O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik va hayvon resurslari,ulardan iqtisodiyotda foydalanish


Download 15.49 Kb.
bet4/5
Sana22.10.2023
Hajmi15.49 Kb.
#1715385
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-MAVZU A.T.R.Iq (1)

Surxondaryo o'rmonlari haqida

  • Viloyatdagi Boysun, Surxondaryo, Bobotog', Uzun va Qiziriq davlat o'rmon xo'jaliklari hamda Hisor ixtisoslashgan o'rmon xo'jaligining umumiy er maydoni 367 ming 73 gektarni tashkil etadi.
  • Ushbu er maydonlarining 148 288 gektari o'rmon bilan qoplangan bo'lsa, 1 380 gektari haydaladigan erlar, 82 776 gektari yaylov, 84,1 gektari bog', uzum va tutzorlar hamda 134 544 gektari boshqa erlardan iborat.
  • O'rmon xo'jaliklarining 19 gektar er maydoniga 5 tonna 540 kg manzarali va mevali daraxtlar urug'i ekilgan, 22,2 gektarga 1 mln 134 ming dona daraxt nihollari parvarishlanmoqda. 18,3 gektar maydonda issiqxonalar tashkil etilgan bo'lib, ularda 13 ming 822 dona limon ko'chatlari parvarishlanmoqda.
  • O'rmon xo'jaliklarida 24,5 gektar yong'oq, 100 gektar pista, 58,5 gektar bodom plantatsiyalari barpo etilgan.13 gektar maydonda shafran dorivor o'simligi etishtirilmoqda. Qariyb 8,5 ming gektar er maydoni kavrak o'simligi plantatsiyalarini yaratish uchun belgilangan tartibda kvota asosida tadbirkorlarga ajratilgan.
  • Viloyat davlat o'rmon xo'jaliklari tomonidan 2020 yilning o'tgan davrida 122 gektar maydonda ixota o'rmonzorlari barpo etildi, 633 gektar er maydoni o'zlashtirildi.
  • Viloyat o'rmon xo'jaliklarining 27 500 gektar maydonda pistazorlar mavjud bo'lib, joriy yilning kuz oyida 1100 gektarda pista palantatsiyalari barpo etiladi.
  • 2021-2022 yillarda 2 ming gektar hududda yong'oq va pistazorlar tashkil etiladi. 70 gektar maydonga tezo'sar va seryog'och pavlovniya daraxtlari ekiladi. Uzun tumanidagi Bobotog' hududida 27 000 gektar erga pista ekish ko'zda tutilgan.

Иссиқхона газлари эффекти


Қуёшдан келган иссиқликнинг Ер сатҳида жамланиб, димланиб қолиши иссиқхона эффекти дейилади. Яъни қуёшдан келган нурни Ер ҳам ўз навбатида атмосфера орқали коинотга қайтаради. Ушбу нурларнинг бир қисми коинотга чиқиб кетиш ўрнига одамлардан чиқарилган турли газларга ютилади. Унинг коинотга қайтиб чиқиб кетмаслиги оқибатида Ер юзи меъёридан ортиқ қизийди ва иқлимга таъсир кўрсатадиган иссиқхона қатлами ҳосил бўлади.

Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling