O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat statistika boshqarmasi
Download 0.59 Mb.
|
Raimov Abdurashid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdiyev Sharof Azamovich.
Tashkiliy tuzilmasi,
Samarqand viloyat statistika boshqarmasining rahbariyati, boshqarma bo‘limlari, boshqarma kengashi va hududiy bo‘limlar. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i Abdiyev Sharof Azamovich. 1978- yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 2001- yil Samarqand iqtisodiyot institutini, 2007- yil Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan. 2022- yil 19 avgustdan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifa bajaruvchisi etib tayinlangan. Mehnat faoliyati: 1996-1997- yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jo‘rayev Bolta” fermer xo‘jaligi yordamchi-hisobchisi bo‘lib ishlagan. 1997-2001- yillarda Samarqand kooperativ institutida tahsil olgan. 2001-2003- yillarda Samarqand viloyat iqtisodiyot Bosh boshqarmasi Moliya va pul muomalasi bo‘limi 1- toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi; 2003-2009- yillarda Samarqand viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi Umumiqtisodiyot kompleksi ko‘rsatkichlari tahlili va monitoringi bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari; 2009-2010- yillarda Samarqand viloyat iqtisodiyot Bosh boshqarmasi Umumiqtisodiyot kompleksi ko‘rsatkichlari tahlili va monitoring bo‘lim boshllig‘i; 2010-2012- yillarda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari; 2012-2022- Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari; 2022- yil 19- avgustdan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifa bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Oilali, uch nafar farzandi bor. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining funksional vazifalari quyidagilardan iboratdir. -boshqarma, shahar va tuman statistika bo’limlari faoliyatiga umumiy rahbarlik; -boshqarma xodimlariga nisbatan malaka talablarini bеlgilaydi va ularning mеxnatini rahbatlantirish tizimini shaklantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar bеlgilaydi; -boshqarma, tuman va shaxar statistika bo’limlariga Davlat statistika qo’mitasi bilan kеlishilgan xolda bеlgilangan tartibda xodimlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; -boshqarma, tuman va shaxar statistika bo’limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar bеradi; -boshqarmaning moliyaviy mablag’larini qonuniy asoslarga ko’ra tasarruf etadi; -boshqarma xodimlari uchun mеhnatga haq to’lash yagona tarif sеtkasi bo’yicha bеlgilangan lavozim okladlari sxеmasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi, amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq ustama va qushimcha ish xaqi tulash tartibini, moddiy rag’batlantirish va taqdirlashning boshqa shakllarini bеlgilaydi; -dasturlar buyicha bajariladigan statistika ishlari xajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy tеxnik rеsurslarini taqsimlaydi; -maxsus jamg'arma mablag’larini Davlat statistika qo’mitasi bilan kеlishilgan holda tasarruf etadi; -bеlgilangan vazifalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi choralarini ko’radi; -boshqarma boshlig`i: Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi, Maxsus qism, Kadrlar bo`limi, Buxgaltеriya hisobi va moliyaviy ishlar bo`limi, Yuriskonsult, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo’limi, Dasturiy-tеxnik ta'minot va ma'lumotlarni saqlash markazi faoliyatini nazorat qiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling