat ostiga olishdi, bu besh asr davomida shunday 

davom etdi. Bu davrning izlari bir qator arabcha negizli kimёviy terminlarda 

saqlanib qolgan: alembic (h’aydash kubi), alkali 

(ishqor), alcohol (cpirt), carboy (shisha idish), narhta (ligroin),  zircon (tsirkoniy) 

va h’okazo. 

 

Evropada Geber nomi bilan mashh’ur bwlgan, eng iqtidorli va mashh’ur 



arab alximigi Djobir ibn Xayёn (721-815) edi. U arablar imperiyasining gullab-

yashnagan davri (“Ming bir kecha”da tanilgan Xorun al-Rashid davrida) yashagan. 

Jobir nashatir spirtini tavsiflab  berdi va qwrg’oshinli belilani tayёrlash usulini 

kwrsatdi. U wsha davrda malum bwlgan kislotalardan eng kuchlisi - sirka 

kislotasini olish usulini yaratgan. U nitrat kislotaning kuchsiz eritmasini olishga 

muvaffaq bwldi. Djobir metallarning transmutatsiya imkoniyatlarini wrgandi, 

uning bu tadqiqotlari alximiklarning kelgusi avlodlariga kuchli tasir kwrsatdi. 

Djobir simobni wziga xos metall, deb h’isobladi, chunki simob suyuq h’olatda 

bwlganligi sababli, tarkibida aralashmalar miqdori kam bwladi. Oltingugurt h’am 

xuddi shunday wziga xos xossalarga ega: u alangalanishga qobildir (shuningdek, u 

oltin kabi sariqdir). Djobir, qolgan ettita metallning barchasi er qarida «etilaёtgan» 

simob va oltingugurt aralashmasidan h’osil bwladi, deb h’isoblar edi. Ancha 

mukammal bwlgan metall - oltinning h’osil bwlishi h’ammasidan h’am qiyindir. 

Shuning uchun, oltinni olish uchun, oltinni “etilishini” tezlatadigan moddani topish 

kerak edi.  

 

Kadmigi naqllarda aytilishicha, bu modda quruq kukun h’olida bwladi. 



Greklar uni xerion  yani “quruq” deb atashardi, arablar uni al-iksir deb 

wzgartirishida  va nih’oyat evropaliklarning tillarida eleksir swzi paydo bwldi. 

Evropada bu ajoyib modda falsafiy tosh, degan nomni oldi (1800 yilgacha barcha 

“olimlar”ni “faylasuf”, deb atalishini  eslaylik). Eliksir boshqa ajoyib h’ossalarga 

h’am ega bwlishi kerak edi. Masalan, barcha kasalliklardan davolash kerak edi va 

eng asosiysi, mangu, abadiy h’aёtni berishi kerak edi. Natijada, keyingi yuz 

yilliklarda alximiklar ikkita parallel bwlgan ywldan borishdi: bir xillari – oltinni 

izlashardi, boshqalari esa – abadiy h’aёtni bag’ishlovchi, h’aёt eliksirini izlashar 

edi.  

 

Evropada Razes  nomi bilan mashh’ur bwlgan  boshqa bir arab alximigi ar-



Roziy (865-925) tibbiёt va alximiya bilan shug’ullangan. U h’am Djobir kabi 

mashh’urlikka erishdi. Ar-Roziy gips tayёrlash va singan suyakning bir-biri bilan 



 

11

birikishi uchun, gipsli taxtakach qwyish usulining metodikasini baёn qilgan. Djobir 



oltingugurtni  ёnish printsipi, simobni – metallik printsipi sifatida qarar edi. Ar-

Roziy esa bu ikkala printsipga uchinchi -tuz, yani, qattiqlik printsipini kiritdi. 

Uchuvchan simob va alangalanuvchan oltingugurt faqat uchinchi komponent – tuz 

ishtirokida  qattiq moddalarni h’osil qiladi degan fikrni berdi. 

 

Djobirga nisbatan ar-Roziy tibbiёtga kwproq qiziqar edi, biroq eng mashh’ur 



tabib buxorolik İbn-Sino (980-1037 y. yaqin) edi. İbn-Sino lotinlashgan Avitsenna 

nomi bilan kwproq tanilgan. Uning asarlari kwp asrlar davomida tibbiёtchilar 

uchun muh’im qwllanma bwlib xizmat qildi. Alximiklar orasida faqat Avitsenna  

oltinni boshqa metallardan olish mumkinligiga ishonmas edi. 



Evropada wyg’onish. 1096 yilda birinchi xristianlar salib yurishlari boshlandi; 

1099 yilda xristianlar İerusalemni qwlga kiritishdi. Deyarli ikki yuz yil Suriya 

qirg’oqlarida xristianlar davlati kun kechirdi. Madaniyatning biroz kuchayishi 

sodir bwldi va Evropaga qaytgan  bir nechta xristianlar, evropaliklarni arab 

fanlarining yutuqlari bilan tanishtirdi. Shu vaqtning wzida, arablar tomonidan VIII 

arsning boshlarida bosib olingan İspaniyani, xristianlar  wzlariga asta-sekin 

qaytarib olishdi. Shu janglar paytida xristianlarning Evropasi ajoyib 

mavritaniyaning tsivilizatsiyasi h’aqida bilib olishdi. Evropaliklar, arablar wzlari 

tomonidan tarjima qilingan grek olimlari, masalan, Aristotel va wzlarining 

olimlari, masalan, İbn-Sinoning ilmiy asarlari kabi bebah’o asarlar soh’iblari 

ekanliklarini bilib qolishdi. 

 

Uzining ashaddiy dushmaniga bunchalik qimmatli asarlarni berishni 



h’oh’lamagan arablarning qarshiligiga qaramasdan, bu ishlarni lotin tiliga tarjima 

qilishga urina boshlashdi. Bu boshlanishga, 999 yilda Silvestr II papasi bwlgan, 

frantsuz olimi Gerbert (940-1003 y. yaqin) h’ar tomonlama ёrdam berdi.  

 

Chesterlik ingliz olimi Robert alximiyadan qilingan arabcha asarlarni lotin 



tiliga tarjima qilaёtganlar orasida birinchi bwlib tarjima qildi (1144 yilga yaqin). 

Uning anchagina izdoshlari topildi. İtaliyalik Gerard Kremonskiy  eng zwr 

tarjimon edi. (1114-1187y.yaqin). U umrining kwp qismini xristianlar tomonidan 

1085 yilda kurashib, qaytarib olingan İspaniyaning Toledo shah’rida wtkazgan va 

arab tilidan 92 ilmiy asar (traktat) ni tarjima qilgan. 

 

1200 yildan boshlab evropalik olimlar wtmishdagi  alximiklarning merosi 



bilan tanishishgach, bilishning mashaqqatli ywlidan yanada olg’a qadam tashlab 

siljishga urinib kwrishlari mumkin edi.  

 

Kwproq Albertus Magnus (Buyuk Albert) nomi bilan mashh’ur bwlgan 



Albert Bolshtedskiy (1193-1280 yaqin) birinchi atoqli evropalik alximik edi. U 

Aristotelning asarlarini astoydil wrgandi, va aynan uning sharofati bilan oxirlab 

qolgan wrta asr va Yangi Davr boshidagi olimlar uchun Aristotelning falsafasi 

wziga xos axamiyatga ega bwldi. 

 

İngliz olimi monax Rodjer Bekon  (1214-1292) buyuk Albertning 



zamondoshi, bugungi kunda eksperiment ishlari va ularga qilingan matematik 

metodlarning ilovasi fan taraqqiёtining garovidir, degan qatiy ifodalangan ishonchi 

tufayli tanilgan edi. U h’aq edi, ammo olam bunga tayёr emas edi. Bekon 

bilimlarining umumiy entsiklopediyasini ёzishga urindi va wz ishlarida portlovchi 

moddani birinchi tarifini berdi. Bazida uni portlovchi moddani kashfiёtchisi 


 

12

deyishadi, biroq bu h’aqiqatga yaqin emas, chunki h’aqiqiy kashfiёtchi 



nomalumligicha qolgan. 

 Bekonning 

zamondoshlari 

bwlgan, 


wrta asr alximiklari-Villanovolik 

ispaniya vrachi-Arnold (1240-1311 oxiri) va Daymund Lulliy (1235-1313) larning 

asarlari alximiyaning mistik ruh’i bilan sug’orilgan (biroq, h’aqiqatdan h’am ular 

bu asarlarning mualliflari ekanligi shubh’alidir). Bu ishlar, asosan transmutatsiyaga 

bag’ishlangan. 

 

3.Wrta asrlarda 



 

 

Alximiyaga wz h’issasini qwshgan wrta asr alximiklaridan birining nomi 



noaniqligicha qoldi: u wzining ishlarini, wzidan olti asr oldin yashagan arab 

alximigi Djobir nomidan ёzar edi.. Bu “Djobir” taxminlariga kwra, ispaniyalik 

bwlib, XIV asrda yashagan. Djobir bugungi ximiyaning eng muh’im birikmasi 

bwlgan - sulfat kislotaga birinchi bwlib tarif berdi. Shuningdek, u qanday qilib 

kuchli nitrat kislota h’osil bwlishini ёzgan. Usha vaqtda oldin aniqlangan 

kislotalarni, masalan, sirka kislotasini, wsimlik ёki h’ayvonlardan olingan 

moddalardan ajratib olingan bwlsada, sulfat va kuchli nitrat kislotasini 

minerallardan ajratib olishar edi. 

 

Kuchli mineral kislotalarning kashf etilishi kimёda erishilgan yutuqlardan 



eng muh’imi bwlib h’isoblandi. Kuchli mineral kislotalardan foydalanib, evropalik 

kimёgarlar kwpgina yangi reaktsiyalarni amalga oshira olishdi va shuningdek, ular 

qadimgi greklar va arablar erita olmagan ayrim moddalarni erita olishdi (chunki 

greklar va arablar eng kuchli kislota sifatida sirka kislotani h’isoblashgan). 

 

İnsoniyatga mineral kislotalar oltinga nisbatan, agarda uni transmutatsiya 



ywli bilan olishni wrganishganda, kwproq foyda keltirar edi. Agar oltin kamёb 

metall bwlmay qolganda, uning qiymati ywqolgan bwlar edi. Biroq mineral 

kislotalarning qiymati, u qanchalik arzon va kamёb bwlsada, shunchalik oshib 

beraveradi. Afsus, insonning tabiati shunday – mineral kislotalarning kashf etilishi 

uning h’issiёtiga h’ech qanday tasir kwrsata olmadi va u va oltin izlashni davom 

ettirdi. 

 

Vaqt wtaverdi, alximiya esa uchinchi marta qaytadan yuzaga kela boshladi 



(birinchi marta greklarda, ikkinchi marta - arablarda). Oltin topish uchun qilingan 

izlanishlar kwpgina kwzbwyamachilarning ishi bwlib qoldi,  h’attoki 

taraqqiylashgan XVII asrda buyuk olimlar (masalan, Boyl va Nyuton) bu soh’ada 

yutuqqa erishishga h’arakat qilishga intilishdi. 

 

Va yana, xuddi Diokletian davridagidek, alximiyani wrganish taqiqlab 



qwyildi. Bunday taqiq ikkita maqsadda edi: oltinni qiymati tushishiga ywl 

qwymaslik (balki tasodifan transmutatsiya amalga oshsa!) va kwzbwyamachilikka 

qarshi qattiq kurashish kerak edi. 1317 yilda İoann XXII papasi alximiyani 

anafemaga sotdi, va rostgwy alximiklar nima bilan shug’ullanaёtganliklari h’aqida 

yanada sirli ravishda tushuntirishadigan bwlishdi. 

 

Biroq wzgarishlar shamoli evropada allaqachon esa boshlangan edi. 1204 



yilda Sharqiy – Rim imperiyasining poytaxti bwlgan Konstantinopol salibchilar 

(krestonosets) tomonidan varvarlarcha buzib tashlandi va wsha davrgacha saqlanib 



 

13

qolgan grek madaniyatining kwpgina ёdgorliklari butunlay ywq qilindi. 1261 yilda 



greklar shah’arni qaytarib olishdi, biroq uning oldingi kwrkidan asar h’am 

qolmagan edi.  Keyingi ikki yuz yillikda turk h’ukumdorining askarlari shah’arga 

yaqinlashib kela boshladi va 1455 yilda Konstantinopol tor-mor etildi h’amda 

butunlay turklarniki bwlib qoldi. Turklarning bosqinlaridan  qutulish maqsadida 

grek olimlari Evropaga qochishdi, va wzlari bilan olib kelgan bilimlari va qadimgi 

grek fanining ananalari Evropada ilm-fanning rivojlanishiga kuchli tasir kwrsatdi.  

Shunday qilib, Evropada buyuk kashfietlar va izlanishlar davri boshlandi.  

 

XIII asrda magnitli kompas kashf etildi va dengizda suzish rivojlana 



boshladi. Oldiniga Afrika qirg’oqlarini wrganish ishlari wtkazildi, 1497 yilda esa 

bu qita atrofida saёh’atlar amalga oshirildi. Evropa, musulmon davlatlarining 

aralashuviga tayanmasdan, Xindiston va shu h’ududdagi boshqa davlatlar bilan 

savdo-sotiq olib bordi. Evropaliklar buyuk grek faylasuflari bilmagan kwpgina 

yangi narsalarni bilib olishdi h’amda, ular greklar h’am boshqa odamlar singari 

oddiy odamlar ekanligini va ular h’am h’atoga ywl qwyishi mumkinligi, shuning 

uchun ularning barcha qarashlarini twg’ri deb h’isoblash shart emasligini asta-

sekin h’is qila boshlashdi. Evropaliklar wzlarining ustunliklarini kemasozlik 

soh’asida isbot qilishdi va boshqa soh’alarda h’am ustunliklarini kwrsatishga 

urinib kwrinishdi.  

 Shu 

“kashfiёtlar asri” da nemis kashfiёtchisi  İogann Gutenberg (1397-



1468y. oxiri) birinchi matn bosadigan uskunani yaratdi. Bu uskunadagi 

h’arakatlanuvchi literalarni matn qilib yig’ib, h’ar qanday kitobni chiqarish 

mumkin edi. Tarixda birinchi marta arzon kitoblarni va etarli miqdorda chiqarish 

imkoniyati tug’ildi. Birinchilar ichida Lukretsiyning poemasi chiqarildi, va bu 

poemaga kwra Evropada atomistik talimot keng tarqaldi. 

 

1543 yilda, mualiflari wsha davrda mavjud bwlgan qarashlarni qwrqmasdan 



ёritgan (ёzgan) 2 ta kitob nashr qilingan edi. Shu kitoblardan   birining muallifi 

polyak astronomi Nikolay Kopernik (1474-1543) edi. U, qadimgi astronomlardan 

farqli ravishda Koinotning markazi Er emas, balki Kuёshdir, deb takidlar edi. 

İkkinchi kitobning muallifi flamandiyalik  anatom Andrey Vezaliya (1514-1564) 

odam anatomiyasini juda aniq tariflab, aytib bergan. Uzining shaxsiy kuzatuvlariga 

tayangan Vezaliyaning ishlari qadimgi grek manbalaridan kelib chiqqan kwpgina 

qarashlarni inkor qilar edi.  

 

Bunday grek astranomiyasi va meditsinasining bir vaqtda rad etilishi, 



alximiya dunёsiga asta-sekin, asosan mineralogiya va meditsinada namoёn bwlib, 

yangi ilmiy revolyutsiyaning boshlanishini bildirar edi.  



Alximiyaning tugashi. Kimё masalariga umuman wzgacha qarashlar ikkita 

zamondosh vrach – nemis Georg Bauer (1494-1555) shveytsariyalik Teofrast 

Bombast fon Gogengeymning (1403-1541) ishlarida namoёn bwlgan.  

 

Kwprog’i, Agrikol nomi bilan (lotin tilidan tarjima qilinganda, “deh’qon” 



degan manoni bildiradi) mashh’ur  bwlgan Bauer mineralogiya va uning meditsina 

bilan bog’lanishi mumkin bwlgan tomonlarini wrganishga qiziqdi. Bunday 

bog’lanishni uchratish (vrach-minerolog kabi) wsha davr va keyingi 2 yarim yuz 

yillikdagi kimё uchun xarakterlidir. 1556 yilda nashr qilingan “Metallurgiya 



 

14

h’aqida” (“De Re Metallice”) kitobida Agrikola wsha davrdagi konchilardan bilib 



olgan bilimlarini sistemaga soldi. 

 

Ravon (sodda, tushunarli) tilda ёzilgan,shaxta uskunalarining rasmlari 



chiroyli ilovalangan bu kitob, tezda mashh’ur bwlib ketdi va bizning davrimizda 

h’am klassik asarlardan biri bwlib h’isoblanadi. Bu asar kimёviy texnologiya 

bwyicha, 1700 yilgacha paydo bwlgan eng muh’im ah’amiyatga ega bwlgan asar 

h’isoblanadi. Bu kitob nashr qilingan davrdan boshlab mineralogiya fan sifatida tan 

olindi.  (Metallurgiya va amaliy kimёdan, Agrikologacha ёzilgan eng noёb kitob 

sifatida, taxminan X asrda yashagan grek   monaxi Teofilning asarlari h’isoblanar 

edi). 

 

Fon Gogengeym tarix sah’ifalariga wzi tanlagan  Paratsels, yani «Tselsdan 



wtuvchi» degan nom  bilan kirib keldi. Tsels - meditsina h’aqida asarlar ёzgan, 

qadimgi rim olimi edi. Uning asarlari wsha davrda katta ah’amiyatga ega bwlgan 

ishlardan biri edi.  

 Paratsels, 

İbn-Sino kabi, alximiyaning asosiy masalasi – oltin olish ywllarini 

izlash emas, balki dori vositalarini tayёrlash, deb h’isoblar edi. Paratselsgacha, 

wsimliklardan tayёrlangan preparatlardan   dori vositalari sifatida foydalanishgan, 

biroq Paratsels minerallardan tayёrlangan dori vositalarining effekti (tasiri) 

kuchliroq ekanligiga juda qattiq ishonar edi. Transmutatsiya g’oyasiga negativ 

munosabatda bwlishiga qaramay, Paratsels eski maktab alximigi edi. U twrt unsur 

h’aqidagi qadimgi grek talimotini va uchta printsip - element (simob, oltingugurt 

va tuz) h’aqidagi arablarning talimotini qabul qilar edi va h’aёt eliksirini izlar edi 

(h’atto, uni topdim deb taqidlar edi). Paratsels rux metalini kashf qildim, deb qattiq 

ishonar edi, ammo rux ruda tarkibida va mis bilan bwlgan qotishmasi (latun) 

tarkibida qadimdan malum bwlishiga qaramasdan, ayrim vaqtlarda uni, ruxning 

kashfiёtchisi deb h’am h’isoblashadi. Paratselsning ishlari uning wlimidan swng, 

h’atto yarim asr wtgandan keyin h’am tortishuvlarga sabab bwlar edi. Paratselsning 

izdoshlari wzlarining ustozining qarashlaridagi mistik mazmunni kuchaytirishdi va 

ulardan ayrimlarini h’atto diniy aqidalargacha olib kelishdi, bu esa alximiklar  

aniqlik  va ratsionalizmga intila boshlashgan davrda yuzaga keldi.  

 

Nemis vrachi alximik Andrey Libau (1540-1616y. oxiri), lotinlashgan  



Libaviya nomi bilan mashh’ur  bwlgan, 1597 yilda tarixdagi birinchi kimё darsligi 

– “Alximiya” ni nashr qildi.  

 

Libaviya birinchi bwlib xlorid kislota, qwrg’oshin twrt xlorid, ammoniy 



sulfat va “zar suvi” (podsho arog’i) – nitrat va xlorid kislotalarining aralashmasini  

tayёrlashni tariflab bergan. Libaviy eritmani bug’latish natijasida h’osil bwladigan 

kristallarning shakliga qarab, mineral moddalarni aniqlash mumkin, deb h’isoblar 

edi. Biroq u Paratselsning, alximiyaning asosiy masalasi – meditsinaga xizmat 

qilish, degan fikriga qwshilgan bwlsada, shunga qaramasdan u metallar oltinga 

aylanishi mumkinligiga qattiq ishonar edi va oltin olish usulining kashf etilishi 

kimё fanining gulchambari bwlib qoladi, deb h’isoblar edi. Aniq va ravon tilda 

ёzilgan wzining asarlarida Libaviy, “paratselsga tegishli”, deb atagan, noaniq 

nazariyalarga shiddat bilan qarshi turar edi.  

 

1604 yilda nemis nashriёtchisi  İogann  Tёlde, Vasiliy Valentin degan wrta 



asr monaxining (aniqrog’ini aytganda, bu Tёldening laqabi bwlgan bwlishi kerak).  

 

15

“Antimoniyning triumfal g’ildiragi“ deb nomlangan, keng tanilgan  kitobni nashr 



qildi.  

         Kimёning yangi ywnalishida kwproq  tanilgan vakillaridan nemis kimёgari 

İogann Glauber (1604-1668) edi. İxtisosligi vrach bwlgan bu odam, turli xildagi 

kimёviy moddalarning olish usullarini taqqoslashtirish va qaytadan ishlab chiqish 

bilan shug’ullanar edi. Glauber osh tuziga sulfat kislota tasir ettirib, xlorid kislota 

olish usulini ishlab chiqdi. Kislotalarni h’aydagandan keyin qolgan qoldiqni (natriy 

sulfat) sinchiqlab wrgangandan keyin Glauber, bu modda kuchli ich yumshatuvchi 

tasirga ega ekanligini aniqladi. U bu moddani “ajoyib tuz” (sal mirabile) deb atadi 

va uni panatsea, deyarli h’aёt eliksiri deb h’isobladi. Glauberning zamondoshlari 

bu moddani Glauber tuzi deb nomlashdi va bu nom h’ozirgi kungacha saqlanib 

qolgan. Glauber bu va boshqa bir qator tuzlarni, uning fikricha, noёb dori vositasi 

bwlgan tuzlarni tayёrlash bilan shug’ullana boshladi. 

 

Meditsina va minerallar h’aqidagi rivojlanaёtgan fanlar shunchalik daromatli 



va jalb qiluvchi bwlib chiqdiki, oltin olish uchun cheksiz va omadsiz urinishlarga 

vaqt ketgazishga h’ech qanday h’ojat  qolmadi.  

 

Va h’aqiqatdan h’am, XVII  asrda alximiyaning ah’amiyati tushib borar edi, 



XVIII asrda esa u asta-sekin biz h’ozir kimё deb aytadigan fan bwlib qoldi. 

 

4. Wtish  davri  



 

Wlchash.  Tezkor revojlanishga qaramay, kimё fani boshqa bilimlar soh’asidan 

baribir orqada qolaverdi. Masalan, astranomiyada miqdoriy wlchashlarning 

ah’amiyati va natijalarni matematik ishlab chiqishning muh’imligi h’ali qadimgi 

davrdanoq aniqlangan edi. Buni asosan qwyidagicha tushintirish mumkin. 

Kadimgilar  tomonidan kwrib chiqilgan astronomik moddalar nisbatan oson 

bwlgan va ulardan ayrimlarini faqat planimetriyadan  foydalanib h’al qilish 

mumkin edi.  

 

İtaliyalik olim Galileo Galiley (1564-1642),  XVI asrning 90 yillarida 



jismlarning tushishini wrganib, fizikaviy tajribadan olingan malumotni matematik 

jih’atdan  ishlab chiqqan va aniq wlchashlarning muh’im ekanligini birinchi bwlib 

kwrsatdi. U qilgan  ishlarning natijalari, yuz yilcha vaqt wtgandan keyin h’am, 

ingliz olimi İsaak Nyuton (1642-1727) ni muh’im ah’amiyatga ega bwlgan 

xulosalarga olib keldi. Uzining, 1687 yilda nashr qilingan “Matematikaning 

boshlanishi” «Principia mathematica»  kitobida Nyuton, mexanikaning asosini 

qayta ishlab chiqishni yakunlagan, h’arakatning uchta qonunini yaratdi. Bu 

qonunlar asosida keyingi ikki yuz yil ichida klassik mexanika rivojlandi. Shu 

kitobning wzida Nyuton, ikki asrdan kwproq, planeta va yulduzlar sistemasining 

h’arakatini tushuntirib berish uchun h’izmat qilgan va h’ozirgi kungacha klassik 

mexanika tasavvurlari doirasida twg’riligi  (h’aqligi) bilan asoslangan tortishish 

qonunini yaratdi. Tortishish qonunini ishlab chiqishda Nyuton sonlar nazariyasi – 

wzi ishlab chiqqan matematikaning yangi va kuchli soh’asidan foydalandi.  

 

Nyutonning davrida ilmiy revolyutsiya wzining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. 



Kadimgi grek nazariyalarining obrwyi bilinarli darajada tebratilgan edi. G’arbiy 

Evropa olimlarining nazariyalari ulardan ancha ustun edi.  



 

16

 Kimёda oddiy sifat tarifdan chuqur miqdoriy wlchashga wtish Nyuton 



kashfiёtlaridan 100 yil wtgandan keyin amalga oshdi. Biroq shu narsa h’ayratga 

soladiki, klassik astranomiya va fizikaning poydevorini qurgan, gwzalligi va 

buyukligi ilmiy dunёni lol qoldirgan, Nyuton alximiyaning tarafdori edi va 

metallning oltinga aylanish retseptini izlagan edi.  

 

Gap shundaki, Galiley va Nyutonning miqdoriy usullarini kimёga tadbiq 



qilish juda qiyin edi. Chunki, buning uchun kimёviy tajribalarning natijalarini 

matematik jih’atdan qayta ishlab chiqish mumkin bwlishi darajasiga keltirish kerak 

edi.  

 

Ammo shunga qaramasdan, kimёgarlar bir qancha yutuqlarga erishishdi va 



Galiley davridaёq kimёda yaqinlashib kelaёtgan revolyutsiyaning kuchsiz belgilari 

kuzatila boshladi. Bu belgilar masalan, flamandiyalik vrach Yan Batist Van 

Gelmont (1579-1644)ning ishlarida mavjud edi. Van Gelmont miqdori oldindan 

wlchangan tuproqda daraxt wstirar edi va u tuproqqa sistematik ravishda suv 

quyardi va sistematik ravishda daraxtni aniq tortib kwrar edi. Van Gelmont, daraxt 

xosil qiladigan tirik twqima manbaini topishga ishonar ekan, u wlchashni h’am 

kimёda, h’am biologiyada olib borgan, deb aytish mumkin.  

 

Van Gelmontgacha aniqlangan va wlchanilgan h’avosimon modda bu 



boshqa moddalarga wxshamaydigan va xarakterli xususiyatga ega bwlgan 

h’avoning wzi edi. Mana shu sifatga qarab, greklar uni elementlardan biri deb 

“h’avo” ёki “bug’” ga wxshagan narsalarni h’osil qilishgan, biroq qwl bilan ushlab 

bwlmaydigan bu moddalarni wrganish va kuzatish qiyin edi. Ammo sezish oson 

bwlgan. Bu moddalarga xuddi sirli narsalarga qaraganday, munosabatda 

bwlganliklarini h’atto ularning nomlari h’am aytib turibdi. Shunday qilib, masalan 

spirt lotinchadan tarjima qilinganda , “ruh’”, “arvoh’”, “nafas” degan manolarni 

anglatadi. 

Kimёgarlar ichida birinchi bwlib Van Gelmont ayrim reaktsiyalar jaraёnida  

h’osil bwladigan bug’larga etibor berdi va ularni wrganishni boshladi. U bug’lar 

nimasi bilandir h’avoni eslatishini, ammo kwp jih’atlari bilan undan farq kilishini 

aniqladi. U, daraxt ёnganda h’osil bwladigan bug’lar, wzini boshqacha tutsa h’am 

h’avoga wxshashini topdi. 

Bu doimiy h’ajmga ёki shaklga ega bwlmagan h’avosimon moddalar Van 

Gelmontga grek “xaos”ini, yani (grek mifologiyasiga kwra) kosmosda yaralgan 

shaklsiz va tartibsiz moddani eslatar edi. Van Gelmont bu bug’larni “xaos” deb 

atadi, biroq flagmandcha fonetik tuzilishga kwra bu swz gaz kabi talaffuz qilinadi. 

Havosimon moddalarni h’ozirgi kunda h’am shunday atashadi. 

Daraxtning ёnishidan olingan, va wzi chuqur wrgangan gazni u “wrmon gazi” 

(gas sylvestre) deb atadi. Bugungi kunda biz bu gazni uglerod ikki oksidi deb 

ataymiz. Gazlarni materiyaning oddiy shakli sifatida wrganishda, birinchi marta 

aniq wlchashlar texnikasi ishlatildi, yani zamonaviy kimё dunёsiga asosiy ywl 

sifatida h’izmat qilgan h’odisalarning miqdoriy tadqiqotidan foydalanildi. 

Van Gelmont umrining oxiriga kelib, gazlarga va ayniqsa, quproq tarqalgan 

gaz – h’avoga bwlgan qiziqishi tasodifan kuchaydi. 1643 yilda italiyalik fizik 

Evandjelista Torichelli, h’avo balandligi 28 dyuymga teng bwlgan simob ustunini 

ushlab tura olishi mumkinligini kwrsatdi. Barometr ana shunday kashf qilingan. Bu 


 

17

kashfiёtdan keyin gazlar sirli narsalar deb, kam h’isoblanadigan bwla boshladi. 



Aniqlanishicha, ularning suyuqliklar va qattiq moddalardan farqi kichik zichlikka 

egaligidadir. 

Nemis fizigi Otto fon Gerike (1602-1686) atmosfera h’avosi h’am og’irlikka 

ega ekanligini ishonch bilan kwrsatdi. Gerike h’avo nasosini kashf qilgan edi. Bu 

nasos  ёrdamida idish ichidagi  h’avo swrib olingandan keyin idish tashqarisidagi 

h’avoning bosimi idishning ichidagi h’avo bosimidan yuqoriroq bwlib qolardi. 

1654 yilda Gerikening buyurtmasiga kwra, misdan yasalgan ikkita yarim shardan 

iborat (yarimsharlar zich bwlib birikishi uchun yarimsharlarning orasiga 

skipidardagi vosk eritmasi bilan bwktirilgan, teridan tayёrlangan uzukni 

joylashtirgan) bwlgan asbob tayёrlandi. Gerike bu yarimsharlarni birlashtirib turib, 

h’osil bwlgan shardan h’avoni swrib oldi. Bu yarimsharlarni tashqaridagi h’avo 

shunchalik  darajada bosib turar ediki, bor kuchi bilan bu yarim sharlarni  h’ar 

tomonga tortaёtgan otlar twdasi h’am ajrata olmas edi. Bu tajrib fan tarixiga 

«magdeburg yarim sharlari» tajribasi nomi bilan kirib qoldi. 

Bu turdagi tajribalar h’avoning xossasiga bwlgan qiziqishni kuchaytirar edi. 

Shu jumladan, bu tajribalar  irland kimёgari Robert Boyl (1627-1691)ning h’am 

diqqatini tortdi. Boyl yaratgan h’avo nasosi Gerike nasosiga nisbatan 

mukammallashtilgan edi. İdish ichidagi h’avoni swrib olish metodikasini wrganib 

olgan Boyl, buning teskarisi – h’avoni siqishga urinib kwrdi.  

Tajribalarni wtkazish jaraёnida Boyl, h’avoning h’ajmi bosimga teskari 

proportsional ekanligini aniqladi. Uzun U-simon nayga simobni quyib turib Boyl, 

ulangan kalta nayning oxiridagi h’avoning namunasini berkitib qwydi. Ochiq 

turgan uzun nayning uchidan simobni quyib turib, bosimni oshirish mumkin edi. 

Boyl ana shunday miqdordagi simobni nayga quyganidan keyin, yani bosim 

h’avoga nisbatan ikki barobar (simobning ikki martaga oshirilgan massasi) oshib 

borar edi, h’avoning h’ajmi esa xuddi shunday ikki barobar kamaydi. Shu vaqtning 

wzida, agar bosim pasaysa, h’ajm kwpayar edi. Boyl kashf qilgan h’ajmning 

bosimga teskari bog’liqligi Boyl qonuni degan nomga ega bwldi. Bu qonun 

h’aqidagi birinchi h’abar 1662 yilda chop etildi. 

Boyl, uning qonuni faqat doimiy temperaturada kuchga kirishiga etibor berib, 

aytmas edi. Balki u buni tushungan edi va bu wz-wzidan shunday bwlishi kerak, 

deb h’isoblagandir. Frantsuz fizigi Edm Mariott (1630-1684) bu qonunni Boyldan 

bexabar bwlib, 1676 yilda kashf etdi va ah’amiyat bilan takidladiki, h’ajmning 

bosimga bog’liqligi faqat doimiy temperaturada kuzatiladi, degan. Mana shu 

sababli Evropa kontinentida Boylning qonunini, Mariott qonuni deb atashadi. 

Boylning qonuni, moddalar wzgarishining sabablarini aniqlash uchun aniq 

wlchashlar qullanilgan birinchi urinish edi. Boylning qonuni atomistlarning 

etiborini tortdi, ular qatoriga Boylning wzi h’am kirar edi. Yuqorida aytilgan, antik 

davr olimlarining atomistik qarashlarini wsha davrning kwpgina evropalik olimlari 

h’am maqullar edi. Frantsuz faylasufi Per Gassendi (1592-1655) h’am wziga qattiq 

ishongan atomist edi. Uning tasiridan atomistik nazariyaning tarafdorlariga Boyl 

h’am kirib qoldi. 

 Biroq, kimёgarlar faqat suyuq va qattiq moddalarning h’ossalarini wrganish 

bilan shug’ullanib turgunlaricha, bu nazariyaning h’aqqoniyligini isbotlash juda 



 

18

qiyin edi, va Boylning davrida bunday isbotlar, Demokrit davrida mavjud bwlgan 



isbotlardan h’ech h’am kwp emas edi.  

Suyuqliklar va qattiq moddalar juda kam darajada siqilishga uchraydi. Agar 

bu moddalar atomdan iborat bwlsa h’am (materiya diskretligini h’isobga olsak), va 

ularda atomlar uzaro tegib turish darajasida yaqin bwlsada, ularni boshqa 

yaqinlashtirib bwlmaydi. Agarda suyuqliklar va qattiq moddalar faqat moddalardan 

(materiyaning uzluksiz ekanligini nazarda tutsak) iborat bwlsa, ularni h’am 

siqishga uchratish juda qiyindir. Shuning uchun, suyuqliklar va qattiq moddalar 

atomlardan iborat ekanligini isbotlash juda qiyin edi. Atomlarning mavjudligini 

qanday qilib isbotlash mumkin?  

Qattiq moddalar va suyuqliklardan farq qilgan h’olda, h’avo, qadimgi 

davrdagi kuzatishlar va Boylning wz vaqtida kwrsatib bergan isbotlariga kwra, 

oson siqiladi. Buni faqatgina, h’avo bwsh fazoda bwlingan mayda atomlardan 

iborat ekanligini h’isobga olib, tushuntirish mumkin. Bu h’olda h’avoning siqilishi, 

atomlar orasidagi bwsh masofaning siqilishi natijasida, atomlarning 

yaqinlashishiga asoslangan. 

Agar gazlar atomlardan iborat bwlsa, unda suyuqliklar va qattiq moddalar 

h’am atomlardan iborat, deb h’isoblashimiz mumkin. Masalan, suv qanday 

bug’lanadi? Bug’lanish jaraёnida birin-ketin suvning mayda zarrachalari «ywqola» 

boshlaydi. Suvning bug’ga aylanishi atomlar h’isobiga yuz berishini tasavvur 

qilish qiyin emas. Agar suvni isitsak u qaynaydi va bug’ h’osil bwladi. Suv bug’i, 

h’avosimon moddaning fizik xossalariga ega, va shuning uchun uni atomlardan 

iborat deb, faraz qilishimiz tabiiydir. Biroq suv, gaz kwrinishida bwlgan vaqtda 

atomlardan iborat bwlsa, nima uchun u suyuq ёki qattiq (muz) h’olatda atomlardan 

iborat bwla olmaydi? Agar bu suv uchun tegishli bwlsa, nima uchun materiyaning 

barcha turlari uchun tegishli bwla olmaydi? 

Mana shunday taxminlar (farazlar) katta taasurotlarni uyg’otar edi va atomizm 

wzining ikki ming yillik tarixida birinchi marta izdoshlarini kwpaytira boshladi va 

ularning soni tezda wsib borardi (masalan, atomizmga Nyuton h’am kirib keldi). 

Biroq shunga qaramasdan, «atom» tushunchasi aniqlanmay qolaverdi. Atomlar 

ёrdamida, agar ular mavjud bwlsa, gazlarning tabiatini tushuntirish osonroq 

ekanligini h’isobga oladigan bwlsak, ular h’aqida h’ech narsa ayta olmas edik. 

Faqat bir yarim yuz yil wtgandan keyin atomizm kimёgarlarning diqqatini tortdi.  

Boyl ilmiy faoliyatining boshlanishi davriga kelib, «alximiya» va «alximik» 

terminlari ilmiy adabiёtlarning sah’ifalaridan deyarli ywqolib ketdi. Boyl, 1661 

yilda nashr qilgan «Ximik-skeptik» (“The Sceptical Chymist”) kitobida, kitobning 

nomidagi «alximik» swzining birinchi bwg’inini tushurib qoldirgani ajablanarli 

emas. Wshandan beri fanning nomi – kimё, bu soh’ada ishlovchilar esa – 

kimёgarlar deb atala boshlandi. 

Boyl wzini «skeptik» deb atardi, chunki u antik davr avtoritetlari tasavvurlari 

izidan kwr-kwrona ergashishni h’oh’lamadi. Shu jumladan, Boyl qadimgi 

faylasuflarning, dunёning paydo bwlishida ishtirok etgan elementlarni aqlan 

wrganish mumkin, deb h’isoblagan takidlarini qabul qilmas edi. Buning wrniga u 

elementlarni amaliy ywl bilan aniqlay boshladi. Fales davridanoq, element bu – 

Koinotni tashkil qiladigan asosiy, oddiy moddalardan biridir, deb h’isoblanar edi. 



 

19

Biroq tah’min qilinaёtgan element, h’aqiqatdan h’am element ekanligini faqat 



tajriba ywli bilan aniqlash mumkin edi. Agar moddani yanada oddiy 

komponentlarga ajratish mumkin bwlsa, u element bwla olmaydi. Hosil bwlgan 

yanada oddiy moddalar esa element sifatida namoёn bwla oladi ёki toki kimёgarlar 

uni h’am yanada oddiy moddalarga ajrata olishni wrganmagunlaricha shunday deb 

h’isoblanishi mumkin. Agar ikkita modda element bwla olsa, u h’olda ular birikishi 

natijasida va uchinchi bir jinsli, birikma deb atalgan, moddani h’osil qilish 

mumkin. Bunday birikmani ikkita boshlang’ich (dastlabki) elementga ajratish 

mumkin. Biroq shu nuqtai-nazardan «element» termini faqat nisbiy tushunchaga 

ega. Masalan, kvarts tipidagi modda element bwlib h’isoblanishi mumkin, toki 

tadqiqodchi – kimёgar undan ikkita ёki undan kwproq oddiy moddalarni h’osil qila 

olgunicha. Faqat XX yuz yillikda elementlarning tabiatini shartli bwlmagan h’olda 

aniqlash mumkin bwldi. 

Boyl, elementlarni aniqlashda tajriba ywli bilan ёndashishga uringanini 

kwrsatuvchi oddiy dalil, u turli xil elementlarning mavjudligini bilar edi, degani 

emas. Tajriba ywli bilan ёndashish «grek elementlari»: olov, h’avo, suv va erning 

mavjudligini tasdiqlashga urinish eh’timoldan h’oli emas. 

Masalan Boyl, alximiklarning metallar element bwla olmaydi va bir metallni 

boshqasiga aylantirish mumkin, degan tushunchalari asoslanganligiga ishonar edi. 

1689 yilda Boyl Britaniya h’ukumatidan alximiklarga oltin olishni man etgan 

qonunini bekor qilinishini talab qildi, chunki u «asosiy metall»dan oltin olish 

mumkinligiga ishonar edi va shu ywl bilan oltinni olgandan keyin, materiyaning 

atom strukturasini tasdiqlashga erishish mumkin, deb h’isoblar edi. 

Biroq Boyl adashardi: metallar element bwlib chiqdi. Haqiqatdan h’am, biz 

bugungi kunda element deb h’isoblaёtgan twqqizta modda qadimgilarga 

allaqachon malum edi: ettita metall (oltin, kumush, mis, temir, qalay, qwrg’oshin, 

simob) va 2ta metallmas (uglerod va oltingugurt). Bundan tashqari, elementlarga 

h’ali wrta asr alximiklariga malum bwlgan 4ta modda: mishyak, surma, vismut va 

rux h’am kiradi.  

Elementlardan birini Boylning wzi ochishiga oz qolgan edi. U 1680 yilda 

peshobdan fosforni ajratib olishga muvaffaq bwldi. Biroq undan 10 yilcha oldin 

xuddi shuni nemis kimёgari Xennig Brand (?-1710y. dan keyin), «oxirgi alximik» 

degan nomga ega bwlgan Xennig Brand amalga oshirgan. Biroq bir qator adabiёt 

manbalarida fosforni olish usulini XII asrning arab alximiklari bilishar edi, degan 

tah’minlar uchraydi. 



Каталог: wp-content -> uploads -> 2017
2017 -> Comune di abbadia san salvatore
2017 -> Фамилия, Имя, Отчество. Сертификат номер
2017 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
2017 -> Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Tarix va arxeologiya kafedrasi
2017 -> Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi
2017 -> Bezirkshauptmannschaft krems fachgebiet Veterinärwesen
2017 -> O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
2017 -> O`zbekiston respublikasi oliy va o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
2017 -> 6-sinf I variant J. Kuk 1771-1775-yillarda Hind okeanida qanday tadqiqot ishlarini olib borgan?


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling